• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Mening nomimdan kelinimga rahmat ayt”. Prezidentdan topshiriq olgan namanganlik tadbirkor hikoyasi

    Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda namanganlik tadbirkor Dilshod Otamirzayev davlat rahbaridan mehnati uchun berilajak orden haqida xushxabar va alohida topshiriq oldi. Bu haqda u “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyevga batafsil hikoya qildi.

    “Turmush o‘rtog‘im ketishga undamaganida hozir ham xorijda yurgan bo‘lardim”

    37 yoshdaman. 2019-yilgacha, 15 yilga yaqin Rossiyada, musofirchilikda yurdim. Hamma ishni qilib ko‘rdim, oxirgi besh yil davomida Moskvada baliqchilik bilan shug‘ullandim. Xorijga oilamni ham olib ketgandim. Turmush o‘rtog‘im “O‘zbekistonda tadbirkorlarga yaxshi sharoitlar yaratib berilayotgan ekan, bo‘ldi endi, uyga qaytaylik”, deb qistalang qilaverdi. O‘zim ham prezidentning chiqishlarini kuzatib yurgandim. “Bo‘pti, ketamiz” dedim va 2019-yili O‘zbekistonga qaytib keldik.

    Dilshod Otamirzayev.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
    Dilshod Otamirzayevning oilasi.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    2020-yili Uchqo‘rg‘onda, qarindoshimizning qarovsiz yerida 120 metrli hovuz qazdirib, forel baliqlari yetishtirishni yo‘lga qo‘ydim. Birinchi yilning o‘zida 35 tonna baliq oldim. Tuman, viloyat hokimlari kelib, ishimni kuzatishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov “endi faoliyatingni kengaytir, odamlarni baliq yetishtirishga o‘rgat, biz qanday yordam bo‘lsa tayyormiz” deb aytdi. Hozir 700 ta hovuzim bor, 300 nafardan ortiq odam ish bilan taʼminlangan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Boshida shunga daʼvat qilganimda ko‘pchilik bunga ishonmagandi. Qo‘ni-qo‘shnilar, oshna-og‘aynilarni ko‘ndirishga to‘g‘ri keldi. Natija chakki bo‘lmadi: 4 oyda hovuzlarimda baliq boqib, 15 million so‘mgacha daromad olishdi. Tarozining tepasida turib, pullarini sanab berdim. Ko‘pgina shogirdlar chiqardim, hozir ishchilarimning ayrimlari o‘zi ham tadbirkor. Aslida buning murakkab joyi yo‘q — yem, chavoqlarni o‘zimiz beramiz, faqat baliqlarni qunt bilan parvarishlashsa bo‘lgani. 300-400 grammli chavoqlar tez orada 1,5-2 kiloli rostmana forelga aylanadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bu baliqning foydali xususiyatlari ko‘p, bekorga uni “xonbaliq” deyishmaydi. Kaloriyasi qo‘y go‘shtinikidek, qiltanog‘i kam, yosh boladan qariyagacha bemalol tanovul qilishi mumkin. 

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Davlat rahbariga shular haqida gapirib berdim. “Uchrashuvdagi gaplaringizdan ruhlandim, shu paytgacha ishlamay, dangasalik qilib yurgan ekanmiz, hovuzlar sonini ham, ishchilari sonini ham 2 mingtaga yetkazaman”, deb vaʼda berdim. U kishi “xalqqa foydasi tegadigan ishlarni amalga oshiribsan, buning uchun mening nomimdan kelinimga katta rahmat ayt” dedilar. Uyga kelgandan so‘ng bularning hammasini oqizmay-tomizmay turmush o‘rtog‘imga aytib berdim. Nuqul “qo‘ying, hazillashmang” deydi. Oxiri o‘zi telekanallar, ijtimoiy tarmoqlarda uchrashuv haqidagi lavhalarni ko‘rib, keyin ishonch hosil qildi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mahalla bilan baham ko‘riladigan mini GES, mehmon uylari va eksport

    Hozir 5 gektar maydonda 2 millionga yaqin forel baliqlarim bor. Bu baliq xaridorgir hisoblanadi, kilosi katta-kichikligiga qarab 60 mingdan 100 ming so‘mgacha. Yana 500 mingta sazan balig‘ini ham yetishtiryapman. Qayta ishlash sexini quryapman, eksportni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Mehmon uylarimiz bitib qoldi: xo‘jaligimizga kelgan odam, ayniqsa sayyohlar bemalol o‘zi qo‘liga qarmoq olib, baliq ovlab, shu yerning o‘zida tayyorlatishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Prezident muqobil energetika haqida gapirganlaridan so‘ng bunga ham qiziqib qoldim. Internetni titkilab, o‘zimizdan, Qashqadaryodan mutaxassislarni topdim. 425 metr uzoqlikdan quvur tortib, mini GES qilyapmiz, 80 foizga ishi bitib qoldi. To‘la quvvat bilan ishga tushganidan so‘ng 380 kilovatt elektr energiyasi hosil qilar ekan. Menga buning uchdan bir qismi yetadi, qolganini mahalla bilan baham ko‘ramiz.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Yosh boladek o‘zimni yig‘idan to‘xtatolmadim”

    Prezident Namangandagi uchrashuvda “Shuncha odamni ish bilan taʼminlagani, dunyoqarashini o‘zgartirgani, musofirchilikni ko‘rgani uchun shu yigitga orden bersam” dedilar. Shu paytgacha yig‘lagan bola emasdim. Ko‘zimdan tirqirab yosh chiqib ketdi, xuddi boladek o‘zimni yig‘idan to‘xtatolmayman. Bu gaplardan keyin tortgan mashaqqatlarim, qilgan mehnatlarim, hammasi chiqib ketdi. Aslida menga orden ham shart emas, davlat rahbarining ishonchi va daldasi yetib ortadi.

    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

    Uyga kelyapman, telefonim tinmaydi. O‘zbekistonning turli nuqtalari, Rossiyadan, hatto Germaniyadan ham qo‘ng‘iroq qilib tabriklashdi. To‘g‘risi, shuncha tanishim, shuncha do‘stim borligini o‘zim ham bilmas ekanman. 

    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

    Bugun, 7-yanvar kuni Uchqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat saroyida "Uchqo‘rg‘on forel baliq" MJCH rahbari Dilshod Otamirzayevni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov davlat rahbari nomidan tadbirkorga “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi. Yana bir jihati, bugun Dilshodning otasi Zokirjon Otamirzayevning tavallud ayyomi ham ekan. Viloyat rahbarlari otani ham muborakbod etib, to‘n kiygizishdi. Aslida bugungi tadbir u kishi uchun eng katta sovg‘a bo‘lganiga shubha yo‘q.

    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
    Foto: Rahmonjon Mamadaliyev
    07.02.2023, 21:43   Izoh (0)   11979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irladi (video)

    07.02.2023, 21:34

    Maktablarda bir sinfdagi o‘quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi rad etildi

    07.02.2023, 21:13

    O‘zbekistonda 2022-yilda qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar kuzatilmagani ma’lum bo‘ldi

    07.02.2023, 20:58

    Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi

    07.02.2023, 20:24

    O‘zbekistonga dron olib kirganlik uchun jazo yengillashtirilmoqda

    07.02.2023, 20:07

    O‘zbekistonda 2022-yilda 25 tonna go‘sht, 22 tonna sut mahsulotlari yaroqsiz deb topilib, yo‘q qilindi

    07.02.2023, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.