• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Islohot va tizim ishlayapti, undan to‘g‘ri foydalanishni bilsak bo‘ldi”. Prezident bilan suhbatlashgan jizzaxlik tadbirkor

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalarida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari jizzaxlik yoshlar, tadbirkorlar va faollar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

    Ulardan biri Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidagi Silverleafe qo‘shma korxonasi John Deere kombayni operatori Dilchehra Ergashevadir. Dilchehra prezidentga o‘qish bilan birgalikda ishini ham olib borayotganini aytib, 2022-yilgi g‘alla mavsumida 4500 tonna g‘allani kombaynda o‘rgani haqida gapirdi. Shuningdek, Dilchehra Ergasheva o‘tgan yili paxta mavsumida 2562 tonna paxtani terishda o‘z hissasini qo‘shganini aytdi. Uning aytishicha, orttirgan tajribalari asosida Dilchehra kelgusi paxta mavsumida 50-60 tonna paxta teradi.

    Dilchehra Ergasheva 2022-yilning 30-iyun kuni Shavkat Mirziyoyevdan mukofot qabul qilib oldi.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Dilchehra Ergashevadan davlat rahbari bilan muloqot, uning hissiyotlari va kelgusi rejalari haqida so‘radik.

    “Oldinlari ayol ishi texnika haydasa, hamma hayratlanib qarardi. Hozir yurtimizda ayollar yengil va og‘ir mashinalarni haydayapti, kranlarni boshqaryapti. Shu sohaga men ham qiziqib, kombayn haydashni o‘rgandim. Mana 3 yildirki, o‘qish bilan birgalikda Silverleafe klassterida traktor, kombayn haydab kelmoqdaman.

    O‘tgan yili g‘alla o‘rimida 4500 tonna g‘alla hosilini yig‘ib, yurtimiz xirmoniga hissa qo‘shdim. 2022-yilning 30-iyun kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda prezidentimiz meni “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirladi, bundan juda ham xursandman. Kichik ishimga yuksak baho berib, shunday mukofotga loyiq deb topgani uchun Prezidentga rahmat aytaman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Biz 2022-yil paxta mavsumida 2562 tonna paxta hosilini yig‘ib, o‘z hissamni qo‘shdim. 1 kunda 40-50 tonna paxta hosilini AQSHning John Deere kombayni orqali terdim. Bir kunda ming nafar ishchining ishini bajardim deb o‘ylayman, chunki bir kishi 100 kilogrammdan terganda, shuncha bo‘ladi. Oldinlari texnika mehnatga jalb qilinguncha o‘zimiz dalalarda paxta terib, darslardan qolib ketardik. Bir kunda 100 kg emas, 50-60 kg yig‘ardik. Yurtimizda zamonaviy klassterlar yo‘lga qo‘yilgach, og‘ir mehnatdan voz kechila boshlandi. Chetdan mana shunday kombaynlar olib kelindi.

    Hurmatli prezidentimiz bilan yaxshi muloqot bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng yanada ko‘p masʼuliyatga ega bo‘ldim va motivatsiya, kuch oldim deb o‘ylayman. Xudo xohlasa, maqsadlarim ko‘p. Prezidentimizga aytib o‘tganimdek, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olib, egallagan bilim va tajribalarim asosida ilmiy ish qilmoqchiman. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hissamni qo‘shmoqchiman. O‘zim tengi va yosh qizlar texnikalarni haydashga qiziqsa, qo‘limdan kelgancha yordam berishga tayyorman.

    3 yildan beri kombayn haydab kelyapman. Ilk bor ishga kelganimda Silverleafe qo‘shma korxonasi direktori Den Peterson bilan suhbat qurganman va keyin ishga qabul qilinganman. Birinchi ish kunimdanoq tushlikkacha nazariy, tushlikdan keyin amaliy ish qilganman. Dastlab lazerli yer tekislash traktori orqali o‘rganganman. Paxta mavsumiga kelib ulkan kombaynlar haydashni o‘rgana boshladim. Mana 3 yildirki, g‘alla, jo‘xori va paxta o‘rimida mana shunday kombaynlarni haydab kelyapman.

    Uydagilar boshida qarshilik qilishgan. Ulkan texnikani ko‘rib qo‘rqishgan, o‘zim ham qo‘rqqanman. Chunki ovozi tashqaridan juda vahimali eshitiladi, ichida esa umuman ovoz ham eshitilmaydi, sizda xavotir uyg‘otmaydi. Keyin otamga aytganimda: “Qo‘lingdan kelsa, o‘zingga ishonsang, harakat qilib ko‘r”, deganlar. Hozir, Allohga shukrki, hammasi yaxshi. Menga ishonishadi”, — deydi Dilchehra Ergasheva.

