Ozarbayjonning “Azal” aviakompaniyasining 28-yanvardan Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi.

Uzbekistan Airports mabuot xizmatining ma’lum qilishicha, Boku—Urganch—Boku yangi yoʻnalishi bo‘yicha muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻldi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Fargʻonaga — payshanba kunlari.
1992-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon havo yoʻllari (“Azal”) aviakompaniyasi yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)