• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQSH bosh diplomati Toshkentga kelmoqda. Tashrif sabablari haqida jurnalist Navbahor Imomova bilan suhbat (video)

    AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevraldan 3-martgacha O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tahlilchilar mazkur tashrif Markaziy Osiyo davlatlari uchun muhim ahamiyatga egaligini aytmoqda.

    “Daryo” muxbiri Blinkenni Markaziy Osiyoga yetaklayotgan sabablar, tashrifning zaruriyati to‘g‘risida “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imomova bilan suhbatlashdi.

    Suhbatni AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning faoliyati hamda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosati borasidagi qarashlari haqidagi mulohazalarda boshlasak. 

    Entoni Blinken Qo‘shma shtatlar tashqi siyosatida yangi odam emas. U Barak Obama maʼmuriyati davridan beri diplomatiyada. Avval Oq uyda ishlagan. Obama 2008-yildan boshlab prezidentlikka kirishganida, Blinken o‘sha yerda xavfsizlik kengashida faoliyat yuritgan. Keyinchalik ko‘plab muhim vazifalarni bajargan. Jo Bayden prezidentlikka kelgach, uni tashqi ishlar vaziri sifatida bejiz tanlamagan. Chunki Blinken o‘ziga xos tajribaga ega.

    Shuningdek, u Davlat departamentida davlat kotibining o‘rinbosari vazifasida ishlagan. Yaʼni Amerika tashqi ishlar vazirligidagi ikkinchi eng yuqori boshqaruvchi bo‘lgan. Mana shundan beri Blinken tashqi siyosatni tebratishda muhim rol o‘ynab keladi.

    Entoni Blinken Markaziy Osiyo bilan Obama maʼmuriyati paytida tanisha boshlagan. Aynan bu mintaqa bilan qandaydir bir bog‘liqligi yoki qiziqishi borligi haqida eshitmaganmiz. Lekin men o‘zim shaxsan davlat kotibining o‘rinbosari bo‘lgan paytda Markaziy Osiyoga nisbatan aytgan gaplariga qarab kuzata boshlaganman. Yaʼni bu borada jiddiy yondashuvga egaligini sezganman.

    Umuman olganda, Obama maʼmuriyati faoliyatini boshlaganda regionga nisbatan siyosat yangilangan, pragmatiklashgan. Ungacha Markaziy Osiyoning davlatlari bilan tor doiralar va yo‘nalishlarda aloqalar belgilangan. Lekin Obama prezidentlika kelgach, u o‘zaro manfaatlarga asoslangan, degan shiorni yo‘lga qo‘ydi.

    Biz bu hukumatlar bilan nimalar qila olamiz? To‘g‘ri, ularning siyosati, siyosiy muhiti bizga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, lekin o‘zaro manfaatlar yo‘lida birga ishlay olishimiz kerak, deyilgan. Shu kabi yangicha yondashuvlarni taklif qilganlardan biri Entoni Blinken hisoblanadi. Entoni Blinken ilk marta mintaqaga borib, uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, davlat rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashadi. Ostonada Qosim Jo‘mart To‘qayev bilan ko‘rishadi, Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qiladi. Mana endi Blinken Markaziy Osyoni ko‘radi. Ko‘ramiz, uning taassurotlari qanday bo‘larkin.

    Navbahor Imomova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Blinkenni Toshkentga kelishi qanchalik ahamiyatli? U O‘zbekiston hukumati bilan muloqotda qaysi masalalarni muhokama qilmoqchi?

    Bu bag‘oyatda ahamiyatli tashrif. Chunki Amerika bosh diplomati regionga, O‘zbekistonga har kuni yoki har oyda yoki yilda boravermaydi. Umuman olganda, davlat kotibi doimiy sayohatda, butun dunyoni aylanadigan yagona rasmiy hisobalanadi. Yaʼni u Amerikani dunyo bilan bog‘lab turuvchi arbob. O‘tgan uch yildan beri tashqi ishlar vaziri Qo‘shma shtatlarda regionga tashrif buyurmagan. Oxirgi marta 2020-yilning fevralida o‘sha vaqtda davlat kotibi bo‘lgan Mayk Pompeo borgandi.

    Bu tashrif nihoyatda qisqa bo‘ladi. Asosan 28-fevral kuni kechadi va 1-mart kuni Blinken Hindistonga yetib borishi kerak. U yerda “Katta yigirmalik” sammitida qatnashadi.

