Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilgan ko‘p qavatli uy ichidan darz ketgani aytilmoqda.
“Mana 1 yil avval qurilgan yangi uylarning ahvoli. Uyning devori bo‘linib ketdi. Bizga zilzila shart emas”, deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video izohida.
Shundan so‘ng Qurilish vazirligi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning holati bo‘yicha mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Tez orada bu borada rasmiy munosabat bildiriladi.
Izoh (0)