2022/2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 1–4-sinf o‘quvchilari soni 2,5 million nafarni yoki jami miqdorga nisbatan 39,4 foizni tashkil etgan.
Hududlar bo‘yicha 1–4-sinf o‘quvchilari soni quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston — 144,2 ming nafar;
- Andijon viloyati — 234,7 ming nafar;
- Buxoro viloyati — 127,9 ming nafar;
- Jizzax viloyati — 105,6 ming nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 262,2 ming nafar;
- Navoiy viloyati — 74,3 ming nafar;
- Namangan viloyati — 211,9 ming nafar;
- Samarqand viloyati — 306,8 ming nafar;
- Surxondaryo viloyati — 216,7 ming nafar;
- Sirdaryo viloyati — 60,5 ming nafar;
- Toshkent viloyati — 201,9 ming nafar;
- Farg‘ona viloyati — 273,2 ming nafar;
- Xorazm viloyati — 138,8 ming nafar;
- Toshkent shahri — 185,3 ming nafar.
Izoh (0)