• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 24-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 24-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.



    Janubiy Afrika respublikasi Rossiya va Xitoy bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshlaydi

    AQSH Janubiy Afrika Respublikasining Rossiya va Xitoy bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish qaroridan xavotirda, dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

    “AQSH, avval ham aytganimizdek, Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan bir paytda u bilan mashgʻulotlar oʻtkazadigan har qanday davlatdan xavotirda”, — degan kotib.

    19-yanvar kuni Janubiy Afrika Respublikasi Mudofaa vazirligi va harbiy faxriylar Rossiya va Xitoy bilan mamlakat qirg‘oqlarida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalari haqida ma’lum qilgandi. Ular 17 — 27-fevralda Hind okeanida, Durban port shahri va Richards-Bey hududlarida o‘tkazilishi kerak. Vazirlik manyovrlarning maqsadini “operativ ko‘nikma va bilim almashish” deb atadi.

    Bundan tashqari, yanvar oyi o‘rtasida Belarus hududida Rossiya va Belarusning mintaqaviy qo‘shin guruhlari tarkibiga kiruvchi harbiy aviatsiyasi bo‘linmalarining qo‘shma o‘quv mashqlari boshlangan. Mashg‘ulotlar Belarus harbiy-havo kuchlari va havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari aerodromlarida va poligonlarida 16-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Rossiya tomonidan ushbu tadbirlarda mamlakat havo-kosmik kuchlari jangovar guruhlari qatnashmoqda.

    Ukrainada ommaviy kadrlar almashinuvi e’lon qilindi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turli darajadagi kadrlarni almashtirish rejalari haqida ma’lum qildi. OAV ma’lumotlariga koʻra, prezident ofisi rahbarining oʻrinbosari Kirilo Timoshenko iste’foga chiqqan, yana bir qancha harbiy-fuqarolik maʼmuriyatlari rahbarlari lavozimini tark etishi mumkin.

     Bundan tashqari, Ispaniyada dam olgani uchun tanqidga uchragan Bosh prokuror o‘rinbosari Aleksey Simonenko iste’foga chiqish haqida ariza yozdi.

    “Kadrlar bo‘yicha qarorlar allaqachon qabul qilingan, bu vazirliklar va markaziy hukumatning boshqa tuzilmalari hamda hududlardagi turli darajadagi rahbarlarga, huquqni muhofaza qilish tizimiga tegishli — kimdir bugun, kimdir ertaga”, — degan Zelenskiy veb-saytida e’lon qilingan murojaatda.

    Aynan kimlar iste’foga chiqishi mumkinligi haqida “Ukraina haqiqati” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Nashrning yozishicha, Timoshenkoning o‘rnini Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba egallashi mumkin.

    “Babel” nashriga ko‘ra, Timoshenko viloyat ma’muriyatlaridan birini boshqarishi mumkin. Sumi va Dnepropetrovsk viloyatlari rahbarlari, shuningdek, 2022-yilda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukrainaning Zaporojye va Xerson viloyatlari maʼmuriyatlari rahbarlari isteʼfoga chiqishi mumkin.

    JSST davlatlarni bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan dorilarga nisbatan  chora ko‘rishga chaqirdi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yo‘tal siroplari bilan bog‘liq bolalar o‘limi holatlaridan so‘ng xavfli preparatlardan himoya qilish uchun “tezkor va kelishilgan choralar” ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

    Tashkilot holat yuzasidan bayonot berib, 2022-yilda Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola, asosan, 5 yoshgacha bo‘lganlar, xavfli tarkibiy qismga ega dorilar sababli o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan vafot etganini ta’kidladi. Mazkur sirop tarkibidagi etilen glikol va/yoki dietilen glikol bolalarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

    “Bu moddalar ishlab chiqarishda erituvchi va antifriz sifatida ishlatiladigan zaharli kimyoviy tarkib bo‘lib, ularni oz miqdorda bo‘lsa ham qo‘llash o‘limga olib kelishi mumkin va hech qachon dori vositalari tarkibida bo‘lmasligi kerak”, — deyiladi bayonotda.

     JSST 194 ta davlatdan o‘lim holatlarining oldini olish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kamida 20 nafar bola Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish ortidan vafot etdi. Hozirda davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Dok-1 Maks” preparati bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hindiston hukumati “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochgan.

    Kompaniyaning sirop ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan. JSST “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari haqida ogohlantirgan. Hindiston hukumati “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning litsenziyasini to‘xtatgan.

    O‘zbekistonda hokimiyat organlari va hokimlarning ayrim majburiyat va vakolati bekor qilinmoqda

    O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari va hokimlar ayrim vakolatlardan mahrum bo‘lmoqda, deb xabar berdi Norma.

    Maʼlum qilinishicha, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

    Kiritilayotgan o‘zgarishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari, hokimlar, bojxona organlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatlariga hamda MCHJni majburiy auditdan o‘tkazish talabiga oid.

    Qarorga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarida tibbiy yordam sifatini klinik-statistik standartlarga rioya etilishini nazorat qilish vakolati bekor qilinmoqda

    Hokimlar uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilaridan kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida da’volar bilan sudga murojaat qilish vakolatidan mahrum bo‘lmoqda.

    Endilikda chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari  majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatlarning bajarishi ustidan nazoratni bojxona organlari amalga oshirmaydi. Ushbu vakolat davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida saqlanib qolmoqda.

    Vazirlar Mahkamasi, Moliya va iqtisodiyot vazirligining auditorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ayrim vakolatlari nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘tkazildi.

    24.01.2023, 22:07   Izoh (0)   1029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar Qiyomat soati millarini 10 soniya oldinga surib qo‘ydi (video)

    24.01.2023, 21:46

    Xitoy bilan urushda AQSHning snaryadlari bir hafta ichida tugaydi — WSJ

    24.01.2023, 21:34

    NATO rahbari Ukrainaga tanklar yetkazib berish muhimligi sababini tushuntirdi

    24.01.2023, 21:10

    142 ta samolyot va 10 ta kema: AQSH va Isroil tarixdagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

    24.01.2023, 20:12

    Ukraina hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishni taklif qildi — Lukashenko

    24.01.2023, 19:59

    Qozog‘iston afg‘onistonlik xotin-qizlarni o‘qitish dasturini qayta yo‘lga qo‘ymoqchi

    24.01.2023, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.