Fransiyaning “PSJ” jamoasiga egalik qiladigan Qatar Sports Investments kompaniyasi yana bir klubga sarmoya kiritish istagida.
Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda. Hozirda QSI “Tottenhem”dan tashqari yana bir APL klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
“PSJ” prezidenti va QSI bosh direktori Nosir al-Helayfi hafta boshida “Tottenhem” direktorlar kengashi rahbari Deniel Levi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Hozirda muzokaralar jarayoni dastlabki bosqichda.
QSI 2023-yilda bir nechta klublarga sarmoya kiritishi kutilmoqda. Qatar Sport Investments allaqachon “Braga”ning 23% ulushiga egalik qiladi va yana Yevropadan kamida bitta klubda aksiyador bo‘lishni maqsad qilgan. Shuningdek, Janubiy Amerika kompaniyaning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)