“Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi La Liga o‘yinida (1:0) har ikki jamoa futbolchilari Ferran Torres va Stefan Savich o‘rtasida janjal sodir bo‘lgandi.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Torres va Savich o‘zaro to‘qnashuvdan keyin janjallashib ketgandi. Shundan keyin bosh hakam Xose Munuero Martero har ikki futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgandi.
Ushbu holat sabab futbolchilar uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchrashi mumkin. Ispaniya futbol federatsiya bu holatni o‘rganishni boshlagan.
Agar Savich va Torresning harakatlarida agressiya borligi aniqlansa, diskvalifikatsiya 4 dan 12 ta o‘yingacha bo‘lishi mumkin. Biroq vaziyat o‘yindagi epizod sifatida baholansa, u holda diskvalifikatsiya uchta o‘yindan oshmaydi.
Izoh (0)