Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Ukraina armiyasiga Britaniyaning Challenger 2 tanklarini yetkazib bermoqchiligini tasdiqladi.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, Challenger 2 tanklari va qo‘shimcha artilleriya tizimlarini yetkazib berish orqali ko‘makni oshirish istagini bildirdi”, — deyiladi Britaniya bosh vazirining idorasi xabarida.

Bayonotda Ukraina Qurolli kuchlari qancha tank va artilleriya tizimini olishiga aniqlik kiritilmagan. The Sun nashrining yozishicha, London Kiyevga 12 ta tank beradi.

11-yanvar kuni Financial Times gazetasi Sunak ofisidagi amaldorga tayanib Britaniya bosh vaziri mudofaa vaziridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, jumladan, tanklar bilan ta’minlashda “hamkorlar bilan ish olib borishni” so‘ragani haqida yozgandi. Shu tariqa Britaniyada birinchi marta tanklarni Ukrainaga o‘tkazish rejalari tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi