Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida shartli ozod qilingan ayol yana jinoyat sodir etib, uch yilga qamaldi.
Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi 2022-yilning 22-sentabr kuni eski tanishlari bilan uchrashib, yarim tunga qadar ko‘ngilxushlik qilgan. Keyin ular ayolning uyiga kelib, ichkilik ichib, bazm qilgan. Tungi soat 3:00 lar atrofida ularning barchasi mast holga kelgan. Shu payt bir erkak ayblanuvchiga tegajog‘lik qilishga uringan. Ayol bundan jahli chiqib, oshxona pichog‘i bilan unga tashlangan. Shu payt ularni ajratmoqchi bo‘lgan erkakni pichoqlab qo‘ygan. Tez fursatda shifoxonaga yetkazilgan jabrlanuvchining hayoti saqlab qolingan. Ayol sudda aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur ayol muqaddam qilgan jinoyati uchun to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq unga yengillik berilib, shartli ozod qilingan.
Jinoyat kodeksining 57-moddasi bilan aybli deb topildi va ushbu modda bilan 3 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Uning farzandi borligi, aybiga iqrorligi inobatga olingan.
Izoh (0)