• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq holatlar yildan yilga qisqarib bormoqda”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Andijon viloyati misolida o‘rgandi

    Prezidentning 2022-yil 25-apreldagi “2022—2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori asosida 2022—2025-yillar davomida respublika bo‘yicha 227 ta tug‘uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarining to‘liq qurilishi va taʼmirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun xalqaro moliya institutlarining 105 million dollarlik grant va kredit mablag‘lari jalb qilinishi belgilangan.

    “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov mazkur sohadagi o‘zgarishlarni Andijon viloyati perinatal markazi misolida o‘rgandi.

    “Avvallari bir xonada oltita ayol farzand dunyoga keltirgan”

    Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida markaz uchun davlat investitsiya dasturi asosida viloyatda 100 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Buning uchun jami 21,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan. Binoga qabulxona, 60 o‘rinli homiladorlar xastaligi, 30 o‘rinli kasallikka moyil bo‘lgan chaqaloqlar hamda 12 o‘rinli chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limlari joylashtirilgan. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining amaliyot o‘tashlari uchun alohida xonalar ajratilgan.

    Markazda 250 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. Ular markazga tashrif buyurgan homilador ayollar va tug‘ilgan chaqaloqlarga sifatli doyalik yordamini ko‘rsatadi.

    Hilola Ortiqova
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Viloyat perinatal markazi direktori o‘rinbosari, neonatolog Hilola Ortiqovaning aytishicha, avvallari bir xonaga oltita ayol joylashtirilgan va o‘sha yerda chaqaloqlar dunyoga keltirilgan. Endilikda esa har bir homilador uchun alohida xonalar ajratilgan bo‘lib, barcha sanitariya gigiyenik qoidalarga amal qilinmoqda.

    “Andijon davlat tibbiyot institutini 1993-yilda bitirib, bir yillik internaturani mana shu tug‘uruq uyida o‘taganman. Bir yil o‘tgach shu yerda yosh neonatolog bo‘lib ishda qolganman. Nafaqat ishlaganman, balki, farzandlarimni shu yerda dunyoga ketirganman. Eslayman, avvallari bitta xonada oltidan ayollar yotib, turli hijolatchiliklar bo‘lardi. Bunday holatlarda sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilish haqida gapirmasa ham bo‘lardi. Chunki tug‘uruq jarayoni uchun alohida xonalar tashkil qilinmagandi. So‘nggi yillarda ayollarga alohida eʼtibor berildi. Endilikda kelgan homilador ayol alohida xonalarda tug‘ish imkoniga ega bo‘ldi”, — deydi Hilola Ortiqova.

    Ortiqovaning taʼkidlashicha so‘nggi besh yil davomida birgina perinatal markazning o‘zi 13 turdagi yigirma uchta zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.

    “Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarga eʼtibor qaratilgan bo‘lsa-da ularning hayotini saqlab qolish uchun hozirgidek tibbiy jihozlar mavjud emasdi. So‘nggi besh yil davomida zamonaviy tibbiy anjomlar bilan taʼminlash masalasi alohida ahamiyatga ega. Misol uchun, oxirgi yillarda markazimizga o‘n uch turdagi yigirma uchta tibbiy jihoz sotib olinib, topishirildi. Bittasi chaqaloqlar uchun SIPAPA aparati. Chunki yangi chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka sistemasi ishlamaydi. Ushbu apparat o‘pka uchun sunʼiy musbat berib turadi. Bundan tashqari nafas ololmayotgan chaqaloqlarga sunʼiy nafas berib turuvchi IVL aparati. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng zarur bo‘ladigan isitgichlar, UZI, neyrosonografiya jihozlari olib kelindi. Neyrosonografiya orqali mutaxasislar chaqaloqning bosh miyasiga qon quyilgani yoki quyilmaganini ko‘rishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ertaroq hal qilib, chaqaloqlar o‘limining oldini olishga zamin yaratdi”, — deydi u.

