• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Cherchill tashabbusi bilan boshlangan “Dardanell operatsiyasi”, siyosatdan ketishini e’lon qilgan Fidel Kastro va Pragada halokatga uchragan birinchi “Tu-154”. Kun xronologiyasida 19-fevral

    19-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Cherchill tashabbusi bilan boshlangan “Dardanell operatsiyasi”, siyosatdan ketishini e’lon qilgan Fidel Kastro hamda Pragada halokatga uchragan birinchi “Tu-154”ga oid faktlar o‘rin olgan.

    Cherchill tashabbusi bilan boshlangan “Dardanell operatsiyasi”

    1915-yil 19-fevral kuni Uinston Cherchill tashabbusi bilan “Dardanell operatsiyasi” boshlangan edi. Uning doirasida Antanta shartnomasiga a’zo davlatlar Konstantinopolni egallash, Turkiyani urushdan chiqarish va Rossiyaga dengiz yo‘lini ochishni maqsad qilgan.

    Foto: Britannica

    Turkiya Birinchi jahon urushiga qo‘shilganidan keyin Dardanellga egalik qilish, Antantaga shubhasiz ustunlik berishi oydinlashadi. Bunday operatsiya rejasi 1906-yilda Britaniya mudofaa qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, o‘z navbatida juda xatarli hisoblangan. Ushbu masala 1915-yilda qayta muhokama qilingach, quruqlikdagi va dengiz kuchlari birgalikda harakat qilsagina, muvaffaqiyatga erishish mumkinligi to‘g‘risida xulosaga kelingan.

    1914-yil 3-noyabr kuni Indefatigable va Indomitable kreyserlari, Fransiyaning Suffren va Verite zirhli tashuvchilari bilan ko‘rfaz fortlarini qisqa bombardimon qiladi. Turklar bunga jiddiy yondashib, Dardanell mudofaasini yangi mina to‘siqlar va batareyalar bilan kuchaytirgan.

    Foto: Britannica

    1915-yil 2-yanvarda ruslarning bosh qo‘mondoni ittifoqchilarga murojaat qilib, Kavkaz frontidagi turk kuchlarini chalg‘itish uchun namoyish o‘tkazishni so‘raydi. Ertasi kuni Kitchener Cherchill bilan muloqot o‘tkazib, Rossiyaga yordam ko‘rsatishga qaror qilingan. Ittifoqchilar eskadrasi Dardaneldan o‘tib, Konstantinopolga yo‘l olishi kerak edi.

    19-fevral kuni ingliz-fransuz floti (6 ta linkor, 1 ta kreyser) Usmoniylar qal’alarini o‘qqa tutishni boshlaydi, biroq ittifoqchilar turklarning mudofaa inshootlariga jiddiy zarar yetkaza olmaydi. 25-fevral kuni ular turklarning ayrim qirg‘oq batareyasini yengib o‘tib, ko‘rfazni minalardan tozalashni boshlaydi. Ularning ortida 3 ta kema harakatlangan. Biroq tez orada turk batareyalari o‘t ochgani bois ingliz-fransuzlar ortga chekinishga majbur bo‘lgan.

    18-mart kuni Dardanellga asosiy hujumni uyushtirish belgilanadi. Ittifoqchilar yordam kuchlarini qabul qilib oladi va bu safar ular 3 ta diviziya kema bilan harakatlanadi. Ammo turk qo‘mondonligi ham mudofaani kuchaytirgan, ko‘rfazdagi minalar sonini oshirgandi.

    Foto: Britannica

    Shu kuni soat 10:30 da ittifoqchilar kemalari ko‘rfazga kiradi. Turklar dushman yaqinlashishini kutgan va balandlikdan artilleriya olovlarini yog‘dirgan. “Syuffren” va “Agamemnon” jiddiy zarar ko‘radi. Gaulois, Bouvet, Ocean, Irresistible kemalari esa minalardan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Soat 18:00 da Britaniya admiral De Robek operatsiyani to‘xtatishni buyuradi. Turklarning yo‘qotishlari ko‘p emasdi (qirg‘oq batareyasidagi 8 ta qurolga zarar yetgandi xolos).

    Operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, ittifoqchilar qo‘mondonligi jangovar harakatlarni to‘xtatmagan. Yangi rejaga ko‘ra, qirg‘oqqa desant kuchlarini tashkil kerak edi. Gallipoliga nafaqat ingliz va fransuzlarni, balki Avstraliya, Yangi Zelandiya, Senegal, Hindiston qo‘shinlari, hatto yahudiylar legioni ham jalb etilgan. Desantlarning umumiy soni 81 ming kishini tashkil etgan.

