Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 19-turida “Real Sosyedad” bilan qayd etilgan durang natija haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Foto: Getty Images

“Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va g‘alabaga loyiq edik. Jamoa yaxshilanmoqda va o‘smoqda. To‘p bilan ham to‘psiz ham ajoyib o‘ynadik, biroq golga yaqin kelsak-da, uni ura olmadik. Durang natija meni qoniqtiradi, chunki jamoa yaxshi o‘ynadi.

90 daqiqa davomida katta ko‘lamdagi ishni bajardik. Payshanba kungi o‘yindagi qo‘shimcha bo‘limlar (‘Atletiko’ga qarshi Ispaniya Kubogi doirasidagi bahs), menimcha, ta’sir o‘tkazmadi, o‘yin oxiriga qadar yaxshi o‘ynadik. 

‘Barselona’dan 5 ochko ortda qolyapmiz, ular o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatmoqda. Lekin oldinda juda uzoq yo‘l turibdi. Biz oxirigacha kurashamiz”, — deydi italiyalik mutaxassis.

“Barselona” 18 turdan so‘ng 47 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar esa 42 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?