• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Superkompyuterni mag‘lub etgan Kasparov, AQSH uchuvchisiga almashilgan sovet razvedkachisi va kosmosda to‘qnashib ketgan ikki sun’iy yo‘ldosh. Kun xronologiyasida 10-fevral

    10-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan superkompyuterni mag‘lub etgan Kasparov, AQSH uchuvchisiga almashilgan sovet razvedkachisi hamda kosmosda to‘qnashib ketgan ikki sun’iy yo‘ldoshga oid faktlar o‘rin olgan.

    Superkompyuterni mag‘lub etgan Kasparov

    1996-yil 10-fevral kuni IBM Deep Blue superkompyuteri va 13-jahon chempioni Garri Kasparov o‘rtasida birinchi shaxmat uchrashuvi boshlangan edi. Grossmeyster birinchi partiyada mag‘lubiyatga uchragan, ammo yakunda 4:2 hisobida g‘alaba qozongan va 400 ming dollarni qo‘lga kiritgan edi. Bir yildan keyin takomillashtirilgan mashina revansh olgan, Kasparov esa IBM dasturchilarini nohaq o‘yinda ayblagandi.

    Foto: AP Photo

    Shaxmat kompyuterlari 1950-yillarda paydo bo‘lgan, ammo avvaliga ularda tajribali o‘yinchilarni yengish imkoniyati yo‘q edi. Vaziyat 1985-yilda, Karnegi universiteti doktoranti Mellona Syu Fensyun Chiptest nomli kompyuter shaxmatini yaratganidan keyin o‘zgargan. Bo‘lajak olim o‘qishni tamomlab, IBM kompaniyasiga ishga kirgan. 1989-yilda u dasturchi Si Jey Tan qo‘li ostidagi jamoada faoliyatini boshlagan: ularga dunyoning eng kuchli grossmeysterlariga qarshilik ko‘rsata oladigan kompyuterni yaratish topshirilgan edi.

    Dastlab Chiptest bazasida uchta ishchi stansiya va oltita shaxmat protsessoridan iborat Deep Thought yaratilgan. 1980-yillar oxiri 1990-yillar boshida mazkur kompyuter grossmeyster reytingiga ega bo‘lgan va soniyasiga 2 milliongacha variantni qayta ishlay olgan. Shunga qaramay, u o‘z davrining eng yaxshi shaxmatchilariga yutqazib qo‘yardi. Masalan, Garri Kasparov blitsda mashinani osonlikcha mag‘lub etgan. Deep Thought’ning o‘ziga yarasha muvaffaqiyatlari ham bor edi, albatta: rasmiy o‘yinda kompyuterga yutqazib qo‘ygan tarixdagi birinchi grossmeyster daniyalik Ben Larsen.

    Tan jamoasida bo‘lganlarning hamkorlikdagi mehnati natijasida bir necha yil ichida Deep Blue superkompyuteri yaratilgan. U 1995-yilda yig‘ilgan va uch daqiqada 100 dan 200 milliardgacha pozitsiyani (soniyasiga 200 millionta) hisoblay olgan. Mashina 32 ta uzeldan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga 512 ta protsessorni olgandi. Kompyuter tashqi ko‘rinishi jihatidan simlari bir-biriga ulangan ikki metrli ikkita quti kabi bo‘lgan.

    Yangi ixtironi sinab ko‘rish o‘zining oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan o‘yinlari bilan mashhur shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparovning chekiga tushgan. U strategiyani partiya davomida o‘zgartirib, kompyuterni mag‘lub etgan.

    Super bahs Pensilvaniya universiteti tomonidan yaratilgan birinchi ENIAC kompyuteriga 50 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgandi. Filadelfiyadagi Convention Center shaxmat taxtasida inson va kompyuter bellashuvini butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatgan. Deep Blue’ning o‘zi Nyu-Yorkda joylashgandi: aloqa masofaviy uzatish yo‘li bilan ta’minlangan. Kasparovning qarshisidagi stolda dasturchi o‘tirgan. O‘yinni millionlab shaxmat ishqibozlari muhokama qilib borgan. Uchrashuv olti partiyada o‘tkazilgan bo‘lib, mukofot jamg‘armasi 80 foizga 20 foiz nisbatida taqsimlangan: g‘olibga 400 ming dollar, mag‘lubga esa 100 ming dollar.

