Buxoro viloyatidagi ta’lim muassasalarida 3-chorak darslari 11-yanvardan boshlanishi e’lon qilingandi. Hokimlik keyinchalik bu qaror o‘zgarganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, o‘qish 16-yanvar kunidan boshlanishi belgilangan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16-yanvar kunidan boshlaydi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonning qator viloyatlarida 11-yanvardan darslar boshlanadi
Izoh (0)