• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar

    28-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, sovet qo‘shinlari qo‘mondoni general Vlasovning xoinligi hamda parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer”ga oid faktlar o‘rin olgan.

    Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi

    1725-yil 28-yanvar kuni Rossiyada “saroy to‘ntarishlari davri” boshlangan edi. General-feldmarshal, knyaz Aleksandr Menshikovning sa’y-harakatlari bilan Yekaterina I taxtga chiqarilgan.

    Pyotr I
    Foto: Wikipedia

    1725—1762-yillarda Rossiya imperiyasida hokimiyat saroy to‘ntarishlari yo‘li bilan sodir bo‘lgan. Mazkur davr o‘zidan merosxo‘r qoldirmagan, podshoh o‘z davomchisini o‘zi tanlash huquqiga egaligi to‘g‘risidagi 1722-yilgi qarori ijrosini ta’minlashga ulgurmagan imperator Pyotr I ning o‘limidan keyin boshlangan. Taxtga da’vogarlar orasida Pyotr I ning nabirasi — voyaga yetmagan Pyort Alekseyevich, marhum shohning rafiqasi Yekaterina Alekseyevna va uning qizlari — Anna hamda Yelizaveta bor edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pyort I avvaliga taxtni Annaga qoldirmoqchi bo‘lgan, ammo keyin fikridan qaytib, Rossiya tarixida birinchi marta rafiqasi Yekaterinaga toj kiydirgan. Ammo o‘limidan biroz oldin er-xotinning munosabatlari keskin yomonlashgan. Nomzodlarning har birining o‘z tarafdorlari bor edi.

    Imperator o‘lgan kunda Yekaterinani qo‘llab-quvvatlovchi Aleksandr Menshikov gvardiya polkini saroy derazalari ostiga saflagan — shu orqali u yangi imperatorning e’lon qilinishiga erishgan. Masalaning bunday yechimi qator voqealarni yuzaga keltirgan.

    Yekaterina Alekseyevna
    Foto: Wikipedia

    1727-yilda Pyotr II hukmronligi davrida yuz bergan to‘ntarishda Menshikovning o‘zi qurbonga aylangan. Menshikovning kutilmagan kasalligidan uning siyosiy raqiblari — knyazlar Dolgorukiy va Andrey Osterman foydalanib, podshohga ta’sir o‘tkazishga erishgan. Ular avvaliga Menshikov iste’fosi bo‘yicha buyruq chiqartirgan, keyin uni Sibirga surgun qildirgan.

    Pyotr II ning o‘limidan keyin 1730-yilda Maxfiy oliy kengash Anna Ionnovna — Pyotr I ning jiyanini imperator deb e’lon qilgan va u 10 yil davomida hukmronlik qilgan. 1740-yil oktabrda Anna Ionnovna taxtni nabira jiyani — ikki oylik Ioann Antonovichga qoldirib, vafot etgan. Unga esa o‘z navbatida gersog Erns Biron regentlik qilgan.

    Jamiyatning biror-bir qismida mashhur bo‘lmagan va qo’llab-quvvatlanmagan gersog o‘zini takabbur tutgan va tez orada chaqaloq imperatorning ota-onasi bilan janjallashib qolgan. 1740-yil 20-noyabr kechasi feldmarshal Buxard Kristov Minix 80 nafar gvardiyachi bilan Yozgi saroyga bostirib kirgan va deyarli qarshilikka uchramay, Bironni hibsga olgan. Ioann Antonovichning onasi Anna Leopoldovna Rossiya imperatori deya e’lon qilingan. Bolaning otasi Anton Ulrix esa generalissimus lavozimini qo‘lga kiritib, rus armiyasi bosh qo‘mondoniga aylangan. Generalissimus bo‘lishni niyat qilgan Minix iste’fo bergan.

    Anna Leopoldovna
    Foto: Wikipedia

    Anna Leopoldovna davlatni boshqarishga mutlaqo noloyiq edi. Poytaxt aholisi bor e’tiborini Yekaterina I va Pyotr I ning qizi — Yelizavetaga qaratadi, uning ota-onasini davri jangovar g‘alabalar, tartib-intizom bilan esda qolgandi.