    Kasparov birinchi partiyada sitsiliyacha himoyada o‘ynagan, ammo debyut unga muvaffaqiyatli kelmagan. Natija ilk bor amaldagi jahon chempioni klassik vaqt nazorati turnirida kompyuterga yutqazgan. Soatlar 37 ta yurishdan keyin to‘xtatilgandi. Ikkinchi partiyadagi g‘alabasidan keyin Kasparov “kompyuterning ayrim kuchsiz jihatini” payqaganini tan olgan.

    Uchunchi partiyada ham Kasparov qora donalarda o‘ynab, kichik hisobda ustunlik qilardi. Ammo 21-yurishda Deep Blue vaziyatni o‘nglab olgan va uning ortidan oldinga o‘tib ketgan. Uch soat davomida amalga oshirilgan 39-yurishda jahon chempioni o‘z pozitsiyani yaxshilash imkoniyatini ko‘rmayotganini aytib, durrangni taklif qilgan, kompyuter esa qarshilik bildirmagan. O‘shanda Kasparov Deep Blue boshqa pozitsion xatoliklarga yo‘l qo‘ymayotganini ta’kidlagan.

    Foto: AP Photo

    Kasparov to‘rtinchi partiyani omad tufayli o‘z foydasiga yakunlagan. 4,5 soatlik o‘yindan keyin operator va Deep Blue dasturchilaridan biri Blue Myurrey Kempbell durrang taklif qilgan. Keyingi ikkita partiya ham Kasparov foydasiga hal bo‘lgan. Ularning beshinchisida Deep Blue uning durang taklifini rad etgan va ko‘p o‘tmay xatolikka yo‘l qo‘ygan, shundan keyin dasturchilar mashinaning mag‘lubiyatini tan olgan. Yakuniy o‘yin 1996-yil 17-fevralda o‘tkazilgan. Kasparov juda ko‘p kuch sarflab, har bir yurishda o‘z pozitsiyani kuchaytirib borgan. Oxir-oqibat Deep Blue taslim bo‘lgan.

    “Garri kompyuterni strategik jihatdan bo‘g‘ib o‘ldirdi”, — degandi amerikalik grossmeyster Yasir Seyravan.

    O‘z g‘alabasiga izoh bergan Kasparov bunday og‘ir o‘yin bo‘lishini kutmaganini tan olgan: “Balki, birinchi partiyani yutqazganim menga omad keltirgandir. Bu eng yaxshi ogohlantirish edi, aks holda falokatli yakunlanardi. Men shaxmat va ehtimol butun insoniyat uchun yaxshigina mehnat qildim deb o‘ylayman”.

    Muvaffaqiyatsizlikdan keyin IBM o‘z protsessorlari arxitekturasini butunlay o‘zgartirib yuborgan va deyarli yangi kompyuter yiqqan. Deep Blue II 480 ta protsessor va kuchli server yordamida boshqarilgan. O‘yin algoritmlariga ham sezilarli o‘zgartirishlar kiritilgan.

    1997-yil mayda gonorar qiymati 1,1 million dollarga teng revansh o‘tkazilgan. Kasparov o‘zining odatdagi uslubidan voz kechgan va kutish pozitsiyani tanlagan. Bu esa Deep Blue II ning foydasiga xizmat qilgandi. Musobaqaning oxirgi partiyasi 1 soatgina davom etgan va Kasparov mag‘lubiyatini tan olgan.

    Foto: AP Photo

    O‘yindan keyin misli ko‘rilmagna mojarolar boshlangan. Rossiyalik shaxmatchi IBM korporatisyasini halol bo‘lmagan o‘yinda ayblagan. Grossmeysterning fikricha, kompyuter o‘z tashabbusi bilan donalarni qurbon qila olmagan. Bu mashinaga kimdir yordam berganini anglatardi. Shuningdek, Kasparov o‘ziga qarshi kompyuterdan tashqari IBM bilan hamkorlik qilgan yana uch shaxmatchi — Joel Benjamin, Nik de Firmian va Fedorovich o‘yganini aytgan. Ular pozitsiyalarni tahlil qilib, Deep Blue II ga tavsiyalarini berib borgan.

