Angliya murabbiy Shon Daych “Everton” bosh murabbiyiga aylandi.
51 yoshli mutaxassis mersisaydliklar bilan 2025-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Daych jamoani deyarli bir yil davomida boshqargan Frenk Lempardning o‘rnini egalladi.
Bunga qadar Daych 10 yil davomida “Byornli”ni boshqargan edi. 2022-yil aprel oyida iste‘foga chiqqandi.
“Everton” APLning ortda qolgan 20 turidan so‘ng 15 ochko bilan 19-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)