    “Chaqaloqlar o‘limi soni kamayib bormoqda”

    Viloyat perinatal markazi direktori Dildoraxon Nasriddinovaning aytishicha, viloyat perinatal markazlarining tashkil etilishi chaqaloqlar o‘limini qisqartirishiga olib keldi. Uning qo‘shimcha qilishicha, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga surfaktanta preparatini berish lozim, uni olishga esa ko‘pchilikning imkoniyati yetmaydi. So‘nggi yillarda ushbu preparat davlat tomonidan sotib olinib, bepul berilmoqda.

    “Viloyat perinatal markazi 2008-yilda perinatal maqomiga ega bo‘lgan. Ungacha tug‘ruq uyi hisoblangan. Markazga viloyat bo‘yicha asoratlangan homiladorlar ayollar keladi. Yaʼni 34 haftagacha bo‘lgan chaqaloqlar faqat bizda dunyoga kelishi kerak. Bular avvallari oldin tumanlarda tug‘ilardi. Tabiiyki, tumanlarda yetarli sharoit bo‘lmagani uchun chaqaloqlar o‘limi ham ko‘p bo‘lgan. Markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgach chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq sonlar keskin qisqardi, ularni yashab qolish imkoniyati ortdi.

    Taʼkidlash lozim, uch-to‘rt yil avval sanoqli SIPAPA aparatlari bo‘lgan. Ammo hamma chala tug‘ilgan chaqaloqni ham ushbu apparatlarga qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan. Birortasiga chaqaloqni qo‘ymoqchi bo‘lsangiz u yerda bittasi yotgan bo‘ladi, yetishmovchilik mavjud edi. Hozirda har bir bolaga yetarli darajada jihozlar olib kelingan. Muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarga surfaktanta preparati qilinishi kerak. Ushbu preparatning narxi juda qimmat, bir donasi 4 million so‘mgacha boradi. Kimdir ololadi, kimdir yo‘q. Shu sababli chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish uchun ushbu preparat davlat tomonidan sotib olinib, bepul berilyapti. Natijada chaqaloqlar o‘limi yildan yilga kamayib bormoqda”, — deydi Dildora Nasriddinova.

    Dildora Nasriddinova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Nasriddinovaning taʼkidlashicha, shifokorlar malakasini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada respublika tibbiyot markazlari bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, sayyor va masofaviy tartibda o‘quvlar tashkil etilmoqda.

    “Bir narsani qayd etish lozim, sharoitlar yaratilgan, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani bilan ulardan foydalanadigan mutaxassislar yetarli malakaga ega bo‘lmasa barcha qilingan ishlar befoyda. Shu sababli jihozlar olib kelingunicha shifokorlarimiz Toshkentda va xorijda malakalarini oshirib keldi. Bundan tashqari doimiy ravishda Akusherlik va Ginekologiya ilmiy tekshirish instituti bilan aloqalar o‘rnatilib, sayyor sikllar o‘tkazib borilmoqda. Oldin bunday sikllar o‘tkazilmas edi. Institut professor-o‘qituvchilari viloyatimizga kelib akusher-ginekologlar, neonatologlarni ham o‘qitib berishmoqda. Bundan tashqari respublika perinatal markazi bilan ham doimiy aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, shifokorlarimiz malakalarini oshirib borishmoqda”, — deydi markaz direktori Dildora Nasriddinova.

    Homilaning salomatligini kuzatish uchun aniq tashxis qo‘yish imkoniyati yaratildi

    Shifokorlarning aytishicha, ultratovushli dopplerometriya apparati yordamida chuqur tekshiruvlar amalga oshirilib, aniq tashxislar yordamida homilaning salomatligini kuzatish, agarda zarar tegayotgan bo‘lsa uni to‘xtatish yoki davolanishni tashkil tavsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lingan. Avvallari bunday apparatlar bo‘lsa-da aniq tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan.

