• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga kelgan anomal sovuq Toshkent hokimi va Energetika vaziri o‘rinbosarining ishdan ketishiga sabab bo‘ldi: “Daryo”da hafta dayjesti

    Yakunlangan hafta Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi, Energetika vaziri o‘rinbosarining lavozimidan ketishi, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning ogohlantirilishi va Chirchiq shahri hokimiga hayfsan berilishi bilan jamoatchilik yodida qoladigan bo‘ldi. “Daryo” har doimgidek yakunlangan haftaning eng shov-shuvli ovqealari ketma-ketligini esga oladi.

    2018-yilning 26-aprelidan beri Toshkent shahri hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev 2023-yilning 16-yanvar kuni lavozimidan olingani va prezidentning “noinsof”, “oyog‘i yerdan uzilgan” degan ta‘riflariga lozim ko‘rilgani ma‘lum bo‘ldi.

    Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 30-aprel kuni Toshkentda Turkiya biznesi va banklari rahbarlari qarshisida nutq so‘zlayotib, ularga Toshkentning endigina ish boshlagan yangi hokimi — Jahongir Ortiqxo‘jayevni tanishtirganida “Men O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zim ishonadigan tadbirkorni Toshkent hokimi etib tayinladim. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan”, — degandi. Shuningdek, davlat rahbari bu tayinlov orqali joriy islohotlarni tushunadigan, byurokratiyadan uzoq bo‘lgan, Toshkent shahrining ertangi kuni qanday bo‘lishini tasavvur qiladigan, zamonaviy yigit O‘zbekistonga toza havo kirishi uchun, investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tayinlaganini qo‘shimcha qilgandi. 2023-yilning 16-yanvar kuni tanqidiy yig‘ilish o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevni noinsof ва oyog‘i yerdan uzilgan rahbar deya tanqid qildi ва uni 15-yanvar kuni tunda ishdan olganini e‘lon qildi. Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevni poytaxt qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmagani, shuningdek, shaharda noqonuniy qurilishlar ko‘paygani sababchisi deya atadi.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Qish mavsumiga lozim tarzda tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Ortiqxo‘jayevni ishdan oldim. Kechasi shtabda men uni ishdan oldim. Quruq gap, yolg‘on hisobot bilan, pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim — dedi prezident Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi haqida gapirar ekan.
    Mazkur haftada, shuningdek, Telegram messenjerida tarqalgan videolardan biri tarmoqning qoraqalpoq segmentida ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Unda suvchi -20 gradus sovuq bo‘lishiga qaramasdan yorilgan trubani yamashga uringan va vazifasini a’lo darajada uddalagan.

    Jetkerbay Qo‘sbergenov.

    Jetkerbay Qo‘sbergenov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Telegram'dagi qoraqalpoq segmentining e‘tiborini torgan video qahramonini izlab topdi. Ma‘lum bo‘lishicha, videodagi holat 2023-yilning 14-yanvar kuni Nukus shahrida yuz bergan. Video qahramoni esa “Qoraqalpoq suv ta‘minoti”da ta‘mirlovchi bo‘lib ishlaydigan 46 yoshli Jetkerbay Qo‘sbergenov bo‘lgan.

    Ta‘kidlanishicha, anomal sovuq sabab yer tagidagi suv quvurlarida “avariya” yuz bergan. Vaziyatni o‘nglash uchun Jetkerbay Qo‘sbergenov javobgar bo‘lgan. Shu sabab, qolaversa, kasbiga bo‘lgan muhabbati sabab u sovuq havoni ham pisand qilmay vazifasini oxirigacha bajargan.

    To‘g‘ri, o‘sha kuni juda sovuq edi. Lekin kasbimiz shu bo‘lgani uchun vaziyatga javob berishimiz kerak. Nosozlik bartaraf etilmasa, aholi suvsiz qolardi. Kasbimiz mashaqqatli, ammo kasbimni sevaman. Shuning uchun kun-u tun vazifamizni sidqidildan bajarishga harakat qilyapmiz, — deydi u.
    Video qoraqalpoq segmenti e‘tirofiga sazovor bo‘lib, shu kasb egalariga nisbatan odamlar olqishini, ularga bo‘lgan muhabbatini izhor qilishiga sabab bo‘lgan.

    Bu haftada, shuningdek, Nukus voqealari aybdorlari ishini ko‘rib chiqayotgan sudda ayblanuvchilarning so‘nggi so‘zi tinglandi. Qolaversa, sud 80 yoshli onasi va nogiron akasini muntazam kaltaklab kelgan fuqaroga 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

    Qashqadaryoda esa Dok-1 Maks siropini iste’mol qilib, vafot etgan 1,5 yoshli bolaning otasi farzandi bilan kechgan jarayon haqida, shuningdek bola uning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgani haqida gapirib berdi.

