Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni Qashdaryoga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga bordi.
Prezident bilim yurti oshxonasida ofitser va kursantlar bilan birga tushlik qildi, ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Davlat rahbari kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, jangovar mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirdi.
Mazkur bilim yurti 2019-yilning 5-iyul kuni prezident qarori asosida Jizzax shahridan Qarshidagi harbiy shaharchaga ko‘chib kelgan edi.
Izoh (0)