    Bizga bugun Davlat departamentida tashrifdan nimalar kutilayotgani haqida maʼlumot berishdi. Rasmiylar bilan savol-javob qildik. Asosiy mavzu Ukraina bo‘lishi aytildi. Ukraina hozir Amerika tashqi siyosatidagi eng yuqori o‘rindagi prioritet. Albatta, Rossiya haqida gap ketadi. U Qo‘shma shtatlar tomonidan qoralanadi. Qozog‘iston va O‘zbekistonning bu boradagi yondashuvi tinglanadi. Va biz bilamizki, har ikki davlat betaraf bo‘lishni maʼqul ko‘radi. Lekin har ikkisi ham Ukraina hududiy yaxlitligi tarafdori. Masalan, ular Donesk va Luganskni mustaqil respublikalar sifatida tan olmagan. Qo‘shma shtatlar buni albatta hisobga olyapti.

    Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat Donald Lu aytdiki, “Toshkentdan ham, Ostonadan ham va boshqa davlatlardan ham yo bizni tanlang, yo Rossiya, va hatto Xitoyni deb so‘ramaysiz. Biz tushunamiz, bunday vaziyatda har bir mamlakat o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda qaror qiladi. Lekin biz baribir bu davlatlar bilan yaqindan ishlashni xohlaymiz. Hamkorlikni kengaytirishni istaymiz va biz ham ularga o‘ziga xos sherik bo‘lishimizni isbotlab kelyapmiz”, – deyildi. Qozog‘iston ham, O‘zbekiston ham Amerikaning uzoq yillik strategik sherigi. Yaʼni Blinken mana shularga urg‘u beradi. Amerikaning maqsadlarini Markaziy Osiyo AQSHning katta tashqi siyosatida qanday o‘ringa ega ekanini rahbarlarga tushuntiradi.

    O‘zbekiston hukumati Blinken bilan uchrashuvda Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urush bo‘yicha pozitsiyasini yanada ochiqlashi mumkinmi?

    Endi bu O‘zbekiston hukumatining qanchalik ochiq gapira olishiga bog‘liq. Bilasiz, bunday muzokaralar yopiq eshiklar ortida kechadi. Biz shu paytgacha eshitib kelamizki, Amerika rasmiylari “prezident Mirziyoyev biz bilan samimiy, realistik gaplashadi”, deb keladi. Ular “O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqinligi qanchalik uzoq tarixga egaligi, buning ortidagi omillarni, oxirgi paytda iqtisodiy bog‘liqlik yuqori ekanini tushunamiz va albatta, O‘zbekistonning pozitsiyasini tinglaymiz. Biz hattoki, Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga zarar keltirmasligi, salbiy taʼsir qilmasligi uchun birga ishlayapmiz. Maxsus mexanizmlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Biz O‘zbekistonda xususiy sektor tobora kengayishini xohlaymiz. Bilamiz, Rossiyadan mamlakatga juda ham ko‘plab migrantlar qaytib kelyapti. Ularga yangi ish o‘rinlari yaratish kerak. Ozmi, ko‘pmi bu borada ham yordamlashishni xohlaymiz”, deb kelishadi.

    Bugun Afg‘oniston masalasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun juda ham ahamiyatli bo‘lib turibdi. U yerdagi beqaror vaziyat ko‘plab davlatlarni tashvishga soladi. Blinken Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiylari bilan mazkur muammoni ham muhokama qilishi mumkinmi?

    Juda ham o‘rinli savol. Bu savolni bugun biz Davlat departamenti rasmiylari bilan uchrashuvda ham ko‘tardik. Ishoning, ishonmang, nihoyatda noaniq va mujmal javob oldik. “Albatta, mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi”, deyish bilan cheklanishdi.

    Davlat departmentining Blinkenning Markaziy Osiyo va Hindistonga kutilayotgan safari haqidagi bayonoti chiqqanda men o‘zim darrov ilg‘agan narsa, bu matnda Afg‘oniston degan so‘zning yo‘qligi bo‘ldi. O‘tgan 20 yildan beri agar Amerika – Markaziy Oisyo aloqalarini, Vashingtonning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati, strategiyasi va taktikasini yoritib kelayotgan bo‘lsam, Afg‘onistonsiz biror bir bayonot bo‘lmagan. Afg‘onistonsiz biror muloqot yoki muzokara haqida gap ketmay qolmagan.