    Anna Leopoldovnaning atrofidagilar Yelizavetadan xavfsizrab, uni turmushga berish yoki ibodatxonaga jo‘natish orqali Peterburgdan chiqarib yuborishni talab qila boshlagan. Bunday xavf Yelizavetani ham fitnaga undagan. Imperatorning shifokori Iogann Lestok uni Fransiya elchisi markiz Jak Shetardi bilan tanishtirib qo‘ygan. U Yelizaveta hokimiyat tepasiga keladigan bo‘lsa, Rossiya Avstriya bilan ittifoqdan voz kechishi va Fransiya bilan yaqinlashishi kerak edi. Rossiya tashqi siyosatini Shvetsiya elchisi Nolken ham o‘zgartirishga uringan — u Rossiyaga Boltiqbo‘yiga egalik qilish huquqini beruvchi 1721-yilda imzolangan Nishtadt tinchlik bitimi shartlarining qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilgan.

    1741-yil 6-dekabr kechasi Yelizaveta Petrovna Preobrajenskiy polka rotasini Shimoliy saroyga hujum uyushtirishga olib borgan. Askarlar uning barcha kirish-chiqish qismlarini bloklagan, Anna Leopoldovna va uning oilasi hibsga olingan.

    Yangi imperator ayol o‘z merosxo‘ri haqida darhol qayg‘urib, hukmronligining boshidayoq jiyani Pyotr Fedorovichni davomchisi deya e’lon qilgan. 1762-yil 5-yanvar kuni Yelizaveta Petrovna vafot etadi, Pyotr Fedorovich imperator Pyotr III ga aylangan. Uning hukmronligining deyarli birinchi kunlaridanoq, qashshoq nemis knyazlik oilasidan chiqqan Anhalt-Zerbstning malikasi, rafiqasi Ketrin boshchiligidagi yangi qirol atrofida fitna yuzaga kelgan. Uning hukmronligining deyarli birinchi kunlaridanoq nemis knyazlik oilasidan chiqqan, unga rafiqasi Yekaterina — malika Angalt-Serbstskaya boshchilik qilgan. Er-xotin munosabati hech qachon yaxshi bo‘lmagan, biroq Pyotr xotini va o‘g‘lini ochiq-oydin mensimay, xalq oldida jazmani Yelizaveta Voronsova bilan ko‘rinish beravergan. Yekaterina o‘zini qamoq yoki surgun kutayotganini tushungan. To‘ntarishning faol ishtirokchilari gvardiya orasida mashhur aka-uka Orlovlar, buyuk knyaz Pavelning ustozi Nikita Panin va uning jiyani Yekaterina Dashkova bo‘lgan.

    Aka-uka Orlovlar
    Foto: Wikipedia

    1762-yil 7-iyul kechasi Aleksey Orlov Yekaterinani Petergovdan Peterburgdagi Izmaylov polka kazarmasiga olib kelgan, bu yerda gvardiyachilar yangi imperatorga qasamyod keltirgan. Ertasi kuni soat 09:00 da Yekaterina askarlar hamrohligida Qozon soboriga kelgan. Bu yerda tantanali ravishda Yekaterina imperator, Pavel esa uning merosxo‘ri deya e’lon qilingan. U sobordan Qishki saroyga yo‘l olgan.

    O‘sha kuni Pyotr III o‘z mulozimlari bilan Oranienbaumdan Petergofga kelgan va u yerda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan xabar topgan. Kechqurun u Kronshtadtga borib, qal’aning harbiy kuchlariga tayanishga umid qilgan. Ammo Yekaterina tomonidan yuborilgan Ivan Talizin Pyotrning qirg‘oqqa tushishiga yo‘l qo‘ymay, o‘t ochgan. Batamom tushkunlikka tushgan imperator Oranienbaumga qaytib, imperator bilan muzokaraga kirishishga qaror qiladi. Hokimiyatni bo‘lib olish to‘g‘risidagi taklifi Yekaterina tomonidan e’tiborsiz qoldirilgach, Pyotr III taxtdan voz kechish hujjatiga imzo chekkan. Ropshadagi saroyga jo‘natilgan sobiq imperator 17-iyul kuni to‘satdan vafot etgan.

    Pyotr III
    Foto: Wikipedia

    Pyotr I ning o‘limi va Yekaterina II ning hokimiyatga kelishi orasida rus taxtida oltita monarx hamda uning ortida turgan ko‘plab siyosiy kuchlar almashgan.

