Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yuz bergan yo‘l transport hodisasida 19 yoshli skuter yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 2-avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KXAY ko‘chasi 58-uy qarshisida yuz bergan. Unda Lacetti, skuter va Isuzu rusumli yuk-transport vositalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida skuter yo‘lovchisi bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)