O‘zbekistonda 27-yanvardan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, qarzdorlarigi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
“Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq sharoitida iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qo‘yish vaqtincha to‘xtatilgandi.
Izoh (0)