    Sovet qo‘shinlari qo‘mondoni general Vlasovning xoinligi

    1945-yil 28-yanvar kuni Andrey Vlasov Rossiya ozodlik armiyasi bosh qo‘mondoni etib tayinlangandi. Sovet harbiylari Chexoslovakiyani egallaganida asirga tushgach natsistlar Germaniyasi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan sotqin generalni qo‘lga olgandi. 

    Foto: “TASS”

    1945-yil 13-may kuni “SMERSH” kontrrazvedkasi qo‘lga olingan Andrey Vlasovni tintuvdan o‘tkazgan. Tintuv protokoliga ko‘ra, mashhur xoin generaldan Rus ozodlik armiyasi askar va ofitserlarining AQSH hamda Buyuk Britaniya hukumatlariga siyosiy boshpana so‘rab yo‘llagan ochiq xatini, “Qizil armiya” qo‘mondonlik tarkibi, generalligini tasdiqlovchi guvohnomani olgan. Vlasov mazkur hujjatlarning barchasini nemislarga asir tushgani va Uchinchi reyxga xizmat qilgan vaqtida ham saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

    Bundan tashqari, hibsga olinish vaqtida uning yonidan 30 mingdan ortiq Germaniya imperiyasining markasi, Daniya kronalari, tilla xoch va nikoh uzugi topilgan.

    1941-yilning dekabrida aynan general Vlasov qo‘mondonligi ostidagi 20-armiya Moskvani himoya qilgandi. U eng muvaffaqiyatli komandirlar sifatida e’tirof etilgan. “Shaxsan general-leytenant Vlasov tezkorlik borasida yaxshi tayyorlangan, tashkilotchilik ko‘nikmalariga ega. Qo‘shinlarni boshqarishni uddalaydi”, — degandi Georgiy Jukov u haqida.

    Aynan Vlasov Krasnaya Polyanada Valyer Modelning 41-tank korpusini to‘xtatib qolgan. Turli manbalarda 1941-yil qishidagi muvaffaqiyatlardan keyin qo‘shinlarda generalni “Moskva xaloskori” deb atashgani keltirilgan. Shu bilan birga, u Iosif Stalinning sevimli sarkardasiga aylangan.

    1942-yil 8-mart kuni Vlasov Volxov fronti qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, 20-aprelda esa 2-hujum armiyasi qo‘mondoni etib tayinlangan. Uning rahbarligi ostida qo‘shinlar qurshovdan chiqishga uringan, biroq omadsizlikka uchragan. Armiyaning katta qismi yakson etilgach, Vlasovning o‘zi evakuatsiya qilinishdan bosh tortgan. U fuqarolik kiyimini kiyib olib, o‘zini o‘qituvchi deya tanishtirgan, biroq mahalliy aholi generalni nemislarga sotib qo‘ygan. Qishloq yetakchisi generalning qo‘lga olinishi uchun nemislardan ikki butilka aroq va o‘n quti tamaki olgan.

    Foto: Topcor

    Harbiy asirlar lageriga kelgan Vlasov dushman taraf bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ladi. Uning Genrix Gimmler bilan uchrashuvi ko‘pchilikka ma’lum. Asirga olingan general nemislar bilan hamkorlik qilishning siyosiy asoslaridan juda xavotirda edi — u Uchinchi reyxning yollanma askari kabi ko‘rinishni xohlamagan. Natsistlar uni Sovet qo‘shinlari urushda mag‘lubiyatga uchraganidan keyin yangi hukumatni shakllantirishiga ruxsat berishga ishontirgan.

    Nemis maxsus xizmatlarining shafeligi ostida general “Rus qo‘mitasi” deb atalgan loyihaning murojaatini tuzib chiqib, butun Sharqiy front va front ortiga tarqatgan. Murojaatda qo‘mita Rossiya hukumati funksiyasini o‘z zimmasiga olishi, Stalinni ag‘darishi, bolshevizmni yakunlab, “Germaniya bilan faxriy tinchlik” tuzishi keltirilgan.

    Nemislar rus generaliga xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lgan, yaxshi yashash sharoitlarini ta’minlagan, uni bosib olingan hududdagi qishloqlar va shaharlar bo‘ylab targ‘ibotlarga chaqirgan. Rasmiy ravishda Vlasov Germaniya quruqlikdagi kuchlari Oliy qo'mondonligining targ‘ibot bo‘limi safida edi.