    Foto: Britannica

    Dardanell himoyasi uchun turklar tomonidan general fon Sanders boshchiligida 5-armiya shakllantirilgan. Butun turk mudofaa tizimi kuchaytirilgan, Usmoniylar qo‘shinlari soni oshirilgan. 25-aprel kuni britanlar hamda ularning ittifoqchilari Gallipoli yarimoroliga qo‘shinlarni desantlashtirishni boshlaydi. Hujumni kutib turgan turklar pulemyotlar olovi bilan ularga qarshi chiqadi, ammo katta yo‘qotishlarga qaramay, britanlar qirg‘oqqa mustahkam o‘rnashib oladi.

    Desantlar tushirilgach, ingliz-fransuz qo‘mondonligi yarimorol ichiga qadar kirib borishga qaror qiladi. 6-may kuni ittifoqchilar Kritiyani egallashga uringan — uzoq davom etgan janglardan keyin u Usmoniylar qo‘shinlari qo‘lida qolgan. Shunday qilib, uzoq davom etgan hujumlardan keyin 7-dekabrda Britaniya hukumati Gallipolidagi ittifoq qo‘shinlarining evakuatsiyasi bo‘yicha buyruq beradi va u 1916-yil 9-yanvarda yakunlangan.

    Foto: Britannica

    Mazkur urush davomida Britaniya imperiyasi tarkibida qariyb 120 ming, Avstraliya — 8,7 ming, Yangi Zelandiya — 2,7 ming, Fransiya — 26,5 ming, Usmoniylar esa 186 ming harbiysidan ayrilgan.

    Usmonli armiyasining Gallipolidagi g‘alabasi katta siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ega edi, u o‘zining to‘laqonli emasligi va Yevropa raqiblarining ustunligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqargan.

    Siyosatdan ketishini e’lon qilgan Fidel Kastro

    2008-yil 19-fevral kuni Kuba yetakchisi Fidel Kastro katta siyosatdan ketishini e’lon qilgandi. Shu kuni “Granma” gazetasi Kastroning o‘z xalqiga yo‘llagan murojaatini e’lon qilib, unda mamlakat yetakchisi rahbarlik lavozimiga boshqa qaytmasligini aytgan edi.

    Foto: AP Photo

    Kuba inqilobining yetakchisi Fidel Kastro 1926-yil 13-avgust kuni Oryente viloyatidagi Biran qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi ispaniyalik migrant Anxel Kastro Arxiz bu vaqtda shakar plantatsiyasiga egalik qilardi. Onasi — Lina Rus Gonsales bo‘lib, oddiy dehqon qizi edi. U Anxelyaga ikkinchi xotin bo‘lib turmushga chiqqan.

    Fidel hamda uning ukalari boshlang‘ich ta’limni Santyagodagi katoliklar internatida olgan. Fidel, shuningdek, Gavanadagi Belen kollejida ham o‘qigan. Kollejda u gumanitar intizomi borasidagi muvaffaqiyatlari bilan ajralib turardi. Parallel ravishda sport bilan ham shug‘ullangan; 1944-yilda maktabning eng yaxshi sportchisi deya tan olingan.

    1950-yil Fidel Gavana universitetining yuridik fakultetini, keyinroq aspiranturani tamomlaydi. Universitetdan so‘ng Fidel Kastro Gavanada xususiy advokatlik bilan shug‘ullangan, xususan, qashshoqlarga bepul ko‘maklashgan.

    1950-yillar oxirida u Kuba xalqi partiyasi a’zosiga aylangan. Uning nomzodi 1952-yilgi parlament saylovlarida ilgari surilishi kerak edi, ammo partiya rahbariyati Kastroda radikalizm bor deya, uni ma’qullamagan.

    Foto: AP Photo

    1952-yil 11-martda yuz bergan harbiy to‘ntarishdan keyin hokimiyat general Fulxensio Batista qo‘liga o‘tgan, Fidel Kastro diktaturaga qarshi kurashchilarning old qatorlaridan o‘rin olgan. U sobiq partiyasining ayrim a’zolaridan kichik guruh tuzib, Batistani ag‘darishga kirishgan. 1953-yil 26-iyulda guruh a’zolari Monkadadagi kazarmaga hujum uyushtiradi, biroq u qattiq bostirilgan. Fidel Kastro harbiy tribunal qo‘liga topshirilgan. Sudda u o‘zining mashhur “Tarix meni oqlaydi” nutqi bilan chiqish qilgandi. Sud Kastroni 15 yilga ozodlikdan mahrum etadi, biroq 1955-yil mayda jamoatchilik bosimi ostida u amnistiyaga tushgan. Shu yilning o‘zida Kastro Meksikaga ko‘chib o‘tadi.

