Xitoy jahon antifashistik urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan rejissyor Chjao Linshanning imperialistik Yaponiyaning biologik laboratoriyalari haqidagi “731” nomli tarixiy filmini suratga oladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, film 18-sentyabrda - 1931-yilda Yaponiya Shimoli-Sharqiy Xitoyni bosib olishni boshlagan sanada (Mukden hodisasi) keng ekranlarga chiqadi. Film o‘tgan asrning birinchi yarmida Yaponiyaning 731-sonli otryadi tomonidan biologik qurol yaratish maqsadida odamlar ustida o‘tkazilgan tajribalar haqidagi haqiqiy voqealarga asoslanadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu kinoasarning maqsadi tinchlikni saqlash zarurligini eslatishdir. Unda Yaponiya bosqinchi armiyasining vahshiyliklari va xitoy xalqining fashizmga qarshi kurashdagi matonati aks ettirilgan.
731-sonli otryad Yaponiya qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmasi bo‘lib, biologik qurol sohasida tadqiqotlar olib borgan, harbiy asirlar, o‘g‘irlangan va mahkum etilgan odamlar ustida tajribalar o‘tkazgan. Otryad 1936-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Kamo qismi” nomi bilan ham tanilgan. Unga yapon mikrobiologi va harbiy jarrohi, Yaponiya armiyasi general-leytenanti Siro Ishii (1892-1959) rahbarlik qilgan. Olimlar vaboning barcha turlari, kuydirgi, gazli gangrena, tepkili va qorin tifi, ichburug‘, vabo va boshqa kasalliklar bilan tajribalar o‘tkazgan.
Izoh (0)