“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Turin klubi serbiyalik futbolchiga 80-90 million yevro taklif qilinsagina, uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.
Avvalroq Vlahovichga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Futbolchining agenti esa takliflarga ochiq ekanini ma’lum qilgan.
Dushan Vlahovich joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 11 o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)