    1943-yil iyun oyida “Vlasov loyihasi”ni shaxsan nazorati ostida ushlab turgan Gitler, garchi asir bo‘lsa ham, rus generali qo‘mondonligi ostida kuchli “ozodlik” hamkorlar armiyasiga muhtoj emasligini aytgan. “Biz ushbu tuzilmani o‘z qo‘liga olganidan keyin bugun siz bilanmiz, ertaga esa yo‘q, deydigan uchinchi shaxsga bera olmaymiz”, — degan fyurer.

    Foto: Wikipedia

    1945-yil 12-may kuni Chexoslovakiyada Andrey Vlasovni sovet patruli qo‘lga olgan. U marshal Ivan Konevning shtabiga, bu yerdan Moskvaga yetkazilgan. Shundan keyin 1946-yil 2-avgustga qadar “Izvestiya” gazetasi xoin haqida sud bo‘layotgani to‘g‘risida maqolalar chop etgan, biroq unda Vlasovning ismi tilga olinmagan. Xoin general bilan tergovchilar ish olib borib, uning sovetlarga qarshi faoliyatiga oid batafsil ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan.

    Parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” 

    1986-yil 28-yanvar kuni “Chellenjer” halokati sodir bo‘lgandi. STS-51L missiyasi avvalida kosmik “chelnok” parvozning 73-soniyasida yonilg‘i bakining portlashi oqibatida parchalanib ketgan va ekipajning yetti a’zosi o‘limiga sabab bo‘lgan. Tergov NASA rahbariyati bu kabi xavfdan xabardor bo‘lgani, lekin startni bekor qilmaganini aniqlagan.

    Foto: AP Photo

    1986-yil yanvari oxiriga kelib kosmik “chelnok”lar Space Shuttle dasturi doirasida 24 ta missiyani amalga oshirgan. Aslida yiliga bu kabi parvozlarning 15 tasini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Avvaliga “Chellenjer” faqat tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan, biroq u qayta jihozlanib, kosmosga parvoz uchun tayyorlangan. Space Shuttle tizimi orbital apparat (orbiter), katta tashqi yonilg‘i baki va qattiq yonuvchan ikkita raketa tezlashtiruvchisidan iborat edi. Kosmosga chiqqanidan keyin orbiter mustaqil ravishda Yerga qaytgan va xuddi samolyot kabi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nishni amalga oshirgan. Qattiq yonuvchan tezlashtirgich parashyutlar yordamida suvga qo‘ngan va undan qayta foydalanilgan. Tashqi yonilg‘i baki esa atmosferada yonib ketgan.

    “Chellenjer” uch yildan kamroq vaqt ichida o‘ninchi ekspeditsiyasini amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Bu vaqt davomida “chelnok” translyatsiya sun’iy yo‘ldoshini uchirish, orbitadagi sun’iy yo‘ldoshni ta’mirlash kabi qator ishlarni amalga oshirgan. Shuningdek, kosmik laboratoriya bilan tajribalar o‘tkazilgan.

    Navbatdagi missiya uchun “Chellenjer” ekipaji tarkibiga yetti kishi kiritilgan — komandir Frensis Skobi, ikkinchi uchuvchi Maykl Smit, ilmiy mutaxassislar Ellison Oniduzka, Judit Reznik va Ronald Makneyr, shuningdek, parvoz yuklamasi bo‘yicha mutaxassislar Gregori Jarvis va Sheron Makoliff.

    “Chellenjer” o‘zi 24-yanvar kuni uchishi kerak edi. Ammo ikki sutka ichida shattl avariyaviy qo‘nishi mumkin bo‘lgan joy — Dakarda chang bo‘roni yuzaga kelgani sabab ikki sutkaga qoldirilgan. Yuzaga kelgan vaziyat sabab NASA Marokash hukumatiga murojaat qilib, avariyaviy qo‘nish uchun Kasablankadagi aeroportdan foydalanishga ruxsat so‘ragan. Ruxsat olgach, parvozni 26-yanvarga rejalashtirgan, ammo bulut sabab start yana ikki kunga kechiktirilgan.

    Foto: AP Photo

    Shattlning uchirilishi baribir katta xatarni yuzaga keltirardi, chunki past haroratda seksiyalar orasidagi to‘ldiruvchi material o‘zining elastikligini yo‘qotadi va seksiyalar ulangan joyda germetiklikni ta’minlay olmaydi. Shu bois munozara oxiriga qadar davom etgan va baribir “Chellenjer”ning parvoz kuni belgilangan.

