• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    PayPal 2 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi. Nega kompaniya haligacha O‘zbekistonda yo‘q?

    Onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya — PayPal 2 000 kishini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi, bu kompaniya umumiy ishchi kuchining 7 foizini tashkil qiladi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda. 

    Foto: Bloomberg

    PayPal veb-saytida e’lon qilingan xodimlarga yo‘llangan eslatmada PayPal prezidenti va bosh direktori Den Shulman qisqartirish qarori “juda qiyin makroiqtisodiy sharoitlar” bilan bog‘liqligini tushuntirdi.

    “Kompaniya xarajat tuzilmasini boshqarish va resurslarni asosiy strategik maqsadlarga yo‘naltirishda sezilarli yutuqlarga erishdi, ammo ko‘proq narsa qilish kerak”, — deydi u. 

    Ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi e’lonni “og‘ir xabar” deb atagan Shulman, ishdan bo‘shatish kelgusi haftalarda bo‘lib o‘tishini va ketgan xodimlar yordam pullari olishlarini aytib o‘tdi.

    PayPal xodimlar sonini qisqartirish haqida e’lon qilgan birinchi yirik kompaniya emas. Oxirgi bir oy ichida shunga o’xshash ko‘plab choralar e’lon qilindi. 

    Masalan, Microsoft 11 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Undan avval esa Amazon 18 mingdan ortiq xodimini ishdan olishini e’lon qilgandi. 

    PayPal aksiyalari kompaniya rahbarining xodimlarga murojaatidan keyin 2 foizga qimmatlashgan.

    PayPal nega O‘zbekistonda ishlamaydi?

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston — PayPal’ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat hisoblanadi. Kompaniya dunyodagi eng yirik onlayn to‘lovlarni amalga oshiruvchi to‘lov tashkilotidir.

    Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda 90 foizdan oshiq onlayn to‘lovlar aynan PayPal orqali amalga oshiriladi. 

    PayPal’ga muhtoj o‘zbekistonliklar aylanma yo‘llardan foydalanadi — boshqa mamlakatlar, masalan, Qozog‘iston orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Biroq bu noqulaylik tug‘diradi va tizimning cheklangan imkoniyatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    PayPal’ning o‘zi O‘zbekistonda nega ishlamayotgani haqida hech qanday rasmiy izoh bermagan, ammo axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bu mamlakatning yaqin o‘tmishi bilan bog‘liqligini taxmin qilgandi:

    Haqiqatan ham PayPal tizimida O’zbekiston yo‘q. Bunga menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman, — deydi Shermatov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikning Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikdagi vazifasi O‘zbekistonni PayPal’ga kiritishdir. 

    Biroq O‘zbekistonda kompaniya faoliyati hanuzgacha yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. 

    Sherzod Shermatov 2022-yil 5-oktabr kuni, Xalqaro press klubda yana bir bor PayPal bo‘yicha izoh berib o‘tgan edi. 

    Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi va elchixona orqali ham gaplashdik. PayPal’ning o‘z biznesi dunyoda yomon ahvolda ekan. Kompaniya rahbariyatining pozitsiyasi hozir ko‘proq Amerikadagi va barcha PayPal bor bozorlardagi biznesini rivojlantirish bo‘lib, ekspansiya planlari yo‘q ekan. Mana bizga aytilgan ularning rasmiy javobi. Bizdan hech qanaqa rasmiy qo‘shimcha ma’lumot so‘ralgani yo‘q, — degandi AKT vaziri. 

    Avvalroq PayPal’ning O‘zbekistonda ishlamasligi bo‘yicha Markaziy bank vakillari tomonidan ham izoh berilgan edi. 

    Ularning so‘zlariga ko‘ra, cheklovni PayPal O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan.

    Markaziy bank mamlakatda WebMoney va Qiwi kabi tizimlar ishlayotganiga e’tibor qaratgan — ularga O‘zbekistonda chiqarilgan Visa, Mastercard, UnionPay yoki “MIR” kartalarini bog‘lab qo‘yish mumkin.

    O‘zbekiston tomonidan hech qanday to‘siqlar yo‘q, Markaziy bank esa o‘zi qo‘ymagan cheklovlarni olib tashlay olmaydi. Qachonki PayPal O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta – so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, PayPal Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

    01.02.2023, 23:09   Izoh (0)   5722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Foziljon Qambarov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?

    01.02.2023, 20:28

    Sirdaryoda o‘sish, Jizzaxda pasayish: hududlarda ishbilarmonlik indeksi qanday bo‘lmoqda?

    01.02.2023, 18:58

    O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda? 

    01.02.2023, 18:01

    Prognozlarga qaramay to‘rtinchi chorakda Yevropa iqtisodiyoti o‘sdi

    01.02.2023, 14:14

    O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi

    01.02.2023, 11:22

    O‘zbekistonda infratuzilma tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday?

    31.01.2023, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.