• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fotoreportaj: G‘arb Ukrainaga qanday qurollarni va’da qilmoqda?

    Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhining Ramshtayndagi yig‘ilishida NATO davlatlari Kiyevga qanday qurollarni jo‘natishga tayyorligi haqida hisobot berdi. Asosiy e’tibor havo hujumidan mudofaa qurollariga, shuningdek harbiy xizmatchilarni tashish uchun mo‘ljallangan zirhli transport vositalari(bronemashina)ga qaratilmoqda. Birinchi marta Ukrainaga Buyuk Britaniya va Fransiyada ishlab chiqarilgan tanklar, shuningdek, AQSH armiyasining asosiy vositasi — Bradley bronemashinalari va’da qilindi. Yangi harbiy yordam paketidan joy olgan asosiy qurollar haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

    Germaniya harbiylari Varbelo shahridagi o‘quv markazida matbuot taqdimoti uchun Patriot komplekslari tomon yugurib ketmoqda.

    Germaniya harbiylari Varbelo shahridagi o‘quv markazida matbuot taqdimoti uchun Patriot komplekslari tomon yugurib ketmoqda.
    Foto: Getty Images

    Ukrainaning muhim infratuzilmasiga berilgan zarbalar fonida AQSH Kiyevga Ukraina uzoq vaqtdan beri so‘rayotgan Patriot havo mudofaasi tizimlarini va’da qildi. Patriot batareyasi elektr stansiyasi, radarlar, raketalarni boshqarish tizimi, uchirish moslamalari, antenna-machta konstruksiyasi va tutuvchi raketalardan (PAC-2 va PAC-3) iborat. AQSH Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda bitta batareyaning bahosi taxminan 1,1 milliard dollarni tashkil etadi.

    Bundan tashqari, Ukraina Humwee yo‘ltanlamas mashinalariga o‘rnatilgan Avenger zenit-raketa komplekslarini, Britaniyaning Starstreak air defence havo mudofaa tizimlarini, shuningdek, Ukrainaga o‘tgan yili ham yuborilgan NASAMS (AQSH va Norvegiya hamkorligida ishlab chiqarilgan) havo mudofaa tizimlarini olishi kerak. Bu safar oltita NASAMS taqdim etilishi kutilmoqda.

    Kanadaning Roshel zavodida turgan Senator bronemashinasi.

    Kanadaning Roshel zavodida turgan Senator bronemashinasi.
    Foto: Reuters

    Ukraina Qurolli kuchlarining muntazam ravishda zirhli transport vositalaridan ayrilayotgani G‘arb davlatlarini harbiylarni tashish uchun ko‘plab bronemashinalar yetkazib berishga majbur qilmoqda.

    Kanada Ukrainaga o‘zi ishlab chiqargan 200 ta Senator’ni yuborishga va’da berdi. Mashina soatiga 110 km tezlikka chiqa oladi va unga pulemyot yoki avtomatik granatani ortish mumkin.

    Bundan tashqari, Fransiyaning Bastion mashinalari Ukrainaga keltirilishi mumkin, Parij ilgari bu mashinalarni Afrikadagi mojaro zonalariga yuborgan. Shuningdek, avval Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan turli yo‘nalishlarda foydalanilgan kichik tanklar — Shvetsiyaning Strf 90 va Amerikaning M-113 mashinalari Kiyevga yetkazib berilishi mumkin.

    Britaniyaning Bulldog zirhli transporti

    Britaniyaning Bulldog zirhli transporti
    Foto: Reuters

    Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Ukrainaga Bulldog bronetransportyorlarini yuborishga va’da berdi. Ushbu mashina Iroq va Afg‘onistondagi qurolli mojarolar paytida ishlatilgan. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, Isroilning Rafael zirhlari tufayli mashina qo‘lda otiladigan tankka qarshi granatalarga dosh bera oladi. Bulldog dvigateli Rolls-Royce tomonidan ishlab chiqarilgan.

