So‘nggi to‘rt kun ichida Rossiya qo‘shinlari va “Vagner” jangarilari taktik jihatdan Donbassdagi Soledar shahri tomon oldinga siljidi. Buyuk Britaniya razvedkasi tegishli hisobotni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu Baxmutni shimoldan va sharqdan chetlab o‘tishga urinishni anglatadi. Soledar Baxmutdan 10 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, uni qo‘lga kiritish Rossiyaning asosiy tezkor maqsadi bo‘lib qolmoqda.
“Harbiy harakatlarning bir qismi Baxmut hududi ostidan o‘tuvchi tuz konlarining 200 kilometrlik tunnellariga kirishda jamlangan”, — deyiladi xabarda.
Ammo Baxmutni egallashga bosim kuchayganiga qaramay, Britaniya razvedkasiga ko‘ra, Rossiya yaqin kelajakda shaharni o‘rab olishi dargumon. Bu Ukraina qo‘shinlarining barqaror mudofaa chizig‘ini saqlab turishi va ta’minot yo‘llarini nazorat qilishi bilan bog‘liq.
Mavzuga doir:
- “Hamma narsa vayron bo‘lgan, hayot deyarli yo‘q” — Zelenskiy Soledar uchun kechayotgan shiddatli janglar haqida gapirdi
- Zelenskiy urush o‘chog‘i bo‘lgan Baxmutga tashrif buyurdi (video)
- Rossiya harbiylari taktikani o‘zgartirdi: Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat haqida ma’lumot berildi
- Rossiya harbiylari Baxmutda Severodonetsk va Lisichanskdagi xatolarini takrorlamoqda — ISW
- Rossiya oldinga siljishga urinmoqda, Ukraina qo‘shinlarida yo‘qotish katta. NYT Baxmut yaqinidagi shiddatli janglar haqida maqola e’lon qildi
Izoh (0)