    Amerikaning har qanday rasmiysi Markaziy Osiyoning har bir poytaxtiga borganida, albatta Afg‘oniston tilga olingan. Yaʼni birinchi marta o‘zim ko‘ryapman, Afg‘oniston mavzular orasida emas. Lekin Ostonada Markaziy Osiyoning 5 ta davlati va Amerika tashqi ishlar vazirlari “S+1” formatdagi muloqotni doimiy diologni o‘tkazadi. Bunda albatta, Afg‘oniston muhokama qilinadi. Yaʼni Amerika taraf agar muhim mavzu sifatida u yerga olib bormayotgan bo‘lsa ham, mintaqaning o‘zi mazkur mavzuni ko‘taradi.

    Ayniqsa, O‘zbekiston. Chunki O‘zbekistonga qo‘shni davlatdagi vaziyat nihoyatda muhim. Mamlakat xalqaro maydonda Afg‘onistonga eʼtibor qaratmoqda. “Afg‘oniston yakkalanmasin, unga yordam berish kerak, iqtisodiy-gumanitar yordamni to‘xtatmaslik lozim. Biz bu yo‘lda vositachilik qilishga tayyormiz”, deb keladi. Va Tolibon bilan yaqindan muloqot qilayotgan davlat ham O‘zbekistondir. Qachonki, Amerika bilan muzokara qilinadigan bo‘lsa, albatta, Toshkent Afg‘oniston masalasini ko‘taradi. Bu safar ham shunday bo‘lishi aniq.

    Tashrif davomida Ukraina mavzusidan tashqari yana qaysi masalalar keng muhokama qilinishi kutilmoqda?

    Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham prezidentlar boshlagan islohotlarni Vashington qo‘llab-quvvatlab keladi. Yaʼni Mirziyoyev ham, To‘qayev ham xalqqa ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar qilishga vaʼda bergan. Amerika tomon “mana shu jarayonda ularga yordam berishni xohlaymiz va yordam beryapmiz ham” deydi. Bayden maʼmuriyati ushbu islohotlar jadallashishini istaydi. Blinen o‘z muloqotlarida bu masalani har ikki davlat rahbarlariga eslatadi. AQSHning ikki davlat bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istagi ham bor.

    Bunda avvalo, energetik hamkorlikni nazarda tutyapman. Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham energetik taqchillikka guvohmiz. Bugungi hukumat xalqini zarur quvvat bilan taʼminlashga qiynalmoqda. Amerika qisqa muddatda ushbu masalani hal qilishga yordam bera olmasligini aytsa-da, uzoq muddatda agar har ikki mamlakatning iqtisodiy islohotlari muntazam ravishda, sezlarli samara bera boshlasa, tizimlar shaffoflashsa, sudlar mustaqillashsa, qonun ustivorligi taʼminlanayotganiga ishonch hosil bo‘lsa, xususiy sektor ham ko‘proq kira boshlaydi, mana shu jarayonlarda biz sizga yordamlashmoqchimiz, siz dadilroq harakat qiling”, degan chaqiriqlar azaldan bor.

    Vashington bunga Qozog‘istonni ham, O‘zbekistonni ham undab keladi. Blinken buni ham eslatadi. Amerika har ikki davlatdagi nozik va murakkab jarayonlarni kuzatib turibdi. Masalan, inson huquqlari bilan bog‘liq ahvolni ham. Bu borada ham Blinkenning har ikki rahbarga alohida aytadiganlari bor.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    25.02.2023, 21:01   Izoh (0)   13336
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maktab imtihonini oldindan topshirganlar darslarga bormasligi to‘g‘risidagi xabar rad etildi

    25.02.2023, 20:25

    Internetda Qo‘rg‘ontepa tuman MTB boshlig‘ining beodob harakatlari aks etgan video tarqaldi 

    25.02.2023, 18:02

    “Jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilishga hech kimning haqqi yo‘q” — mustaqil ekspert Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida

    25.02.2023, 17:57

    AQSH Federal tergov byurosining O‘zbekistondagi yangi vakili tayinlandi 

    25.02.2023, 17:36

    Davlatobod tumani hokimi o‘rinbosari 28 yoshda vafot etdi

    25.02.2023, 16:37

    Surxondaryoda 11 mlrd so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlandi

    25.02.2023, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.