Belarusning Volkovisk shahrida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi.
Avtobus salonida uch bola va bir nafar katta yoshli erkak bo‘lgan. Dvigatel qismida yong‘in chiqqanini payqagan haydovchi harakatlanishni to‘xtatgan. U yo‘lovchilarni tushirgan va olovni o‘t o‘chirgich bilan o‘chirishga kirishgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirgan. Avtobusning asboblar paneli, elektr simlari va ichki qismi zararlangan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘inning ehtimoliy sababi qisqa elektr tutashuvdir. Avtobus Gneznov maktabidan Volkovisk tomon yo‘l olgan va o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun harbiy komissiyaga olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga doir: Senegalda ikkita avtobus to‘qnashishi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi (video)
Izoh (0)