    Bundan xafa bo‘lgan IBM vakillari o‘z kompyuterlarini uchinchi matchda ishtirok etishiga ruxsat bermagan.

    AQSH uchuvchisiga almashilgan sovet razvedkachisi

    Bundan 61 yil oldin 10-fevral kuni Berlin va Potsdamni bog‘lab turuvchi Gliniker-Bryukke ko‘prigida sovet razvedkachisi Rudolf Abel amerikalik uchuvchi Frensis Pauersga almashtirilgan edi.

    Foto: Getty Images

    Sovet harbiy razvedchigi, polkovnik Rudolf Ivanovich Abel (haqiqiy ismi Vilyam Genrixovich Fisher) 1948-yil AQSHda yashab turib, harbiy mojaro darajasini aniqlash bilan shug‘ullangan, Markaz bilan noqonuniy ishonchli aloqa kanallarini tashkil etgan, iqtisodiy va harbiy holat bo‘yicha ma’lumot to‘plagan.

    Xoinligi sabab u 1957-yil 21-iyunda hibsga olingandi. Qo‘lga olish vaqtida u o‘zini eski xizmatdosh do‘sti Rudolf Abel nomi bilan tanishtirgan. Tergov davomida razvedkaga aloqadorligini mutlaq rad etib, sudda ko‘rsatma berishdan bosh tortgan va Amerika maxsus xizmatlarining hamkorlik borasidagi takliflariga e’tibor qaratmagan.

    1957-yil 15-noyabrda u Amerika sudi tomonidan 30 yildan ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni Atlantadagi federal qamoqxonada o‘tashni boshlagan.

    Soved razvedkasi Abelga hukm chiqarilishi bilan uni ozod etish bo‘yicha kurashga kirishgan. Bir necha yil “KGB”ning katta guruhi tomonidan qonli ishlar olib borilgan. Mahbusning Yurgen Drivs ismli “amakivachchasi” paydo bo‘lgan va u Abelning oila a’zolarini AQSHdagi advokat Jeyms Donovan bilan aloqasini ta’minlagan. Avvaliga ish juda sust ketgan. Amerikaliklar juda ehtiyotkor edi, qarindoshlar va advokatlarning manzillarini tekshirgan.

    1960-yil 1-may kuni sodir bo‘lgan xalqaro mojarodan keyin ish tezlasha boshlagan. Shu kuni Sverdlovsk tumanida uchuvchi Frensis Geri Pauers boshqaruvida bo‘lgan Amerikaning U-2 rezvedkachi samolyoti urib tushirilgandi. Razvedka bilan shug‘ullangan samolyot marshruti Peshovor bazasidan Afg‘oniston hududi orqali SSSRning katta qismidan o‘tishi va Norvegiyada yakunlanishi kerak edi. Uning vazifasi harbiy obyektlarni suratga olish bo‘lgan.

    Razvedkachi samolyot SSSR chegarasini kesib o‘tganida uni bir necha bor sovet qiruvchilari tutib qolishga uringan, ammo barcha sa’y-harakatlar omadsiz yakunlangan, chunki U-2 o‘sha vaqtdagi qiruvchilar ucha olmaydigan balandlikda parvoz qilardi: 21 kilometrdan ortiq. Samolyot Sverdlovsk yaqinidagi “Povarnya” qishlog‘ida urib tushirilgan. Pauers kabinaning germetizatsiyasi buzilmagani sabab omon qolgan va 10 kilometr balandlikda parashyut bilan sakrashni amalga oshirgan. Yerga qo‘ngan uchuvchi hibsga olinib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Matbuot anjumanida sovet tomonining Qo‘shma Shtatlar o‘z samolyotlarini yuborib, josuslik harakatlarini amalga oshirayotgani to‘g‘risidagi ayblovga AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauer ruslarga Rudolf Abel ishini eslatib o‘tgan.

