Daryo

Rasman: Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etib, “Spetsiya” safiga qo‘shildi

O‘zbekistonlik futbolchi mavsum oxiriga qadar “Spetsiya” sharafini himoya qiladi

1 daqiqa o‘qish20 666 ko‘rishlar0 izoh0

Italiyaning “Spetsiya” klubi Eldor Shomurodovni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Bu haqida “Spetsiya” rasmiy sayti ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Spetsiya” o‘zbekistonlik futbolchi uchun “Roma”ga 1,5 million yevro to‘lab beradi. 

Eldor Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha u “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Genuyadagi bir yillik faoliyatidan so‘ng o‘zbekistonlik hujumchi Rimning “Roma” klubiga o‘tgan edi. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar