Daryo

Daniyalik siyosatchi Kopengagendagi masjid oldida Qur’onni yoqib yubordi. Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi

Avvalroq bu siyosatchi Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida ham Qur’onni yoqib yuborgandi

1 daqiqa o‘qish38 396 ko‘rishlar4 izoh0

Avvalroq Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yuborgan daniyalik huquqshunos va o‘ta o‘ngchi Stram Kurs (Qattiq kurs) partiyasi asoschisi Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Bu haqda Daniyaning Berlingske nashri xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, voqeaga jurnalistlarning o‘zi guvoh bo‘lgan. Ommaviy axborot vositalari radikallar Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi yaqinida ham xuddi shunday aksiya o‘tkazishni rejalashtirganini aytmoqda. Daniya rasmiylari aksiya o‘tkazilishiga ruxsat bergan, Paludanning xavfsizligini ta’minlash uchun uni politsiya o‘rab olgan.

Bu aksiyadan so‘ng Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Daniyaning Anqaradagi elchisini chaqirtirgan. Unga rasmiylar Kopengagenda Qur‘onni omma oldida tahqirlashga ruxsat bergani uchun norozilik bildirilgan. Turkiya vazirligi bunday xatti-harakatlarni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlab, rasmiy Kopengagenning bu boradagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga umid bildirdi.

21-yanvar kuni Daniyaning o‘ta o‘ngchi Stram Kurs partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. 

Stokgolmdagi aksiyadan keyin Turkiyada Shvetsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiya bayrog‘i yoqib yuborildi. 

23-yanvar kuni sodir bo‘lgan voqealar fonida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvetsiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda Anqaraga yordam berishni xohlamasligini bildirdi. Ayni paytda mamlakatlar NATOga kirishda Turkiyadan yordam kutmoqda.

23-yanvar Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar