• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 27-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 27-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    AQSH “Vagner”ni transmilliy jinoiy tashkilot deb e’lon qildi va unga aloqador Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalariga sanksiyalar kiritdi.

    AQSH Moliya vazirligi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasini transmilliy jinoiy tashkilot deb e’lon qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

    AQSH Moliya vazirligi, shuningdek, “Vagner”ga aloqador bo‘lgan Rossiya, Xitoy, Lyuksemburg va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalariga ham sanksiyalar kiritdi. Xususan, Xitoyning Spacety China kompaniyasi sanksiyalar ostida qoldi — AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukrainaning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini “Vagner”ga sotgan.

    AQSH Moliya vazirligining sanksiyalar ro‘yxatiga, jumladan, Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov, Tatariston rahbari Rustam Minnixanov va Rossiya harbiy-sanoat majmuasining bir qator kompaniyalari kiritilgan.

    Urush boshlanganidan buyon “Vagner” jangchilari  Ukrainadagi jangovar harakatlarda faol ishtirok etmoqda, lekin ular rasmiy ravishda RF Mudofaa vazirligiga hisobot bermaydi.

    Falastin Isroil bilan xavfsizlikni muvofiqlashtirish rejimini toʻxtatdi sabab va kutilmalar

    Isroil mudofaa kuchlari (IMK) 27-yanvarga o‘tar kechasi G‘azo sektoridan mamlakat hududiga uchta raketa uchirilganini ma’lum qildi.  Raketalarga javoban Isroil ham G‘azoga aviazarba yo‘llagan va HAMASning raketa ishlab chiqaruvchi yerosti inshootini yo‘q qilgan.

    “Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar uchun HAMAS terrorchilik tashkiloti javobgar, aynan ular Isroil davlati xavfsizligini buzganlik uchun tovon to‘lamoqda”, — deyiladi IMKning Twitter’dagi xabarida.

    OAV xabarlariga ko‘ra, G‘azodan otilgan raketalar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Jenin qochqinlar lagerida IMK operatsiyasi paytida to‘qqiz nafar falastinlikning o‘ldirilishiga javob bo‘ldi.

    Aljazeera va Falastinning WAFA axborot agentligi ma‘lumotlariga ko‘ra, 26-yanvar kuni ertalab Isroil harbiylari Jeninga kirgan. U yerda snayperlar tomlardagi pozitsiyalarni egallab, shiddatli toʻqnashuvlarni keltirib chiqargan, askarlar esa Isroil xavfsizlik kuchlari yoʻlini toʻsmoqchi boʻlgan yosh falastinliklarga qarata oʻt ochgan. WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi qochqinlar lageridagi elektr ta’minotini uzib qo‘ygan va u yerga tibbiyot xodimlari yoki jurnalistlarning kirishiga ruxsat bermagan.

    Falastin rahbariyati Jenindagi otishmadan keyin Isroil bilan xavfsizlikni muvofiqlashtirish rejimi toʻxtatilganini eʼlon qildi. Jerusalem Post Falastin shunga o‘xshash qarorni 2020-yilda ham e’lon qilgani, ammo besh oydan keyin undan voz kechganini yozdi.

    Ayni paytda Falastin rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga murojaat yo‘llashga qaror qilgan.

    Ukrainaga jangovar samolyotlar yetkazib berilish shartlari aytildi

    G‘arb davlatlari Kiyevga tanklar yetkazib berilishi haqida e’lon qilgach, Ukraina prezidenti g‘arbdan uzoq  masofaga uchuvchi raketalar va jangovar samolyotlar olishni ham kutayotganini aytdi. Politico nashri xabar berishicha, G‘arb harbiy amaldorlari bu masalani muhokama qilmoqda.

    Xususan, Parij Kiyevga qiruvchilar yetkazib berishni istisno qilmaydi, ammo bu harakat urushning kuchayishiga olib kelmasligi, shuningdek, Yevropa xususan, Fransiyaning xavfsizligiga zarar yetkazmasligi shart. Bu haqda Fransiya Milliy assambleyasining Milliy mudofaa va Qurolli kuchlar qo‘mitasi rahbari Tomas Gasillud ma’lum qildi.

    “Har bir aniq vaziyat bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib chiqishimiz va barcha eshiklarni ochiq qoldirishimiz kerak. Buyog‘iga nima bo‘lishini yaqin haftalarda ko‘ramiz, chunki ishlar tez sur’atda davom etmoqda”, — deya tushuntirdi fransiyalik amaldor.

    Shuningdek, u Fransiya Ukrainaga o‘zining Leclerc tanklarini yetkazib berishi dargumonligini ta’kidladi, chunki ular Kiyevga berilishi e’lon qilingan Amerika va Germaniya tanklari bilan “mos tushmaydi”.

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligida qaysi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, qator vazirlik va viloyatlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirib, hamkorlik yo‘nalishlarni belgiladi.

    Muzokarada sanoat kooperatsiyasi doirasida qariyb 500 million dollarlik yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish taklif qilindi. Avtomobillar, zamonaviy maishiy texnika, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni birgalikda qazib olish va qayta ishlash shular jumlasidan.

    Intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini yetkazish, yetishtirish kabi agrokooperatsiya dasturini amalga oshirish belgilandi.

    Transport va logistika sohasida: Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish ishlarini faollashtirish, Andijon—Oʻsh—Irkishtom avtomobil yoʻlini toʻliq ishga tushirish  maqsadida qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishildi.

    Muzokaralarda energetika sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishi borasida birgalikdagi saʼy-harakatlarni tezlashtirish zarurligi qayd etildi.

    27.01.2023, 22:51   Izoh (0)   1888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daniyalik siyosatchi Kopengagendagi masjid oldida Qur’onni yoqib yubordi. Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi

    27.01.2023, 22:05

    Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin

    27.01.2023, 21:10

    Abramovichning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vositachilik roli o’zgardi — WSJ

    27.01.2023, 20:07

    “Tolibon” O‘zbekistonni yana elektr energiyasi bo‘yicha va’dani bajarmaganlikda aybladi 

    27.01.2023, 19:03

    Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg

    27.01.2023, 18:42

    Tramp Ukrainadagi urushni 24 soatda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishi mumkinligini aytdi. Kreml buni tasdiqladi

    27.01.2023, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.