• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Angren prokurorining muhokamalarga sabab bo‘lgan videosi: aslida nima bo‘lgan edi? (video)

    Telegram’dagi kanallarda Angren shahri prokurori Ulug‘bek Habiljonovning shahardagi 22-maktabdan turib, mas’ullarga videomurojaat qilgani, unda maktab hududi qordan tozalanmagani, o‘qituvchilari esa ishga kelmay maosh olayotgani aytilgandi.

    Mazkur video qisqa fursatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Va ko‘pchilik prokurorni o‘qituvchilarni majburiy mehnatga da’vat qilmoqda, degan fikrlarni bildirdi.

    Hilola Umarova.

    Hilola Umarova.
    Foto: Hilola Umarovaning shaxsiy Telegram kanalidan

    Voqeaga e’tibor qaratgan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vaziyat yuzasidan Bosh prokuratura rahbariyati bilan gaplashganini, holat ayni damda nazoratga olinganini yozdi.

    Prezidentimizning tegishli qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman. O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman, — dedi vazir.
    2022-yilning dekabr oyida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik xususida gapirib, mas’ullar murojaat qilgan Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva “Endi bu ishlarni to‘xtatish vaqti keldi. Chunki o‘qituvchilar qadrini ko‘tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz. O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti”, — degandi.

    Saida Mirziyoyeva.

    Saida Mirziyoyeva.
    Foto: Saida Mirziyoyevaning shaxsiy Telegram kanali

    Saida Mirziyoyeva o‘shanda o‘zbekistonliklarning farzandiga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘lganini qo‘shimcha qilgandi.

    O‘qituvchilardan yillar davomida farrosh, komissiyaga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi “massovka” sifatida foydalanildi. Afsuski, farzandlarimizga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘ldi. Ulardan bog‘bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi, — degandi Saida Mirziyoyeva.
    Ko‘p o‘tmay Angren shahri prokurori aytgan gaplari uchun uzr so‘rab chiqdi. Va o‘qituvchi-murabbiylarga nisbatan hurmati cheksiz ekanini qo‘shimcha qildi.
    So‘zim avvalida o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur hurmat saqlagan holda ulardan uzr so‘rab qolaman. Xabaringiz bor, kecha ijtimoiy tarmoqlarda mening Angren shahridagi 22-sonli umumta’lim maktab hududi qordan tozalanmaganligi bo‘yicha qilgan videoxabarim tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Joriy yilning 18-yanvar kuni shahar hududidagi maktablarning o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida shaharda 4 ta sektor rahbari bilan maktablarda o‘rganish olib bordik. 22-son umumta’lim maktab hududida bo‘lgan vaqtimizda maktab hududi qorlardan tozalanmaganligi va o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishini inobatga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ma’muriyatga maktabda tozalash ishlariga mas’ul ishchilar ham ishni bajarmaganligini bildirib, buni bartaraf qilish lozimligini aytganman.

    Aslida men maktab hududini o‘qituvchi murabbiylarimiz emas, balki ushbu ishga mas’ul shaxslar (farrosh vahokazo) bajarishini tashkillashtirishni so‘raganman. Men, ushbu holatdan qattiq afsusdaligimni bildirib, bizga ta’lim berib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylardan uzr so‘rab qolaman, — dedi takroriy videomurojaat qilib chiqqan prokuror.

    Angren shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Gulshoda Shahanovaning “Daryo”ga bildirishicha, prokurorning maktab hududi qordan tozalanmagani aytilgan videoxabar shahar mas’ullari uchun tashkil qilingan “Angren jarayon” guruhiga yuborilgan.

    Foto: Angren shahar hokimligi
    Bu guruhga shahar hokimi, prokuror va IIB rahbarlaridan tortib, mahalladagi xotin-qizlar faollarigacha jalb qilingan bo‘lib, guruhda taxminan 300-400 nafar kuzatuvchi bor. Guruhga hududdagi muammolar tashlanadi va mas’ullar e’tibori qaratiladi. Shuningdek, internet saytlarida, Telegram kanallarida chiqqan xabarlar ham tashlanib, muammoga yechim topiladi. Prokurorning videoxabari ham shu guruhga muhokama uchun yuborilgan bo‘lib, bu orqali mas’ullarni e’tiborli bo‘lishga chaqirish maqsad qilingan, — deydi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari.
    Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, prokurorning videomurojaatida xulosa qilishi kerakligi aytilgan Salim aka bu — shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Salim Anorboyev, Alimjon aka esa Alimjon Asqarov bo‘lib, shahar XTB mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi xodim bo‘lgan.
    O‘sha kuni hokim va prokuror, IIB rahbari maktabga borganida 68 nafar o‘qituvchidan atigi 5 nafari ishda bo‘lgan. Prokuror o‘qituvchilar ishga kelmagani uchun bekordan bekor oylik olib yotishibdi degan gapni aytgan. Aslida qorni o‘qituvchilar tozalasin demagan. Maktabda 10 nafar texnik xodim bo‘lgan. Shular orqali tozalash nazarda tutilgan, — deydi Gulshoda Shahanova.

    Prokurorning videochiqishidan so‘ng Telegram kanallarida o‘qituvchilarning maktab hovlisini qordan tozalayotgani tasvirlangan fotolar ham tarqaldi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ko‘pchilik mazkur fotolarni aynan Angren shahar prokurorining qilmishi deb izohlagan bo‘lsa, mas’ullar, xususan, Toshkent viloyati prokuraturasi ham maktab hovlisidagi qorlar maxsus texnikalar yordamida, shuningdek, Obodonlashtirish xodimlari ko‘magida tozalanganini ma’lum qildi.

    Foto: Telegram

    “Daryo” nashrining bu haqdagi savoliga javob bergan Angren shahridagi 22-maktab rahbariyati esa maktab hovlisini muzdan tozalayotgan o‘qituvchilar surati aynan shu maktabda tasvirga olinganini, o‘qituvchilar o‘z xohishi bilan tozalash ishlarini qilganini, bundan norozi bo‘lmaganini bildirdi.

    20.01.2023, 23:09   Izoh (3)   48666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (3)

    Kirish
    1. sayedshukurov@gmail.com / 21.01.2023, 22:26

      укишниям билмайди шекилли

      Javob berish
    2. sayedshukurov@gmail.com / 21.01.2023, 22:25

      гаплар ва сузларни амаллаб кадр ортида тугри укябди лекин

      Javob berish
    3. sayedshukurov@gmail.com / 21.01.2023, 22:24

      Бу прокурорни кузидан куриниб турибди иккиюзламачилиги

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada YPX inspektori mashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi

    20.01.2023, 22:31

    O‘zbekistonda xodimlar davomati va ish vaqti hisobi tabeli elektron shaklda qayd etib boriladi

    20.01.2023, 22:07

    O‘zbekistonda soatiga 60 km tezlik bo‘yicha yo‘l belgilari qachondan o‘rnatiladi?

    20.01.2023, 21:30

    O‘zbekistonda loukoster formatidagi aviakompaniya ish boshladi

    20.01.2023, 21:18

    O‘zbekistondagi oliygoh va litseylarda darslar 23-yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

    20.01.2023, 20:35

    O‘zini o‘zi yenggan tadbirkor, qarindoshiga yordamlashgan hakam, tugatilgan korxonaning ishtiroki — 20-yanvardagi shubhali tenderlar

    20.01.2023, 20:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.