Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining uchinchi bosqichida “Arsenal” 9-yanvar, dushanba kuni “Oksford”ga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda londonliklar nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsata boshladi. 63-daqiqada Muhammad El-Nenni hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Edvard Nketia “kanonirlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Nketia dublni rasmiylashtirdi. O‘yin 3:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Mikel Arteta shogirdlari keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Angliya Kubogi
3-bosqich bahsi
9-yanvar, dushanba
“Oksford” — “Arsenal” 0:3
Gollar: 0:1 – 63 El-Nenni, 0:2 – 70 Nketia, 0:3 – 76 Nketia.“Oksford”: Makginti, Anderson, Long, Mur, Braun (Fleming, 84), Bodin (Gudrem, 77), Merfi (Vildsxut, 62), Brennagan, Makgueyn (Jonson, 84), Beyt, Teylor (Odonkor, 77).
“Arsenal”: Terner, Tomiyasu (Uayt, 81), Holding, Gabriel, Tirni (Zinchenko, 61), El-Nenni, Lokonga (Jaka, 62), Fabiu Vieyra (Markinyos, 81), Saka (Smit-Rou, 75), Nketia, Martinelli.
Ogohlantirish: Braun (59).
Izoh (0)