    “Markazimizga yangi bino qurilishi zamonaviy so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan taʼminlanishimizga yaxshi zamin yaratdi. Natijada imkoniyatlarimiz juda kengaydi. Misol uchun ultratovushli dopplerometriya apparati. Unda biz homilador ayollarimizning homilasini oziqlanishi orqada qolyaptimi, qiyinchiliklar bormi kabi savollarga javob topamiz. Shuningdek u bilan tezkor tug‘dirish yoki davolash ishlarini amalga oshirishni bilish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Avval ham tekshiruvlar qilinardi. Lekin bu darajada chuqur tekshiruvlar bo‘lmasdi. Bolani miyasida gipoksiya holatlari bormi, oldindan yordam berish imkoniyatlari mavjudmi degan savollar qiynardi.

    Endilikda preeklampsiya, qandli diabet, buyrak kasalliklari, jigar xastaliklari bilan kelgan ayollarda homiladorlikni dopplerometriya qilayapmiz. Yaʼni funksional asosiy komponentlar tahlili qilinib, miya arteriyalari va bachadon bilan homila o‘rtasida qon tomirlari aylanishi tezliklari o‘lchanadi. Bulardagi tafovut qay darajadaligi bilinsa shunga qarab xulosalar beriladi. Jihozlar ko‘magida ginekologlarimiz ayollarning fetoplasental yetishmovchilik darajalariga qarab, zudlik bilan homilani to‘xtatish yoki davolanishni davom etkazishni tavsiya qilishadi. Bu esa ayollar salomatligini asrash, sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish imkoniyatini yaratadi”,— deydi yana bir shifokor.

    Andijonda yana uchta perinatal markazi foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

    Hilolaxon Ortiqovaning aytishicha, prezident qaroriga asosan viloyatdagi yana uchta hududda tumanlararo perinatal markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Natijada viloyat markazidan olisda bo‘lgan hududlardagi ayollarga tezroq va sifatli birinchi yordamni ko‘rsatish, ona va bolaning salomatligini saqlash imkoniyati vujudga keladi.

    “Prezident qarori bilan viloyatimizda yana uchta Paxtaobod, Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida hududlararo perinatal markazlari tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu markazlarni tashkil etishdan maqsad ayollarga tezroq va sifatli birinchi yordamni ko‘rsatish.

    Misol uchun, Xonobod yoki Qorasuv shaharlarida yashovchi tug‘uruq jarayonida qiynalayotgan ayollar viloyat perinatal markaziga yetib kelishi uchun 70-80 kilometr masofani bosishlari lozim bo‘ladi. Bu yerga yetib kelgunicha ayol farzandini yo‘lda dunyoga keltirib qo‘yishi ham mumkin.

    Natijada hayoti xavf ostida qolish ehtimoli bor. Qo‘rg‘ontepa tumanida perinatal markazi ishga tushgach nafaqat Qo‘rg‘ontepa balki unga yaqin bo‘lgan Xonabod, Qorasuv shaharlari va Jalaquduq, Xo‘jaobod tumanlariga xizmat ko‘rsatadi. Hududlardagi markazlarda ham barcha sharoitlar yaratiladi”, — deydi Hilolaxon Ortiqova.

    12.02.2023, 11:36   Izoh (0)   4750
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyning 100 ta g‘azalini yod olgan qiz. Endi u “Xamsa”ni o‘rganish niyatida 

    12.02.2023, 10:38

    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi 

    12.02.2023, 10:26

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga jo‘natayotgan narsalar orasida eski va yaroqsiz kiyimlar yo‘qligi ma’lum qilindi 

    12.02.2023, 10:15

    Toshkentda Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish qayta boshlandi

    12.02.2023, 09:48

    Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan turar joy binosi 7 qavat qilib qurildi

    12.02.2023, 08:37

    Toshkentda darz ketgan ko‘p qavatli uyni qurgan tadbirkorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi

    12.02.2023, 00:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

    Reklama | 13 may, 21:00

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.