Nepal poytaxti Katmandudan Poxara shahriga uchayotgan ATR 72 yo‘lovchi samolyoti Poxara xalqaro aeroportida halokatga uchradi. Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida 68 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 72 kishining barchasi halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, samolyot bortidagi xorijliklar orasida Rossiya, Hindiston, Irlandiya va Janubiy Koreya fuqarolari bor edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda halokat joyidan olingan videolar tarqaldi.
Izoh (0)