    Fidel Meksikada “26-iyul harakati”ga asos slogan va qo‘zg‘olon boshlashga tayyorgarlik ko‘rgan. 1956-yil dekabrda Kastro boshchiligidagi inqilobchilar guruhi Oryenta viloyatiga “Granma” yaxtasida yetib keladi. Vaqt o‘tishi bilan Isyonchilar armiyasiga aylangan guruh diktatura rejimiga qarshi kurash boshlaydi.

    Inqilob g‘alabasi va Batista diktaturasi ag‘darilganidan keyin 1959-yil 1-yanvarda Kastro Kuba armiyasi qo‘mondonligini o‘z zimmasiga oladi, 1959-yil fevralda esa hukumat rahbari lavozimiga o‘tiradi. Kubadagi inqilob hukumatini ag‘darishga bo‘lgan urinishdan keyin Fidel Kastro o‘z mamlakati rivojlanishning sotsialistik yo‘lini tanlaganini e’lon qiladi.

    1965-yil oktabrda Fidel Kastro Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibiga aylangan. 1976-yilda u hukumat va davlat rahbari lavozimlarini o‘zida birlashtirgan Davlat kengashi raisi etib saylanadi.

    2006-yil 1-avgust kuni Fidel Kastro vaqtinchalik o‘z vakolatlarini ukasi Raulga topshiradi. Bunga uning oshqozonidagi operatsiya sabab bo‘lgandi. Oradan ikki yil o‘tgach, 19-fevral kuni Fidel Kastro Kuba yetakchiligidan ketishini e’lon qiladi. Shu kuni “Granma” gazetasi uning Kuba xalqiga murojaatini e’lon qilgan.

    Foto: AP Photo

    Davlat lavozimlaridan ketganidan keyin Kastro Kuba Kommunistik partiya birinchi kotibi lavozimi saqlab qolgan. 2011-yil 19-aprelda u rasman mazkur lavozimni ham tark etishini bildirgan va uning o‘rnini Raul Kastro egallagan.

    Mamlakat boshqaruvidan ketganiga qaramay, Fidel Kastro Kuba siyosatini belgilashni davom etgan. Gazetalarda e’lon qilingan uning maqolalari ko‘plab munozaralarni keltirib chiqargan. Kuba inqilobi yetakchisi turli davlatlar yetakchilari bilan uchrashib turgan.

    Hokimiyat tepasida o‘tirgan vaqtida Fidel Kastroga nisbatan 600 dan ortiq suiqasd uyushtirilgan. Ularning barchasining ortida AQSH hukumati, Kastroning Kubadagi raqiblari va mafiya guruhlari turardi. 2016-yil 25-noyabr kuni Fidel Kastro 90 yoshida vafot etgan. Kuba hukumati uning vafoti munosabati bilan to‘qqiz kunlik milliy motam e’lon qilgan.

    Pragada halokatga uchragan birinchi “Tu-154”

    Bundan 50 yil oldin Pragada “Tu-154” samolyoti ishtirokida birinchi aviahalokat yuz bergan va oqibatida 66 kishi halok bo‘lgandi. Tajribali ekipajga ega yangi samolyot nima sababdan qulagan va halokat oqibatlari to‘g‘risida quyida ma’lumot beramiz.

    Foto: Wikimedia Commons

    1973-yil 19-fevral kuni “Aeroflot”ga tegishli “Tu-154” samolyoti Moskvadan Pragaga uchishi kerak edi. Havo kemasining bortida 100 kishi bo‘lgan — 87 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosi. Samolyot komandiri o‘sha vaqtga qadar 12 ming soatdan ortiq parvoz qilgan 1-toifali uchuvchi edi. Ekipajning qolgan a’zolari ham yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan — 3 ming soatdan 14 ming soatgacha.

    “Tu-154” bir yil oldin foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da, ekipajning barcha a’zolari uning yordamida yuzlab soat parvozlarni amalga oshirishga ulgurgandi.

    Samolyot Moskvadan Pragaga “Ruzin” aeroportidan ko‘tarilgan. Parvoz tinch o‘tgan, bir necha soatdan keyin samolyot Chexoslovakiya uzra uchayotgandi. Ob-havo yaxshi bo‘lgan: antisiklon sabab turbulentlik yoki muzlash kuzatilmagan, biroz qor yog‘gan xolos. Dispetcher ko‘rsatmasiga rioya qilgan ekipaj samolyotni sekin-asta pastlatib borgan. Aeroportga 7 kilometr qolganida ekipaj dispetcherdan qo‘nishga ruxsat olgan.

    Qo‘nishga kirish vaqtida samolyotning tumshuq qismi bilan keskin pastlashni boshlagan. “Samolyot bilan nima sodir bo‘layotganini bilmayman, uni boshqarib bo‘lmayapti!”, deya baqirgan kapitan.