    Foto: Getty Images

    Abel va unga oid materiallar matbuotda paydo bo‘la boshlagan. NY Daily News gazetasi birinchi marta Abelni Pauersga almashish taklifini ilgari surgan. Bu tashabbusni Amerikaning boshqa gazetalari ham ushlab olgan, sovet razvedkasi ham o‘z ishlarini jadallashtirgan. Amerikaliklar Abel kabi tajribali razvedkachi Pauersdan ustun turishini yaxshi tushunar va o‘zlari uchun foydali bitimga umid qilardi. Natijada Abelni uch nafar amerikalikka almashtirishga kelishib olingan. Sovet tomoni Pauersdan tashqari Sharqiy Berlinda josuslik qilgani uchun qo‘lga olingan talaba Frederik Prayorani hamda Pensilvaniya universiteti talabasi Marvin Makinenni ham ozod etishga rozi bo‘lgan. U Kiyevdagi qamoqxonada josuslik uchun 8 yilga qamalgandi.

    Abel va Pauersni almashish sanasi 1962-yil 10-fevralga belgilangan. Gliniker-Bryukke ko‘prigining o‘rtasida Germaniya va G‘arbiy Berlin chegarasi o‘tgandi. Uzunligi 100 metr keladigan ko‘prik har tarafdan yaxshi kuzatishga qulay edi. Berlinning boshqa tumanida esa FFrederik Prayor ozod etilishiga kelishilgan.

    10-fevral tongida ko‘prikka bir tarafdan ichida Abel bo‘lgan Amerika mashinalari kelgan, boshqa tomondan sovet harbiylari Pauersni olib kelgan. Har ikki tomonning rasmiy vakillari ko‘prik o‘rtasida uchrashib, kelishilgan jarayon yakunlanganini bildirgan. Abel va Pauers ham u yerga chaqirilgan. Ofitserlar o‘z qarshisidagi insonlar haqiqatda shular ekanini tasdiqlagan.

    Frensis Pauers
    Foto: Getty Images

    Shundan keyin Abelga 1962-yil 31-yanvar kuni AQSH prezidenti Jon Kennedi va adliya vaziri Robert Kenneti tomonidan imzolangan ozod etilishi haqidagi hujjat topshirilgan.

    Moskvaga qaytgan Abel davolanish va ta’tilga yo‘l olgan, keyinchalik tashqi razvedka markaziy apparatida faoliyatini davom ettirgan. U 1971-yil 68 yoshida vafot etgan.

    Pauers esa sinovchi-uchuvchi sifatida ishlay boshlagan, keyinroq telekompaniya vertolyotini boshqargan. 1977-yil avgustida Los-Anjeles atrofidagi o‘rmon yong‘inlari o‘chirilishini tasvirga olish vaqtida o‘zi boshqarayotgan vertolyotda halokatga uchrab, vafot etgandi.

    Kosmosda to‘qnashib ketgan ikki sun’iy yo‘ldosh

    2009-yil 10-fevral kuni Rossiyaning “Kosmos-2251” hamda Amerikaning Iridium 33 sun’iy yo‘ldoshlari tarixda birinchi marta kosmosda to‘qnashib ketgandi. Ilk “kosmik YTH” Sibirdan taxminan 805 kilometr balandlikda yuz bergan.

    Foto: Flickr

    Ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishidan ikki soat oldin SOCRATES nodavlat tizimi tomonidan amalga oshirilgan matematik modellashtirish ikki obyekt bir-biriga juda yaqin — 584 metr masofadan uchib o‘tishini aniqlagan edi. Ammo yaqinlashuv vaqtida Iridium aloqaga chiqmay qo‘ygan, shundan keyin amerikalik harbiylar ushbu orbitada to‘qnashuv guvohiga aylangandi.

    “Rossiya ham, AQSH ham ushbu to‘qnashuv sodir bo‘lishini ko‘zdan qochirgandi. Biz ham, ularda ham to‘qnashuv xavfidan zudlik bilan ogohlantiruvchi tizim yo‘q edi”, — degandi NASA vakili. Ta’kidlanishicha, agarda Rossiya va AQSH tomonidan yaratilgan hozirgi tizimlar bo‘lganida, ushbu falokatdan bir sutka oldin xabar toppish mumkin bo‘lardi. “Kosmos-2251” u vaqtda faoliyat ko‘rsatmagan (u 1995-yilda ishdan chiqqandi).

    To‘qnashuvdan keyin orbitada sun’iy yo‘ldoshlarning minglab parchalaridan iborat ulkan bulut hosil bo‘lgan. Mazkur voqeaning o‘zi kosmik chiqindilar sonini 10 foizga oshirib yuborgandi. Falokat o‘z ko‘lami bo‘yicha Xitoyning “Fenyun-1C” meteorolik sun’iy yo‘ldoshi parchalanishiga o‘xshardi, o‘shanda Xitoy tomonidan sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurol sinovdan o‘tkazilishi natijasida 3 mingga yaqin chiqindi paydo bo‘lgan.

    Iridium 605 ta qismga bo‘linib ketgan bo‘lib, hozirga qadar uning 195 tasi atmosferada yonib ketgan. “Kosmos-2251”dan hosil bo‘lgan 1609 bo‘lakning esa faqat 420 tasi yongan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yerdan turib faqat 10 santimetrdan katta bo‘lgan obyektlarni kuzatish mumkin. Ammo o‘lchami 1 santimetrga teng jism soniyasiga 11 kilometr tezlikda harakatlansa, u soatiga 100 kilometr tezlikda yurayotgan uch tonnali yuk mashinasining energiyasini beradi.

    Foto: Flickr

    Hozirda “YTH” bo‘laklarining asosiy konsentratsiyasi 800-1000 kilometr balandlikdagi, shuningdek, 1,5 ming kilometr balandlikdagi orbita hisobiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro kosmik stansiya va “Soyuz” uchish apparatlari joylashgan 400 kilometr balandlikda ularning soni u qadar ko‘p emas.

    Iridium bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin Rossiyada ham, AQSH da ham to‘qnashuv xavfidan ogohlantiruvchi tizimlar yaratilgan. Xususan, Rossiyada kosmik makonni nazorat qilishda raketa hujumlaridan ogohlantiruvchi radarlar tizimidan foydalaniladi. U oldin ham bo‘lgan, biroq yaqindagina to‘qnashuv xavfi haqida tezkor ma’lumot beruvchi zanjir ishga tushirilgan.

    10.02.2023, 09:49   Izoh (0)   10704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...

    09.02.2023, 09:33

    Afg‘onistonda erining oilasi tomonidan kaltaklangan ayol yoqib yuborildi

    09.02.2023, 23:59

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 4-qavatdan tashlab yubordi (foto)

    09.02.2023, 23:32

    “Rossiya Ukrainada harbiy harakatlarni boshlamadi, aksincha uni tugatishga harakat qilmoqda” — Putin

    09.02.2023, 22:32

    “Daryo kundaligi”da 9-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar 

    09.02.2023, 22:19

    Belarus chegarachilari Ukraina dronini tutib oldi (video, foto)

    09.02.2023, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uni qo‘lda olib ketishdi”: Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmini suratga olish paytida holsizlanib yiqildi

    Kino | 28 may, 13:50

    Uch shahar birlashuvidan hosil bo‘lgan shaharga fotosayohat

    Dunyo | 28 may, 13:35

    Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozonga qo‘ndi (video)

    O‘zbekiston | 28 may, 13:23

    Muzlatgichda saqlash mumkin bo‘lmagan 6 meva

    Layfstayl | 28 may, 13:20

    Isroil G‘azo sektorida 22 ta noqonuniy aholi punktlari quradi

    Dunyo | 28 may, 13:14

    “Barselona” yaqin vaqt ichida yangi transferni e’lon qilishi mumkin

    Sport | 28 may, 12:56

    Qurg‘oqchilik sababli Afg‘onistonda bug‘doy va un narxi oshishi mumkinmi?

    Dunyo | 28 may, 12:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.