O‘zbekistonda tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 20-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:
- tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
- majburiy talablar elektron reyestrini yuritish.
- malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;
- malaka imtihonini o‘tkazadi;
- auditorning malaka sertifikatini beradi.
Izoh (0)