    Marhum bola Ilhom Xayrullayev.

    Marhum bola Ilhom Xayrullayev.
    Foto: “Daryo”
    O‘g‘limda yo‘tal paydo bo‘lganidan keyin qishloq shifokoriga murojaat qildik. Shifokor bolaning ahvoli yaxshi, “Dok-1 Maks” siropini ichirsangiz yaxshi bo‘ladi dedi. Avval bunchalik qattiq yo‘tal bo‘lmagan edi, — deydi u.
    Bola ushbu siropni o‘n kun davomida iste’mol qilgan.
    13-dekabr kuni shifokor ushbu dori vositasini tavsiya qildi. Oradan ikki kun o‘tganidan keyin shifokor boladan xabar olishga kelganida, dorini hali ham olib kelmaganligimizni aytdik. 16-dekabr kuni ukam bilan dadam tuman markazidagi dorixonaga borib, uni Sanjar degan kishidan sotib olgan. O‘sha kuni kechki paytdan boshlab bolamga ichirilgan, – deydi Jasur Lafasov.
    “Dok-1 Maks” dori vositasi bolaga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, kuniga to‘rt mahaldan ichirilgan.
    Kuniga to‘rt mahaldan ichira boshladik. Shundan so‘ng, yo‘tal to‘xtadi ammo uch, to‘rt kun davomida peshob ajralmayotganligini sezdik. Keyin bolam qusa boshladi. Ahvoli yaxshi bo‘lavermagach, 26-dekabr kuni kechki payt dadam va onam bolamni olib tuman markaziy shifoxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga borishgan. Tuman shifokorlari kasallik nimadan ekanligini aniqlay olishmagan. Ertasiga, 27-dekabr kuni viloyat bolalar shifoxonasiga jo‘natishgan. Bolalar shifoxonasi esa qabul qilmagan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi filialiga olib borilganida shifokorlar o‘g‘limni “Dok-1 Maks”dan zaharlanganini aytishgan.

    O‘sha yerda ishlaydigan Akmal ismli shifokor bolani Toshkentga olib borish kerakligini aytgan va uni poytaxtga olib ketishayotganida yarim yo‘ldan qaytarishgan. 28-dekabr kuni esa meni chaqirishdi. Men ishdan chiqib borganimda bolamning ahvoli sal yaxshiroq edi. Ismini aytib, chaqirganimda menga qaradi. Keyin komadagidek ahvolga tushib qoldi. O‘sha kuni o‘g‘lim vafot etdi. Vafot etganidan keyin IIB xodimlari kelib qoldi. Kechqurun bolamni ekspertizaga olib ketishdi. Meni esa DXX binosiga taklif qilishdi. Dori qachon va qayerdan sotib olingani kabi savollar berishib, Hindistonda shu dorini ishlab chiqaruvchilarga qarshi choralar ko‘rilishini, ushbu dori vositasi kim tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan bo‘lsa, ularning hammasi qo‘lga olinganini aytishdi, — deydi u muxbir bilan muloqotida.

    Jasur Lafasovning aytishicha, hukumat vakillari shifokorlarda ayb yo‘qligini ta’kidlagan. Tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, uning buyragi va jigari batamom ishdan chiqqan hamda jigari kattalashib ketganligi aytilgan.

    Shundan so‘ng O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgan bolalar oilalariga kompensatsiya to‘lanishi mumkinligi aytildi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Xalqaro press-klubning 18-yanvardagi sessiyasida “Dori ichganligi to‘g‘risida ota-onasining suhbatidan aniqlangan. Qaysi dorini ichgan, qaysi doridan zaharlangani hujjat bilan tasdiqlansagina, kompensatsiya to‘lash bo‘yicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin bo‘ladi, — dedi.

    Yakunlangan hayfada shuningdek, Toshkent viloyati Angren shahri prokurorining qilmishi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

    Telegram’dagi kanallarda Angren shahri prokurori Ulug‘bek Habiljonovning shahardagi 22-maktabdan turib, mas’ullarga videomurojaat qilgani, unda maktab hududi qordan tozalanmagani, o‘qituvchilari esa ishga kelmay maosh olayotgani aytilgandi.Mazkur video qisqa fursatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Va ko‘pchilik prokurorni o‘qituvchilarni majburiy mehnatga da’vat qilmoqda, degan fikrlarni bildirdi.

