Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Nexia va Spark to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 4-yanvar kuni soat 20:00 larda 4R-43 Marjonbuloq—Qo‘shrabot avtomobil yo‘lining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan 99-kilometrida sodir bo‘lgan.
Nexia-3 haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, yo‘lning qiya burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Spark haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)