    Prezident bilan muloqotda bo‘lgan yana bir jizzaxlik tadbirkor – Feruza Umarova. U davlat rahbariga 2021-yili 5 nafar bola bilan yolg‘iz qolib ketgani, keyin esa “Ayollar daftari” tizimi orqali 30 mln so‘m kredit ajratilgani haqida gapirdi. Feruza Umarovaning so‘zlariga ko‘ra, unga Sharof Rashidov tumanidan 2 oyga hech qanday to‘lovlarsiz bino ajratib berilgan. U o‘ziga ajratilgan kredit orqali 6 ta kompyuter xarid qilib, o‘z ishini boshlagan. Bugunga kelib Feruza Umarova o‘quv-markaz rahbari hisoblanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Feruza Umarovadan prezident bilan muloqot qanday o‘tgani haqida so‘radik. U “Ayollar daftari” o‘zi kabi insonlar uchun yaratilgan, deya taʼkidladi.

    “5 nafar bolasi bor ona sifatida “Ayollar daftari” shakllantirilishi, farzandlarim uchun esa “Yoshlar daftari”ni shakllantirilgach, uyimga kuchli beshtalik kirib keldi, desam xato bo‘lmaydi. Sababi kuchli besh tizim qo‘limdan nima kelishini so‘radi. Hayron bo‘lib qarab tursam, biz sizga kredit beramiz deyishdi. “Kredit olgandan keyin uni to‘lash kerak-ku” desam, “olgach o‘rganasiz-da”, deyishdi. Mahallada joylashgan noturar joy binosi – bo‘m-bo‘sh binoni menga 2 oylik imtiyozli davrga ijara shartnomasi asosida berishdi. 6 ta kompyuter bilan o‘quv markaz tashkil etishimga ko‘maklashishdi. Ushbu tizim orqali 6 ta kompyuter bilan ish boshlagan Magical Study o‘quv markazi hozirgi kunda 22 ta yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Bu degani 22 ta doimiy ishchi o‘rni yaratildi.

    Bu tizim orqali o‘quv markazim onlayn mahalla platformasi, “Yoshlar daftari” platformasi hamda http://kasbtalim.uz/ platformasiga kiritildi. Bandlikka ko‘maklashish markazi, yaʼni Sharof Rashidov tumani bilan shartnoma asosida ayollar, bolalar va erkaklarni o‘qitishni boshladim. Hozirga qadar 2 yil davomida 840 nafar fuqaroni o‘qitdim.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Olingan daromadim hisobidan yana bitta ish boshladim. Fermer xo‘jaligini yaratib, u yerda eksport uchun olma, bodom yong‘og‘i yetishtirdim. O‘sha yerdagi aholi bilan kelishgan holda olmani sug‘orib, tagini chopishni yo‘lga qo‘ydik. Tagiga sabzi, kartoshka, karam, kadi ekdik. Shuni hisobidan qishloq aholisi ro‘zg‘origa ozgina bo‘lsada mablag‘ kirdi. Menga ham mablag‘ tushdi. Aylanma mablag‘im 500 million so‘mga yetdi.

    Lekin yana bo‘sh o‘tirmadim, Boyqo‘ng‘ir hududida joylashgan E-auksion‘ga chiqqan 66 sotix yerni sotib oldim. Endi fevral oyi oxirida u yerda ekoturizmni yo‘lga qo‘yaman. Sababi joylashuv lokatsiyasi juda chiroyli – Qirqiz tog‘i. U yerda qizil jar va katta quyuq o‘rmon bor. Men hozirgi holatda Yangi O‘zbekistondan juda minnatdorman. Xonadonimga kirib kelgan O‘zbekiston yangi tizimiga kim ishonmasa, bemalol, Sharof Rashidov tumani, “Istiqlol” mahallasiga kelib, ishimni ko‘rishsin, o‘rganishsin. Islohot va tizim haqiqatan ishlayapti, faqat undan to‘g‘ri foydalanishni bilsak bo‘ldi”, — deydi Feruza Umarova.

    12.02.2023, 15:27   Izoh (0)   4456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amudaryo suvi 2050-yilgacha 15 foizgacha kamayishi mumkin

    12.02.2023, 15:08

    Qashqadaryoda tuman hokimligi xodimi qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m pora olayotganida ushlandi (video) 

    12.02.2023, 13:05

    “Chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq holatlar yildan yilga qisqarib bormoqda”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Andijon viloyati misolida o‘rgandi 

    12.02.2023, 11:36

    Navoiyning 100 ta g‘azalini yod olgan qiz. Endi u “Xamsa”ni o‘rganish niyatida 

    12.02.2023, 10:38

    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi 

    12.02.2023, 10:26

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga jo‘natayotgan narsalar orasida eski va yaroqsiz kiyimlar yo‘qligi ma’lum qilindi 

    12.02.2023, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rodrigo bir shart evaziga “Real”ni tark etishi mumkin — Romano

    Sport | 5 avgust, 09:14

    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

    Reklama | 5 avgust, 09:00

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng yirik byudjet taqchilligi kuzatilgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 09:09

    “AQShning Xirosima va Nagasakiga zarbasi yuz minglab odamlarning hayotini saqlab qolgan” — NYT

    Dunyo | 5 avgust, 08:57

    Toshkentda YTH oqibatida 19 yoshli skuter yo‘lovchisi halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 08:45

    “Munosabat bildiramiz” — Zelenskiy O‘zbekiston fuqarolari Rossiya tomonida jang qilayotgani haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 08:21

    Xitoy Yaponiyaning biolaboratoriyalari haqida film suratga oladi

    Dunyo | 5 avgust, 08:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.