• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Mudhish avariyada omon qolgan, 47 yoshida ona bo‘lgan, yolg‘iz qizini aktyorga uzatgan: Xosiyat Husanova haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova 20-yanvar kuni 54 yoshni qarshiladi. Ijodda o‘z o‘rnini topish uchun ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan kechirgan aktrisaning hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiramiz.

    “Imtihondan o‘tsang, artist bo‘lasan, yo‘qsa ketmon chopasan”

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Aktrisa oddiy ishchi oilasida dunyoga kelgan. Garchi oilasida san’atkorlar bo‘lmasa-da, otasi uni bolalikdan “artist qizim” deb erkalagan. Chunki u bolalikdan raqs tushish va qo‘shiq aytishga qiziqqan. Maktabni tamomlagandan keyin otasi uning san’at oliygohiga o‘qishga kirishiga ruxsat bergan. “Faqatgina bu yil o‘qishga topshirasan, kirsang o‘qiysan, bo‘lmasa Andijonga borib, katta ketmonni qo‘lga olasan”, deya shart qo‘ygan. Aktrisa bu gapdan keyin institutga o‘qishga kirish uchun astoydil mehnat qilgan va ijodiy imtihonlardan yuqori ball to‘plagan.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    1990-yil institutni tamomlab, Andijondagi musiqali drama teatriga ishga borgan. Ammo u yerda o‘z o‘rnini topolmagan. “Men Hamza teatrida ishlashni orzu qilardim. Shu bois Andijondagi musiqali teatrga mehrimni berolmadim”, deydi aktrisa.

    “So‘z beraman, semirmayman, ishga oling”

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan
    U paytda O‘zbek milliy akademik drama teatriga Yoqub Ahmedov rahbarlik qilardi. Qabuliga kirib, ishga kirish niyatim borligi haqida aytib turganimda Yodgor Sa’diyev kirib kelgan. Suhbat chog‘ida Yoqub aka teatrga ishga kirmoqchi ekanligimni aytgan. Yodgor aka menga qarab, “Bichimi kichkinagina qiz ekan, ammo bular 1-2 yil ishlab darrov turmushga chiqib ketadi. Keyin bolali bo‘lganidan keyin, semirib ketadi”, degan. O‘shanda Yoqub akaga: “So‘z beraman, semirib ketmayman, meni ishga olinglar”, deb iltimos qilgan.
    Aktrisa ishga qabul qilingan kunning uchinchi kunidan boshlab “Afandining besh xotini” spektaklida rol ijro etgan.

    “Axlatxonadagi nonlarni yedim”

    Aktrisa 1996-yil turmushga chiqqan, ammo bu turmush unga baxt keltirmadi. Sababi turmush o‘rtog‘i ko‘p o‘tmay ozodlikdan mahrum etilgan. Xosiyat Husanova chaqalog‘i bilan yosh ijodkorlar yotoqxonasida qolib ketgan.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    — Moddiy jihatdan juda qiynalganman. Uydagilardan yordam so‘rashga uyalib, och qolib ketgan kunlarim ham bo‘lgan. Bir kuni yeyishga nonim ham qolmagan. Yotoqxonada eskirgan nonlarni axlatxonadagi alohida idishga tashlab qo‘yishardi. Odamlar ko‘rib qolmasin, deb yarim kechasi 2:00 da nonlardan bir necha bo‘lagini olganman. Xonaga olib kirib, ularni yegandim, — deydi Xosiyat Husanova.

    Hayotidagi mudhish avtofalokat

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Aktrisa Xosiyat Husanova 2008-yili jiddiy avtofalokatga uchragan. O‘shanda uning yuzi tanib bo‘lmas darajaga kelgani, hatto shoshilinch yordam bilan kasalxonaga olib borishganida avvaliga uni tanishmagani haqida intervyularida aytgan. Shifokorlar aktrisaga kuchli miya chayqalishi va umurtqa pog‘onasining jiddiy shikastlanishi tashxisini qo‘yishgan. Aktrisa avariyadan so‘ng xotirasi va eshitish qobiliyati ancha yomonlashganini aytadi.

    “Sahnada oyoqlarim o‘zimga bo‘ysunmay qolgan”

    Ammo bu qiyinchiliklarning so‘nggisi emasdi. Avtofalokatdan so‘ng bir necha oy davolanib ishga qaytgan aktrisa ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i yomonlashayotganini payqaydi. Avvaliga bo‘yni, undan so‘ng umurtqasi og‘riydi. Hatto “O‘tgan kunlar” spektakli namoyish etilayotganda oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmayotganini sezadi.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    — Sahnada rol ijro etayotganda oyog‘im va bo‘ynim qaqshab og‘rirdi. Musiqa balandlashgan paytda sahna ortiga o‘tib, “dod” deb baqirardim. Og‘riqning azobiga chidolmay, kechasi bilan yig‘lab chiqardim. Shifokorlar umurtqada o‘simta borligini va uni faqat jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkinligini aytishdi, — deydi aktrisa Xosiyat Husanova.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    O‘zbek shifokorlariga ishonmay qo‘ygan aktrisa jarrohlik amaliyotini xorijda o‘tkazishni rejalashtirdi. Ammo kutilmaganda umurtqasi shishib, og‘riq yanada zo‘raydi. Shifokorlar 3 kun ichida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmasa, kech bo‘lishini aytishdi. Amaliyot kutilganidan ham a’lo darajada o‘tdi va uning hayoti saqlab qolindi.