    Mehmonlar tribunasiga AQSH prezidenti Ronald Reygendan tortib, ko‘plab faxriy mehmonlar to‘plangan. Ular durbin yordamida start maydonchasini kuzata olardi. Millionlab amerikaliklar esa hodisani Kanaveral burnidan uzatilgan teletranslyatsiya orqali tomosha qilgan. Ob-havo start uchun ideal edi: bulutsiz osmon, yorqin quyosh, kuchsiz shamol. Ammo parvozdan oldingi kecha kosmodrom ustidan muzli to‘fon o‘tgani bois tezlashtirgichlardagi birlashiruvchi va zichlagichlardagi halqalar muzlab qolgan. Havo horarati rekord darajada tushib ketgandi.

    28-yanvar tongida NASA mutaxassislari “chelnok”ni ko‘zdan kechirishga kirishgan. Parvoz vaqtida ko‘chadigan muz “Chellenjer”ning olovga bardoshli qoplamasiga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlangan.

    Shunga qaramay, “Chellenjer” soat 11:38 da Yerdan uzilgan. Start boshlanishi bilan kinokameralar o‘ng tezlashtirgichning o‘rta va quyi seksiyalari ulangan joydan oq tutun chiqayotganini payqagan. Keyinroq kadrlarni tahlil qilish jarayonida tashqariga havo bug‘i chiqqani aniqlangan.

    Dastlab hammasi kutilganidek kechgan. Startdan 16 soniya o‘tib, kema burilib ketgan va yer atmosferasidan tashqariga yo‘nalgan. Parvozning 59-soniyasida qora tutun chiqa boshlagan. Uchish apparatining parchalanishi start vaqtida o‘ng qattiq yonilg‘ili tezlashtirgichni zichlovchi halqasiga yetgan zarar sabab yuzaga kelgandi.  “Chellenjer” maksimal dinamik bosim nuqtasiga yetganida, tezlashtirgich ag‘darilib, yonilg‘i blokidagi vodorod baki tubini yorib o‘tgan va kislorod bakiga shikast yetkazgan. 14 kilometr balandlikda parvozning 73-soniyasida yonilg‘i bakining portlashi yuz bergan. Kema bir zumda parchalanib, uning qoldiqlari Atlantika okeaniga qulagan.

    Foto: AP Photo

    Portlashdan oldin Skobi va Smit xavfni payqab qolgan, biroq omon qolish uchun biror chora ko‘rishga kech edi. Astronavtlar birdaniga halok bo‘lgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, portlash sabab “Chellenjer”ning tumshuq qismi ajralib ketgan, kabina 20 kilometr balandlikka qadar parvozni davom ettirgan. Astronavtlar o‘zlarining nafas olish apparatlaridan foydalangan va soatiga 333 kilometr tezlikda suvga kelib urilgunga qadar tirik bo‘lgan.

    Millionlab teletomoshabinlar halokat guvohiga aylangan edi. Shu bilan birga, reportaj boshlovchisi avvaliga nima bo‘layotganini tushunmagan ham. Portlashdan keyingi bir necha soniya davomida u parvoz haqida gapirishni davom etgan.

    Prezident Reygan AQSHning sobiq davlat kotibi Uilyam Pirs Rojers rahbarligi ostida maxsus komissiya tayinlagan. Uning xulosasiga ko‘ra, halokat xavfsizlik borasida korporativ madaniyatning yetishmagani va NASA tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonlari sabab yuzaga kelgan.

    Foto: AP Photo

    “Chellenjer”ning qoldiqlarini qidirish operatsiyasida 6 ming kishi ishtirok etgan. Ishlarga hatto atom suvosti kemasi ham jalb etilgan. Halokat oqibatida yetkazilgan umumiy zarar 8 milliard dollarni tashkil etgan, shundan 3 milliard dollar shattlning o‘zining qiymati hisoblanadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    28.01.2023, 09:30   Izoh (0)   10860
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...

    27.01.2023, 09:30

    Zelenskiy Putin bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortayotgani sababini tushuntirdi

    27.01.2023, 23:53

    Vengriya bosh vaziri NATO qo‘shinlari Ukrainaga yuborilishi mumkinligini aytdi 

    27.01.2023, 23:16

    “Daryo” kundaligida 27-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    27.01.2023, 22:51

    Daniyalik siyosatchi Kopengagendagi masjid oldida Qur’onni yoqib yubordi. Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi

    27.01.2023, 22:05

    Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin

    27.01.2023, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.