    Foto: Videodan skrinshot

    Voqeaga e’tibor qaratgan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vaziyat yuzasidan Bosh prokuratura rahbariyati bilan gaplashganini, holat ayni damda nazoratga olinganini yozdi.

    Prezidentimizning tegishli qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman. O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman, — dedi vazir.
    Ko‘p o‘tmay Angren shahri prokurori aytgan gaplari uchun uzr so‘rab chiqdi. Va o‘qituvchi-murabbiylarga nisbatan hurmati cheksiz ekanini qo‘shimcha qildi.
    So‘zim avvalida o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur hurmat saqlagan holda ulardan uzr so‘rab qolaman. Xabaringiz bor, kecha ijtimoiy tarmoqlarda mening Angren shahridagi 22-sonli umumta’lim maktab hududi qordan tozalanmaganligi bo‘yicha qilgan videoxabarim tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning 18-yanvar kuni shahar hududidagi maktablarning o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida shaharda 4 ta sektor rahbari bilan maktablarda o‘rganish olib bordik. 22-son umumta’lim maktab hududida bo‘lgan vaqtimizda maktab hududi qorlardan tozalanmaganligi va o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishini inobatga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ma’muriyatga maktabda tozalash ishlariga mas’ul ishchilar ham ishni bajarmaganligini bildirib, buni bartaraf qilish lozimligini aytganman.

    Aslida men maktab hududini o‘qituvchi murabbiylarimiz emas, balki ushbu ishga mas’ul shaxslar (farrosh vahokazo) bajarishini tashkillashtirishni so‘raganman. Men, ushbu holatdan qattiq afsusdaligimni bildirib, bizga ta’lim berib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylardan uzr so‘rab qolaman, — dedi takroriy videomurojaat qilib chiqqan prokuror.

    Angren shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Gulshoda Shahanovaning “Daryo”ga bildirishicha, prokurorning maktab hududi qordan tozalanmagani aytilgan videoxabar shahar mas’ullari uchun tashkil qilingan “Angren jarayon” guruhiga yuborilgan.
    Bu guruhga shahar hokimi, prokuror va IIB rahbarlaridan tortib, mahalladagi xotin-qizlar faollarigacha jalb qilingan bo‘lib, guruhda taxminan 300-400 nafar kuzatuvchi bor. Guruhga hududdagi muammolar tashlanadi va mas’ullar e’tibori qaratiladi. Shuningdek, internet saytlarida, Telegram kanallarida chiqqan xabarlar ham tashlanib, muammoga yechim topiladi. Prokurorning videoxabari ham shu guruhga muhokama uchun yuborilgan bo‘lib, bu orqali mas’ullarni e’tiborli bo‘lishga chaqirish maqsad qilingan, — dedi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari.

    “Daryo” nashrining rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatsangiz shu va shunga o‘xshash voqealarning batafsil tafsiloti bilan tanishib borasiz.

    22.01.2023, 23:20   Izoh (0)   36409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qahraton sovuqda cho‘milayotgan Toshkent “morj”lari

    22.01.2023, 22:00

    Jizzaxdagi kafeda xo‘randalar ovqat uchun pul to‘lamagani sababli janjal sodir bo‘ldi (video)

    22.01.2023, 21:09

    O‘zbekistondagi issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar darslarni onlayn olib borishiga ruxsat beriladi

    22.01.2023, 20:29

    O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni yana tarmoqdan uzish boshlanadi

    22.01.2023, 20:12

    O‘zbekistonda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

    22.01.2023, 18:47

    O‘zbekiston—Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

    22.01.2023, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadro dasturi haqida nimalarni bilish muhim?

    Dunyo | 14 iyun, 12:03

    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

    Reklama | 14 iyun, 12:00

    Shohrux Xon va Rani Mukerji birgalikda yangi “Qirol” filmida suratga tushadi

    Kino | 14 iyun, 11:55

    Moody’s O‘zbekistonning reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 11:35

    Eron oliy rahbari Isroilning zarbalarini urush e’loni deb atadi

    Dunyo | 14 iyun, 11:15

    Nima uchun avtomobilda ko‘ngil ayniydi va bunga qanday chora bor?

    Layfstayl | 14 iyun, 10:55

    Eronning Isroilga qilgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq odam jarohat oldi

    Dunyo | 14 iyun, 10:33

    O‘zbekiston MTJ Argentinaga qarshi o‘yin o‘tkazishi yuzasidan izoh berildi

    Sport | 14 iyun, 10:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.