    AQSH, o‘z navbatida, Kiyevga 90 ta Stryker bronetransportyorlarini va’da qildi. Hozirgacha Ukrainada ushbu mashinaning Kanadada chiqarilgan variantlar mavjud edi. Stryker oilasining zirhli mashinalari Iroqda ishlatilgan, ammo boshqa mamlakatlar armiyalariga deyarli yetkazib berilmagan.

    Marder piyodalar uchun jangovar mashinasi.

    Marder piyodalar uchun jangovar mashinasi.
    Foto: Reuters

    Germaniya Ukrainaga 40 ta Marder piyodalar uchun jangovar mashinasini yetkazib berishga rozi bo‘ldi. Bu asosan Bundesverning omborlarida saqlanayotgan mashinalar bo‘lib, ular yangi emas. Marder uzoq vaqtdan beri o‘zining yaxshi himoyasi bilan tanilgan, ammo shiddatli jangovar harakatlar sharoitida bu mashinadan kamdan-kam foydalanilgan. Avval Marder’larning bir qismi Afg‘onistondagi nemis kontingentiga yuborilgandi.

    Fransiyaning AMX 10 RC tanki (birinchi planda) va Germaniyaning Boxer zirhli mashinalari. Fransiya Ukrainaga AMX-10 tanklarini yetkazib berishni va’da qildi.

    Fransiyaning AMX 10 RC tanki (birinchi planda) va Germaniyaning Boxer zirhli mashinalari. Fransiya Ukrainaga AMX-10 tanklarini yetkazib berishni va’da qildi.
    Foto: Reuters

    Britaniya armiyasi poligonida Challenger-2 tanklarining kolonnasi.

    Britaniya armiyasi poligonida Challenger-2 tanklarining kolonnasi.
    Foto: Reuters

    Britaniya va Ummon armiyalarining asosiy jangovar tanki bo‘lgan Challenger 2 juda harakatchan va avvalo bevosita o‘t ochish zonalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Tanklarni ishlab chiqaruvchi Rheinmetall BAE Systems Land ma’lumotlariga ko‘ra, ular keng miqyosdagi yuqori intensiv to‘qnashuvlarda ham harakatlana oladi. U 120 millimetrli L30 soyli tank zambaragi bilan jihozlangan. Ushbu turdagi tanklar Britaniya armiyasi tomonidan Bosniya, Kosovo va Iroqda ishlatilgan.

    Britaniya hukumati Kiyega 14 ta tank yetkazib bermoqchiligi haqida e’lon qildi, agar bu amalga oshsa, 1990-yillarning oxirida yaratilgan ushbu tanklar Ukraina ixtiyoridagi birinchi zamonaviy G‘arb tanklariga aylanadi.

    Caesar o‘ziyurar artilleriya qurilmasi.

    Caesar o‘ziyurar artilleriya qurilmasi.
    Foto: Reuters

    Daniya Fransiyaning Nexter kompaniyasiga o‘z armiyasi uchun buyurtma bergan 19 ta Caesar  o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini Ukrainaga topshirishga qaror qildi. Daniya hozirgacha nechta qurilmani olgani va Ukraina armiyasiga qachon yetkazib berishi haqida ma’lumot berilmagan, ammo bu Daniya armiyasida yangi brigada yaratishni sekinlashtirishi aniq.

    Ishlab chiqaruvchi kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, 155 mm kalibrli Caesar 2009-yildan beri dunyoning ko‘plab armiyalarida faol ishlatilgan hamda Afg‘oniston, Livan va Malida o‘z kuchini isbotlagan.

    Ukrainada ham avvalroq Fransiyadan olingan Caesar’lar faol ishlatilmoqda.

    AQSH armiyasining M2A3 Bradley jangovar mashinasi.

    AQSH armiyasining M2A3 Bradley jangovar mashinasi.
    Foto: Getty Images

    Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Bradley piyodalar uchun mo‘ljallangan jangovar mashinalarini yetkazib berishni va’da qildi. Bu Amerika armiyasidagi asosiy mashina. Ikkinchi jahon urushi qo‘mondoni Omar Bredli nomi bilan atalgan Bradley 25 millimetrli zambarak, pulemyot va tankka qarshi raketa tizimi bilan jihozlangan.

