Ispaniyalik mutaxassis Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Martines Portugaliya tarixidagi uchinchi chet ellik murabbiyga aylandi. Bunga qadar braziliyaliklar Otto Gloriya va Luis Felipe Skolari portugallarni boshqarib borgan.
Gloriya 1964—1966 va 1982–1983-yillar davomida terma jamoada ishlagan. Uning qo‘l ostida jamoa JCH—1966 da bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Skolari esa Portugaliyada 2003—2008-yillar davomida ishlagan. U bilan “Yevropa Braziliyasi” Yevro—2004 da kumush medalini qo‘lga kiritgan, JCH—2006 da to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan.
Izoh (0)