• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?

    2022-yilda O‘zbekiston turli xalqaro reytinglardan joy oldi va o‘z o‘rnini mustahkamladi. “Daryo” mamlakatning bunday reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgargani haqida ma’lumot beradi.

    Foto: “daryo” / Madina Nurman

    Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of business freedom)

    Iqtisodiy erkinlik indeksi Heritage Foundation tadqiqot markazi tomonidan 1995-yildan beri The Wall Street Journal bilan hamkorlikda tuzib kelinadi. Indeks 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi. Unda 100 ball maksimal erkinlikni ifodalaydi.

    Iqtisodiy erkinlikning umumiy indeksi to‘rtta keng toifaga birlashtirilgan o‘nta komponentdan iborat:

    • qonun ustuvorligi;
    • davlat aralashuvi darajasi;
    • tartibga solish samaradorligi;
    • ochiq bozorlar.

    2022-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy erkinligi indeksi 55,5 ballga teng bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 2,8 balga pastlagan va dunyo bo‘ylab 117-o‘rinni egallagan. 2021-yilda mamlakat 58,3 ball bilan 108-o‘ringa chiqqan edi.

    Chart: “Daryo”

    2020-yilda O‘zbekiston 114-o‘rinda, 2019-yilda — 140-o‘rinda, 2018-yilda — 152-o‘rinda edi.

    2022-yilda O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 41 mamlakat orasida esa 27-o‘rinni egallab turibdi. Uning umumiy reytingi mintaqaviy va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlari (60 ball)dan past.

    Biznes yuritish osonligi reytingi (Ease of doing business)

    Doing Business reytingi kichik va o‘rta biznes yuritish osonligi darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator baholanadi: yangi ishni tashkil qilish, qurilishga oid ruxsatnomalar olish, elektroenergiyaga ulanish, mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar.

    Doing Business — mamlakatlar investitsiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng ommaviy reytinglardan biri. 2020-yilda O‘zbekiston 76-o‘rindan 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 69-o‘rinni egallagan edi.

    Shundan so‘ng, 2020-yil avgust oyida Jahon banki ushbu yillik reytingni nashr etishni vaqtincha to‘xtatgani haqida bayonot bergan.

    Ekologik samaradorlik indeksi (The environmental performance index)

    Ekologik samaradorlik indeksi — Yel universiteti qoshidagi Ekologik siyosat va huquq markazining aralash ko‘rsatkichi bo‘lib, u mamlakat yutuqlarini ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish nuqtai nazaridan o‘lchaydi. Ushbu indeks har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi va 180-ta mamlakat undan joy oladi.

    Chart: “Daryo”

    2022-yilgi reyting yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 38,2 ko‘rsatkich bilan dunyo bo‘ylab 107-o‘rinni egalladi.

    Taqqoslash uchun, mamlakat 2012-yilda 130-o‘rinda bo‘lgan. Ikki yildan so‘ng e’lon qilingan hisobotda, O‘zbekiston reytingda o‘z o‘rnini mustahkamlagani aks etgan — 2014-yil 117-o‘rin. 

    Shundan so‘ng, mamlakatning ekologik samaradorlik indeksidagi o‘rni pasayib borgan: 2016-yilda 118-o‘rin, 2018-yilda esa 136-o‘rin. 2020-yilda esa biroz o‘sish kuzatilgan — 134-o‘rin.

    Bilim iqtisodiyoti indeksi (Knowledge Economy Index)

    Bilim iqtisodiyoti indeksi bilimga asoslangan iqtisodiyotning rivojlanish darajasini tavsiflovchi kompleks ko‘rsatkichdir.

    Indeks davlatlar tomonidan o‘z siyosatidagi og‘ir muammolarni tahlil qilish va mamlakatning bilimga asoslangan rivojlanish modeliga o‘tishga tayyorligini o‘lchash uchun ishlatilishi kerak.

    2022-yilda O‘zbekiston ushbu indeksda 42,4 ko‘rsatkich bilan 83-o‘rinni egallab, 2021-yilga nisbatan 8 pog‘onaga yuqorilagan.

    Korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingi

    Korrupsiya indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, u 100 balli shkalada baholanadi. 0 ball korrupsiyaning yuqori darajasini, 100 ball esa aksincha, eng past darajani bildiradi. 

    Baholashda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.

    Chart: “Daryo”

    2022-yilda O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140-o‘rin) muvaffaq bo‘ldi.

    2020-yilda O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, 180 ta davlat orasida 146-o‘rinni egallagan edi. 

    2019-yilda mamlakat 153-o‘rinda edi, 2018-yilda 158-o‘rinni,  2017-yilda 157 o‘rinni, 2016-yilda esa 156-o‘rinni egallagan.

    GovTech Enablers indeksi

    GovTech Enablers Jahon bankining raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha indeksi. 2022-yilda O‘zbekiston ushbu indeks bo‘yicha 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.

    GovTech Maturity Index natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

    Yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingi

    2022-yilda O‘zbekiston mazkur reytingda ishtirok etgan 139 mamlakat ichida 27,31 ko‘rsatkich bilan 133-o‘rinni egalladi.

    Ekspertlar turli mamlakatlarda yashash qanchalik qimmatga tushishini baholagan. Bunda, ijara haqi, do‘konlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi, shuningdek, hamyonbop restoranlarga tashrif buyurilganidagi o‘rtacha xarajat hisoblangan.

    Reytingga asos sifatida Nyu-York shahri olingan, aynan u uchta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 100 indeksiga ega.

    Reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash Nyu-Yorkdan ko‘ra, 72,69 foizga arzon.

    Elektron hukumat reytingi (E-Government Survey)

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining 2022-yilgi natijasida O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

    Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi (Government Artificial Intelligence Rea dines Index)

    Buyuk Britaniyaning Oxford Insights tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi”da ko‘rsatilgan statistika bo‘yicha O‘zbekiston 160 ta davlat ichida 2019-yilda 158-o‘rinni, 2020-yilda 95-o‘rinni, 2021-yilda 93-o‘rin va 2022-yilda 79-o‘rinni (o‘sish +14) egallagan.

    Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi

    Har yili Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan butun dunyo bo‘ylab yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxati e’lon qilinadi. 2022-yilgi natijalarga ko‘ra Toshkentda yashash sharoiti biroz yaxshilangan.

    Deyarli barcha shaharlardagi kabi Toshkentda o‘tgan yildan beri vaziyat deyarli o‘zgarmagan — indeks 55—58 atrofida (100 dan).

    01.02.2023, 20:28   Izoh (0)   8105
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda o‘sish, Jizzaxda pasayish: hududlarda ishbilarmonlik indeksi qanday bo‘lmoqda?

    01.02.2023, 18:58

    O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda? 

    01.02.2023, 18:01

    Prognozlarga qaramay to‘rtinchi chorakda Yevropa iqtisodiyoti o‘sdi

    01.02.2023, 14:14

    O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi

    01.02.2023, 11:22

    O‘zbekistonda infratuzilma tarmoqlariga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri qanday?

    31.01.2023, 23:58

    2023-yilda neft narxi 16 foizga tushishi prognoz qilindi

    31.01.2023, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.