Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida gaz tarmog‘ida 11-yanvar kuni nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Paxtaobod” va “Mevazor” mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada yuqoridagi MFYlardagi jami 910 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, tumandagi “Jumagul”, “Baliqchi”, “Yulduz”, “O‘jakent”, “Gul”, “Do‘stlik-1”, “To‘qboy” va “Abay” MFYlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
Natijada 12-yanvar kuni soat 01:00 dan yuqorida ko‘rsatilgan manzillardagi jami 4000 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Izoh (0)