“An-Nassr” bosh murabbiyi Rudi Garsiya Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni jamoasiga o‘tishini Pelening AQSHga o‘tishi bilan qiyosladi.
“Bu Pelening AQSHga ketishiga o‘xshab ketadi. Ayniqsa, bu Saudiya Arabistoni futboli, sporti va madaniyati rivojiga hissa qo‘shadi. Bu biz uchun ham, “An-Nassr” uchun ham, shuningdek, Saudiya Arabistoni uchun ham juda yaxshi.
Krishtianu Ronaldu — o‘yinchidan-da ortiqroq. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri”, — deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Pele 34 yoshida Amerikaning “Nyu-York Kosmos” jamoasiga o‘tgandi. Braziliyalik afsona u yerda 1975-yildan 1977-yilga qadar to‘p surgan.
Izoh (0)