    Archer — Shvetsiyaning ko‘p maqsadli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi. Uning o‘ziga xos xususiyati — to‘liq avtomatik zaryadlash tizimi, shuningdek, o‘qdan himoya qiluvchi zirhli kabinasi. Shvetsiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga bu mashinalarning yetkazib berilishini yanvar oyida ma’qulladi.

    Archer — Shvetsiyaning ko‘p maqsadli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi. Uning o‘ziga xos xususiyati — to‘liq avtomatik zaryadlash tizimi, shuningdek, o‘qdan himoya qiluvchi zirhli kabinasi. Shvetsiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga bu mashinalarning yetkazib berilishini yanvar oyida ma’qulladi.
    Foto: Wikipedia

    NATO davlatlari va’da qilgan boshqa qurollar qatorida Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropa davlatlari Ukrainaga sovet qurollarining so‘nggi zaxiralarini, jumladan gaubitsalar, Mi-8 vertolyotlari va T-72 tanklarini yuborishga kelishib oldi. Shuningdek, harbiy yordam paketlaridan urush zonasida ishlatilayotgan artilleriya qurilmalari va havo mudofaa tizimlari uchun snaryadlar joy olgan.

    Germaniyaning Leopard 2 A6 tanki.

    Germaniyaning Leopard 2 A6 tanki.
    Foto: Getty Images
    Germaniyaning Leopard tanklari bilan qurollangan bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari, jumladan Polsha va Finlyandiya ularni Kiyevga berishga tayyorligini bildirgan. Biroq buning uchun Berlindan ruxsat talab qilinadi, Germaniya rasmiylari esa tanklarni yolg‘iz yetkazib berishdan bosh tortmoqda. Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi mojaroni Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga aylantirish niyati yo‘qligini aytgan. 19-yanvar kuni Süddeutsche Zeitung va The Wall Street Journal nashrlari yuqori martabali nemis rasmiylariga tayangan holda, Shols AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda Vashington Abrams tanklarini Kiyevga topshirsagina, Germaniya ham Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishini aytgani haqida xabar berdi. Keyinroq rasmiy Berlin bunday muloqot bo‘lganini rad etdi. Shu bilan birga, Pentagon texnik xizmat ko‘rsatishning murakkabligini ta’kidlab, Abrams’larni yetkazib berishning imkoni yo‘qligini bildirgan.

     

    22.01.2023, 16:55   Izoh (0)   30511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda qor ko‘chkisi avtotunnelning og‘zini to‘sib qo‘ydi. 28 kishi halok bo‘ldi (video)

    22.01.2023, 15:12

    Gruziyada ayol operatsiyadan keyin qornida qolib ketgan qaychi bilan 3 oy yurdi

    22.01.2023, 14:11

     Kris Xipkins Yangi Zelandiyaning yangi bosh vaziri etib saylandi

    22.01.2023, 13:12

    Arab mamlakatlari va Turkiya Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladi

    22.01.2023, 12:36

    Isroilda 100 mingdan ortiq odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi (video)

    22.01.2023, 11:56

    Baydenning uyida 12 soat tintuv o‘tkazildi va maxfiy hujjatlarning uchinchi partiyasi topildi

    22.01.2023, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Viktoriya Bekhem Netflix uchun hujjatli serial tayyorlamoqda

    Layfstayl | 5 iyun, 11:59

    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

    Reklama | 5 iyun, 12:00

    Yaponiyada dengiz suvida eriydigan plastik yaratildi (video)

    Dunyo | 5 iyun, 11:50

    Qurbon hayiti kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 5 iyun, 11:36

    Bolgariya yevroni milliy valyuta sifatida qabul qilmoqchi

    Dunyo | 5 iyun, 11:20

    JCH—2026. O‘zbekiston mundial masalasini hal qilishga yaqin turibdi (prevyu)

    Sport | 5 iyun, 11:15

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30

    Britaniyalik olimlar dunyodagi eng kichik skripkani yasadi

    Layfstayl | 5 iyun, 11:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.