    “Farzandli bo‘lishimga qarshi bo‘lishdi”

    Aktrisa xastalikka chalingan paytida mabodo vafot etsa, qizi yolg‘izlanib qolishi haqida ko‘p o‘ylaydi. Shundan so‘ng shifokorlarning qarshi bo‘lishiga qaramay, homilador bo‘ladi. O‘sha paytda aktrisa 47 yoshda bo‘lib, 18 yildan so‘ng o‘g‘li Imronni dunyoga keltiradi.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    — Shifokorlar o‘g‘limni dunyoga keltirishimga jiddiy qarshilik qilishgan. Tavakkal — peshonada borini ko‘raman, deganman. Qo‘rqitishlarning asosiy sababi faqatgina yoshim bilan bog‘liq emas, balki 2008-yil dahshatli avtofalokatga uchraganim bo‘lgan. Avariyada tos suyaklarim butkul maydalanib, oyoq sonlarim ikkiga bo‘linib, yuzimning yarmi yo‘q bo‘lib ketgandi. Ikki yil to‘shakka mixlanib, o‘z hojatimga ham yaramay qolgandim. Xullas, shu sabab shifokorlar homilador bo‘lishimga qarshi bo‘lishgan.To‘shakka mixlanib qolganimda qizimning yolg‘izligini his qilganman. Baribir insonga jigar kerak ekan, deb Allohdan Imronbekni tilab olganman, — deydi aktrisa Xosiyat Husanova.

    “Qizingizni o‘g‘irlab ketaman”

    Aktrisa qizi Mohlaroyimni yosh aktyor Jahongir Teshaboyevga turmushga bergan. Aktyor intervyularining birida Mohlaroyim bilan tanishganida u mashhur aktrisaning qizi ekanligini bilmagani haqida so‘zlab bergandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Ayolim onasiga umuman o‘xshamaydi. Qaynonam sho‘x-shodon, ayolim esa nihoyatda uyatchan. Birga intervyularga chaqirishsa ham bormaydi. U bilan tanishganimda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olardi. Ancha vaqtgacha onasining aktrisa ekanligini aytmagan. Sovchilar kelayotganini eshitganimdan keyin qaynonamning yoniga borib: “Bersangiz qizingizni faqat menga berasiz, bo‘lmasa olib qochib ketaman”, deganman. U paytda “Qadam” seriali hali efirga uzatilmagandi. Qaynonam avvaliga biroz ikkilangan, ammo niyatim jiddiy ekanligini bilib, qizini menga turmushga bergan, — deydi aktyor Jahongir Teshaboyev.

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Xosiyat Husanovaning shaxsiy arxividan

    Xosiyat Husanova nafaqat tomoshabinlarning sevimli aktrisasi, farzandlari va nabirasining sevimli buvijonisi ham hisoblanadi.

    “Teatr sahnasida kechgan 28 yil”

    Aktrisa 1995-yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi. U qator spektakllarda katta-kichik rollarni ijro etgan. Xususan, “Omonot dunyo”da Latofat, “Antiqa qudalar”da O‘g‘iloy, “Uch kunlik dunyo”da Anora, “Oltin qiz”da Barno kabi rollarni ijro etgan. Aktrisa ishtirokidagi filmlar ham tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan.

    Jahongir Ahmedov rejissorligida “Tilim qursin” filmi kutilganidan ham ko‘proq mashhurlikka erishgan. Xosiyat Husanovaning filmning ilk qismida suratga tushmagan. “Tilim qursin-2”dagi roli esa o‘ziga xos.

    Aktrisa Zulfiqor Musoqovning “Novda” filmida quvnoq sovchi rolini ham qoyilmaqom ijro etgan. Negadir, u davlat buyurtmasiga ko‘ra suratga olinadigan filmlarda kamdan kam suratga tushadi.

    Aktrisa Javlon Shodmonovning ko‘plab filmlarida suratga tushgan. Xususan, “Hasan ibn Husan” filmida ham komik rollardan birini ijro etgan.

    Mavzuga doir:

    • “Sevinch”, “Vatan” va “Maktub”: Bobur Yo‘ldoshev ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)
    • “O‘zimdan o‘zimgacha”dan “Super kelinchak”kacha: Adiz Rajabov ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)
     

    20.01.2023, 18:42   Izoh (0)   32284
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “U meni yomon ko‘rgan deb o‘ylamayman”. Gollivud yulduzi Xyu Jekman 8 yoshida uni tashlab ketgan onasini kechirish orqali baxtni his qilgani haqida

    20.01.2023, 16:33

    Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen ikkinchi bor ota-ona bo‘ldi

    20.01.2023, 14:31

    Gollivud aktyori Chenning Tatum “Ruh” filmining remeykini suratga oladi

    20.01.2023, 13:53

    Rajab Adashev kastingdan o‘ta olmagan “Abdullajon” filmida qanday qilib bosh rolni ijro etgani haqida gapirib berdi (video)

    20.01.2023, 12:01

    Instagram: Toshkentdagi uyiga “pechka” qurdirgan Xosiyat Husanova, kasal bo‘lib qolgan Yulduz Turdiyeva, imijini o‘zgartirgan Jahongir Otajonov

    19.01.2023, 22:38

    “Avatar: Suv yo‘li” kassa yig‘imlari bo‘yicha “O‘rgimchak odam” filmini ortda qoldirdi

    19.01.2023, 21:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05

    Ukrainada razvedka xodimini o‘ldirishda gumonlangan rossiyalik agentlar yo‘q qilindi

    Dunyo | 13 iyul, 20:40

    Ozarbayjon Suriyaga gaz yetkazib beradi

    Dunyo | 13 iyul, 20:15

    Arizonada 18 yilda ilk bor vabodan o‘lim qayd etildi

    Dunyo | 13 iyul, 19:45

    Eron MAGATE bilan “yangicha formatda” hamkorlik qiladi

    Dunyo | 13 iyul, 19:27

    Sankt Peterburgdagi migratsiya markazida fuqarolar temir panjaralar ichida yotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 18:59

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.