• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 9-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 9-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Starlink sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina uchun cheklanadi, harbiy kuzatuv va amaliyotlar chegaralanadimi?

    AQSHning SpaceX kompaniyasi Ukraina harbiylariga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan dronlarni boshqarishda foydalanishni cheklash choralarini ko‘rdi, chunki xizmat “hech qachon qurol sifatida qo‘llanilmagan”. Bu haqda SpaceX prezidenti va bosh direktori Gvin Shotvell matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

    Dronlarni boshqarish uchun internetdan foydalanish SpaceX’ning Ukraina hukumati bilan tuzgan kelishuvi doirasiga kirmaydi, deb tushuntirdi Shotvell. Uning ta’kidlashicha, shartnoma gumanitar maqsadlarni — shifoxonalar, banklar va jangovar harakatlardan jabrlangan ukrainaliklarni keng polosali internet bilan ta’minlashga qaratilgan.

    “Bilamizki, harbiylar ularni aloqa uchun ishlatishadi va bu normal holat. Ammo biz hech qachon undan tajovuzkor maqsadlarda foydalanish niyatida bo‘lmaganmiz”, — dedi Shotvell.

     Rossiya bosqini boshlanganidan so‘ng yetkazib bera boshladi, ukrainaliklar kompaniya tomonidan quyi Yer orbitasiga chiqarilgan deyarli 4 ming sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idan foydalanmoqda.

    Ukraina Mudofaa vazirligi yanvar oyi oxirida dron va Starlink terminallari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan “dunyodagi birinchi dronli zarba rotalari” yaratilayotgani haqida e’lon qilgandi.

    Turkiya Suriyaga chegara punktlarini ochmoqchi

    Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining ma’lum qilishicha, Turkiya Suriyaning zilzilalardan vayron bo‘lgan shimoli-g‘arbidagi yana ikkita chegara darvozasini ochishni talab qilmoqda. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.

    Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida so‘zga chiqqan tashqi ishlar vaziri Suriya—Turkiya chegarasidagi Chilveg‘ozu nazorat punktining darvozalari allaqachon ochiq ekani, ammo davom etayotgan gumanitar falokat sharoitida bundan ko‘prog‘i zarurligini aytdi.

    “Bu siyosiy emas, balki insonparvarlik masalasi” — deya Chavusho‘g‘li Anqara Suriyaga gumanitar yordamlarning Turkiya osmonidan o‘tishini ta’minlash uchun ham kerakli ko‘mak ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

    Ayni paytda Suriya davlat matbuoti va Suriya shimoli-g‘arbida faoliyat yuritayotgan qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilalar qurbonlari soni 3 500 nafardan oshgan.

    Mazkur vaziyatda Suriya Birlashgan Millatlar Tashkiloti va unga aʼzo barcha davlatlarni qutqaruv operatsiyalari hamda tibbiy xizmatlar, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlashda ko‘maklashishga chaqirdi.

    BMT Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga yuk yetkazib berishning barcha yo‘llarini o‘rganayotganini ma’lum qildi. 

    Ayni vaziyatda tashkilot o‘zining favqulodda fondidan Turkiya va Suriyaga gumanitar yordam jo‘natish uchun 25 million dollar ajratdi.

    Rossiyaga harbiy maxsulotlar yetkazayotgan davlatlar sanksiyalarga tushish arafasida

    Katta yettilik davlatlari (G7 — Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) Rossiyaga harbiy mahsulotlar yetkazib berayotgani aytilayotgan Xitoy, Shimoliy Koreya va Eron kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qoʻllash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar berdi.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, G7 davlatlari 24-fevral – Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganiga bir yil to‘lishiga qadar ushbu sanksiyalar paketini kelishib olishga urinmoqda.

    Shu bilan birga, Bloomberg manbalari bu cheklovlar hali shakllanish bosqichida ekani va G7 davlatlari bundan boshqa harakatlar qo‘llashi mumkinligini ham ta’kidladi.

    Nashrning qo‘shimcha qilishicha, qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar ham tasdiqlash bosqichida.

    AQSH va boshqa g‘arb mamlakatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya urushda Eronning jangovar dronlaridan foydalanmoqda. Shuningdek, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Shimoliy Koreya qurollaridan foydalanayotgani haqida ham xabarlar bor.

    O‘zbekistonning tashqi qarzlari kamaya boshladi, bunga nimalar sabab bo‘ldi?

    O‘zbekistonda tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan oʻsish choʻqqisi 2022-yilga toʻgʻri keldi va istiqbolda ravon pasayishi kutilmoqda. Xo‘sh, tashqi qarzimiz qanday omillarga asoslanib kamayadi?

    Markaziy bankning maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 9 oyida moliyaviy hisob uzoq yillar davomida ilk bor 0,5 mlrd dollar hajmida ijobiy shakllangani — faktdir.

    Bu yilda Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof oʻsishi 1,7 mlrd dollarni tashkil etdi (2021-yilning 9 oyida 1,9 mlrd dollar).

    2022-yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.

    Mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda 3,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yakunida ushbu ko‘rsatkich uch barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi.  

    Buning natijasida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi.

    09.02.2023, 22:19   Izoh (0)   17593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus chegarachilari Ukraina dronini tutib oldi (video, foto)

    09.02.2023, 21:34

    Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 20 mingga yaqinlashmoqda (foto)

    09.02.2023, 20:56

    Zelenskiy Rossiyaning Moldovani “bosib olish rejasi” haqida gapirdi

    09.02.2023, 20:24

    Polsha Belarus bilan chegaradagi eng yirik nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri Bobrovnikini yopdi

    09.02.2023, 19:38

    Turkiyada yana bir kuchli zilzila yuz berishi kutilmoqda

    09.02.2023, 18:17

    ISHID uchta davlatning Afg‘onistondagi elchixonasiga hujum qilish bilan tahdid qildi

    09.02.2023, 17:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.