    Uchuvchilar boshqaruvni qo‘lga olish uchun shturvalni o‘ziga tortgan, ammo ularning urinishlar hech qanday natija bermagandi.

    “Shturval mutlaqo erkin harakatlanardi. Men uni o‘zimga tortdim va hech qanaqa kuch talab etilmadi. Ikkinchi uchuvchi tezlik qo‘shganini aytdi. Tezlik oshsa-da, samolyot barqarorlashmadi, tumshuq yerga og‘ishda davom etdi. Yerga urilishimizni ko‘rganimdan keyin, tezlikni kamaytirdim. Shundan keyin kuchli zarbani his qildim”, — desa eslagandi keyinchalik kapitan.

    Zarba oqibatida shassi sinib ketgan. Samolyot tumshug‘i bilan yerga urilib, o‘ng qanotidan ayrilgandi. Yonilg‘i baklaridan oqib chiqqan kerosin yonib ketgan. Samolyotning avvaliga o‘ng dvigateli, keyin esa dum tayanchi ajralgan. Havo kemasi to‘xtagan vaqtida alanga uni to‘liq qamrab olgandi.

    Avariya aeroport xodimlarining ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Samolyot oldiga zudlik bilan o‘t o‘chirish brigadalari, mexaniklar yetib kelgan. Ammo olov juda tez tarqalib, yo‘lovchilarning asosiy qismi o‘tirgan, dum qismgacha borgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    O‘t o‘chiruvchilar ikki daqiqada samolyotga yetib kelgan bo‘lsa-da, yo‘lovchilarning aksariyati halok bo‘lib bo‘lgandi. Qutqaruvchilar bor kuchini tumshuq qismga qaratgan, keyingi 3-4 daqiqa ichida ular 34 kishini olov domidan chiqarib olgan.

    Shundan keyin alanga butun salonni egallab olgan, old qismdagi siqilgan havoli ballonlar portlashni boshlagan. Endilikda qutqaruv ishlarini olib borish imkonsiz edi. Oqibatda 66 kishi halok bo‘lgan — 62 yo‘lovchi va 4 styuardessa. Patologoanatomik ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, 51 kishi kuyish oqibatida, 15 kishi esa turli tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Marhumlarning aksariyati SSSR fuqarolari edi. Halok bo‘lganlar orasida SSSRning basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi va ikki nafar murabbiy ham bo‘lgan. 25 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi omon qolgan.

    Bu “Tu-154” bilan sodir bo‘lgan birinchi halokat edi. Ertasi kuni Chexoslovakiya kommunistik partiyasining “Rude pravo” gazetasida “Ruzindagi havo fojiasi” sarlavhasi ostida kichkina xabar e’lon qilingan. Tergov davomida barcha “Tu-154” samolyotlaridan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan.

    Tergov bilan shug‘ullangan sovet va Chexoslovakiya komissiyasini nima sababdan yangi samolyot birdan nazoratdan chiqib ketgani qiziqtirar edi. Yerga qulagunga qadar unda hech qanaqa nosozlik kuzatilmagan, qurilmalar soz edi, ekipaj a’zolari giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lmagan. Ob-havo ham parvozga ta’sir ko‘rsata olmasdi. Chexlarning komissiyasi biror nosozlikni aniqlay olmagan va hodisa turbulentlik sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini ilgari surgan. Sovetlarning komissiyasi esa boshqacha xulosada edi.

    Samolyot qoldiqlari orasida samolyot barqarorligi uchun javob beradigan qurilma topilgan. U parvoz rejimida qolib ketgandi, aslida qo‘nish rejimida bo‘lishi kerak edi. Aynan shu barqarorlashtirgichning o‘zgartirilmagani qulashga olib kelgan.

    19.02.2023, 09:30   Izoh (0)   9616
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qirg‘izistonning barcha prezidentlari uchrashib, bir-birini kechirdi” — Sadir Japarov

    19.02.2023, 09:18

    “Bu odam nima haqida gapirayotganini bilmaydi”. Twitter sobiq xodimi Maskning reklama haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

    18.02.2023, 18:17

    Oq uy: Ukrainadagi urushda 30 mingdan ortiq “vagnerchi” halok bo‘ldi

    18.02.2023, 16:37

    AQSHda respublikachilar F-16 qiruvchilarini Ukrainaga berish fikrini qo‘llab-quvvatladi

    18.02.2023, 15:29

    “Hech qayerga uchish”. Yangi Zelandiya samolyoti 16 soat behuda parvoz qildi

    18.02.2023, 13:30

    Mo‘jizami yoki noqonuniy qurilishlarni taqiqlash natijasi? Turkiyaning Erzin shahri zilziladan qurbon va vayronagarchiliklarsiz chiqdi

    18.02.2023, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.