• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyning 100 ta g‘azalini yod olgan qiz. Endi u “Xamsa”ni o‘rganish niyatida

    Namanganlik Dildora Habibullayeva Namangan davlat universiteti filologiya fakultetining birinchi bosqichida tahsil oladi. U Navoiyning 100 ta g‘azalini yod olgan, endi esa “Xamsa”ni o‘rganishga bel bog‘lagan. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev kelgusida navoiyshunos olima bo‘lishni orzu qilayotgan talaba bilan suhbatlashdi.

    Dildora Habibullayeva
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “G‘azallarni faqat yodlash emas, ularning maʼnosini ham anglash kerak”

    “Yoshim 18 da, Namangan tumanining Tepaqiyot qishlog‘idanman. Adabiyotga, Navoiyga qiziqishim maktab ostonasini hatlamay turib, 5-6 yoshimdan boshlangan. Chunki oyim adabiyot o‘qituvchisi, uyimiz to‘la kitob, bobom dutor chalib, Navoiy, Mashrab g‘azallarini xirgoyi qilib berardi.

    Men ham, mendan keyingi ikki singlim ham shunday muhitda ulg‘ayganmiz, bu qiziqish qon-qonimizga singib ketgan. Avval maktab darsliklarida berilgan g‘azallarni yod oldim, keyinchalik mustaqil ravishda devonlarni o‘qishga kirishdim. Bilimlar bellashuvlari, fan olimpiadalari, turli tanlovlarda ishtirok etdim.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Respublika miqyosida “Navoiy vorislari” tanlovi o‘tkazilayotgani haqida eshitib, unda qatnashishga ahd qildim, yodlagan g‘azallarim sonini ko‘paytirdim. Albatta, quruq yodlash bilan ish bitmaydi, lug‘at titkilab, ularning maʼnosini o‘rganish, tahlil qilishga ham urindim. Maktab, tuman saralashlaridan o‘tib, viloyat bosqichida ikkinchi o‘rinni olib qaytdim. Ko‘zlangan marra bo‘lmadi, lekin harakatdan to‘xtamadim.

    Nihoyat, 2018-yili viloyatda g‘olib bo‘lib, Navoiy shahrida o‘tkazilgan respublika tanloviga yo‘l oldim va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldim. O‘sha payt 100 ta g‘azalni yoddan bilardim, hozir ularning soni 125 dan oshdi. Endi esa “Xamsa”ni o‘rganishga kirishmoqchiman. Bunda, albatta, ustozlarim, xususan, Namangan tumanidagi 24-umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Hidoyat Polvonova, NamDU dotsenti Farida Karimovadan olgan saboqlarimga tayanaman.

    Bolalik paytlarim Navoiy g‘azallarini aytib bersam ayrim tengdoshlarimga erish tuyulardi, bundan o‘shanda o‘ksingan paytlarim ham bo‘lgan. Lekin bugunga kelib anglab yetdimki, hazrat ijodiga qiziqish tufayli juda ko‘p narsalarga erishibman. Ozmi-ko‘pmi tanildim, do‘stlar orttirdim, tanlovlarda g‘olib bo‘ldim, shu sohaning etagini tutdim. Kelajakda Navoiy ijodini tadqiq etishda davom etib, ustozlarim kabi yetuk olima, professor bo‘laman”, — deydi suhbatdosh.

    “Hozir faqat ertaklarni ifodali o‘qib beryapmiz, xolos”

    NamDU dotsenti Farida Karimova “Navoiy vorislari” tanlovi hayʼat aʼzosi bo‘lgan paytlaridan tirishqoq va izlanuvchan qizni ko‘z ostiga olgandi. Bugungi kunga kelib Dildora filologiya fakultetida, qo‘l ostida tahsil olmoqda. Bu esa unga bilganlarini o‘rgatish va katta maqsadlarga chorlash imkoniyatini yanada kengaytirdi.

    “Navoiy g‘azallarini yod olish va anglab yetish oson vazifa emas, kishidan maʼlum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Chunki ularda arabiy va forsiy so‘zlar, yashirin maʼnolar ko‘p. Shu uchun bunga bel bog‘lagan yoshlarni har qancha olqishlasa, qo‘llab-quvvatlasa arziydi. Afuski, hozirgi paytda bolalarimizga faqat ertaklarni ifodali o‘qib beryapmiz xolos. Aslida ularga esini tanigan paytdan Navoiy, Bobur va boshqa buyuklarimiz ijodidan namunalarni aytib, yodlatib borsak, ko‘proq narsaga erishgan bo‘lardik.

    Hozir Dildora bilan maxsus reja asosida ish boshladik. Birinchi vazifa Navoiy g‘azallarini ifodali o‘qishni yanada mukammalashtirish, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, yod olingan 100 ta g‘azal miqdorini ko‘paytirish. Qolaversa, shoir sheʼriyati borasidagi izlanishlar olib borish, maqola va sharhlar tayyorlash. Qizimiz kelgusida Navoiy ijodining yaxshi bir targ‘ibotchisi bo‘ladi degan umiddaman”, — deydi Farida Karimova.

    Farida Karimova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Qahramonimiz bilan 9-fevral, Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘lgan kuni intervyu oldik. Bu biz uchun ancha mashaqqatli bo‘ldi, chunki Dildora nafaqat o‘zi o‘qiyotgan universitet, balki tug‘ilib-o‘sgan tumanidagi navoiyxonlik tadbirlariga ham taklif etilgan ekan. Buni ham yaxshilikka yo‘ydik va navoiyshunos olima bo‘lishni ko‘zlagan talaba yozajak asarlar shunday qo‘lma-qo‘l o‘qilishini tilab, xayrlashdik.

    12.02.2023, 10:38   Izoh (0)   5032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Azizbek Abduvaliyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi 

    12.02.2023, 10:26

    O‘zbekistonliklar Turkiyaga jo‘natayotgan narsalar orasida eski va yaroqsiz kiyimlar yo‘qligi ma’lum qilindi 

    12.02.2023, 10:15

    Toshkentda Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish qayta boshlandi

    12.02.2023, 09:48

    Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan turar joy binosi 7 qavat qilib qurildi

    12.02.2023, 08:37

    Toshkentda darz ketgan ko‘p qavatli uyni qurgan tadbirkorlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi

    12.02.2023, 00:50

    Toshkentda Spark piyodani urib yubordi (video)

    11.02.2023, 23:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.