• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    Ba’zan xorij san’atkorlarining mashhurlikka erishgunga qadar yomon sharoitda yashagani, og‘ir mehnat bilan shug‘ullangani haqidagi ma’lumotlarni o‘qib, hayron qolamiz. Nahotki o‘sha mashhur inson ham hayotda qiyinchilikka uchragan bo‘lsa, degan savol xayolimizdan o‘tishi aniq. O‘zbek san’at vakillari orasida odamlar hayratining oshishiga sabab bo‘ladigan mashhurlar juda ko‘p. Ular mashhur bo‘lishdan avval oddiy ishchi bo‘lib ishlashganini yashirmaydi.

    Shukurullo Isroilov: “O‘likxonada ishlashga majbur bo‘lganman”

    Uch yoshida otadan yetim qolgan Shukurullo Isroilovning bolaligi og‘ir o‘tgan. U maktab formasi yaroqsiz holga kelguniga qadar kiyishga majbur bo‘lgani va daftar-kitob sotib olish uchun ta’tilda ishlagani haqida aytib berdi.

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    — Onam oilamizning yolg‘iz boquvchisi bo‘lgani uchun o‘quvchilik paytimdan ishlashni boshlaganman. Ta’tilda ishlab, maktab formalarim uchun pul to‘plardim. Yettinchi sinfdan boshlab 3 oylik ta’tilni limonad zavodida o‘tkazganman. Yashik tashiganim uchun 80-90 so‘m pul berishardi. Undan keyin bog‘bonchilik qilganman. Hatto maktabni bitirish arafasida darslardan keyin pochtachilik qilishimga ham to‘g‘ri kelgan.

    Onam rahmatli shifokor bo‘lishimni orzu qilib, 11-sinfni bitirganimdan keyin “ToshMI”ga hujjat topshirtirgandi. Afsuski, 5 ball yetmay talabalikka qabul qilinmaganman. Onam bekor yurmagin deb 15-kasalxonaga sanitar xodim sifatida ishga joylashtirib qo‘ygandi. Bir necha oy ishlaganimdan keyin bir tanishim o‘likxonada ko‘p maosh to‘lashlari haqida aytib qolgan. Ko‘p pul bersa bo‘ldi, deb o‘lik tashishga ham majbur bo‘lganman, — deydi Shukurullo Isroilov.

    Valijon Shamsiyev Shukurullo Isroilov bir inson hayotini saqlab qolgani haqida 

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    — Shukurullo akaning oilasi moddiy jihatdan qiynalgan paytlarda kasalxonada ishlashga majbur bo‘lganligi haqida eshitgandim. Yaqinda bir inson kelib minnatdorlik bildirganiga guvoh bo‘ldim. Kattaroq lavozimdagi inson ancha yillar avval ko‘richagi yorilib, shoshilinch kasalxonaga olib kelingan ekan. Aksiga olib o‘sha vaqt lift ishlamay qolgan. Shukurullo aka bemorni to‘rtinchi qavatga ko‘tarib olib chiqib, hayotini saqlab qolgan ekan.

    Shahlo Zoirova kirakashlik qilgan

    “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova ham moddiy qiyinchiliklar sabab bolaligidan mehnat qilishga majbur bo‘lgan. U ikkinchi sinfda o‘qiyotganida avtobus haydovchilari uchun choy sotgani, undan keyin maktab o‘quvchilari uchun ruchka-daftar sotib pul to‘plagani haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

    Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

    — Hayotda yaxshi yashash uchun intilish, kimningdir ko‘magini kutib yashash kerakmasligini erta tushunganman. Shu bois harakatni ancha erta boshlaganman. Institutga kirish uchun bir necha bor uringanman, ammo uch yil omad kulib boqmagan. O‘qishga kirolmagan yilim ayollar sumkasi sotadigan do‘kon bilan kelishib, savdo bilan shug‘ullanishga qaror qilganman. Savdodan ikki ming AQSh dollarini yig‘ib, bu yil pul berib bo‘lsa ham o‘qishga kiraman, deb ahd qilgandim. Ammo o‘sha yili omadim kelib, O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ikki ming dollar ham yonimga qolgan. Ana shu pulga oylik to‘lov evaziga Spark olib, darsdan so‘ng kirakashlik ham qilganman. Kirakashlik qilayotganimda juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Eng qizig‘i, o‘sha paytda “Million” jamoasida faoliyat yuritardim. Bekzod aka taksichilik qilishimni bilib, tanbeh bergandi. “Nima qilay, kirakashlik qilmasam qarzimni uzolmayman”, degandim. Qarzni ikki yarim yil deganda uzganimdan keyin mashina menga qolgandi, — deydi komik aktrisa Shahlo Zoirova.

    Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotgan

    Xonanda intervyularining birida bir necha yil avval pul topish uchun “Ippodrom” (Chilonzor buyum bozori, sobiq Otchopar) bozorida choy sotgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

    Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

    — Ba’zan mendan so‘rashadi, auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz, deb. Shu payt men ikki yil “Ippodrom”da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkalamiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman”, — deydi xonanda.

    Ziyoda oshxonada ofitsiantlik qilgan

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda ham bolaligida mehnat bilan shug‘ullangan. U darslardan so‘ng onasi ishlaydigan oshxonada ofitsiantlik qilgan.

    Foto: Instagram / @ziyodamusic

    Foto: Instagram / @ziyodamusic

    — Onam mohir oshpaz bo‘lgan. Darslardan so‘ng opalarim bilan oshxonaga borib, yordam berardik. Keyinchalik onam kichik tamaddixona ochgan. U yerda oilaviy ishlaganmiz. Darslardan so‘ng oshxonaga ofitsiantlik qilganman, — deydi xonanda Ziyoda.

    Aziz Umrzoqov soliq sohasida ishlagan

    “Daydi qizning daftari” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan Aziz Umrzoqov asli mutaxassisligi bo‘yicha aktyor emas. U O‘zbekiston Milliy universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida tahsil olgan. San’atkor bo‘lishdan avval esa soliq sohasida faoliyat yuritgan.

    Foto: Instagram / @azizumurzakov

    Foto: Instagram / @azizumurzakov

    — San’atkor bo‘lishni xayolimga ham keltirmaganman. Avvaliga bu soha men uchun hobbi edi. Universitetni bitirgach, soliq sohasida faoliyat yuritganman. Ish rejimi juda murakkab edi, erta tongdan to yarim kechga qadar ishda bo‘lardim. Qaysidir ma’noda birinchi oilamning ajrashuviga faoliyatim ham sabab bo‘lgan. Bu sohada ishlash juda qiyin, — deydi aktyor Aziz Umrzoqov.

    Nigora bog‘chada ishlagan

    Oybek va Nigora juftligidagi Nigora maktabni tamomlagandan so‘ng bir muddat bog‘chada enagalik qilgan.

    Foto: Instagram / @nigoraaarogin

    Foto: Instagram / @nigoraaarogin

    — Oilamiz kamtarona hayot kechirgan. Otam rahmatli avtobus haydovchisi, onam esa bolalar shifokori bo‘lgan. Maktabni tamomlagach, bir muddat bog‘chada enagalik ham qilganman. Bolalar bilan tez til topishganim uchun qiynalmaganman. Birinchi maoshimni olganimda ota-onam rosa xursand bo‘lishgan. O‘zim ishlab topgan pulga osh masalliqlarini olib, oila a’zolarimni xursand qilgandim, — deydi xonanda Nigora.

    Mashhura Zulfiqorova kafeda idish-tovoq yuvgan

    Keyingi paytlarda salbiy rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushayotgan aktrisa Mashhura Zulfiqorova ham ko‘plab qiyinchiliklardan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U kino olamiga kirishdan avval oilaviy tamaddixonasida idish-tovoq yuvuvchi ham bo‘lib ishlagan.

    Foto: Instagram / @mashhurazulfiqorova

    Foto: Instagram / @mashhurazulfiqorova

    — Bundan hech qachon og‘rinmayman. Haqiqatan ham bolaligimdan boshlab, oilaviy tadbirkorlikka jalb etilganman. Idish-tovoq yuvish va ofitsiantlik qilgan kunlarim ko‘p bo‘lgan. Toshkentga kelgach, rejissor Ibrohim Rasulovning assistenti bo‘lganman. Aktrisalarning kiyimlarini dazmollash va choylaridan xabar olish vazifam edi. O‘sha paytda ko‘pchilikdan qalbga og‘ir botadigan gaplarni eshitganman. Chunki ba’zi bir insonlar uchun oddiy yordamchiliklarning qadri bo‘lmaydi. Ammo shukr qilaman, ko‘p o‘tmay men ham aktrisa sifatida tanila boshladim. Qiyin kunlarni boshdan kechirganim uchun yordamchilarga og‘ir gapirmayman, — deydi Mashhura Zulfiqorova.

    Odina To‘xtasinova hamshiralikni uddalay olmagan

    “Sensiz”, “Sevgi” va “Shukrona” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Odina To‘xtasinova asli mutaxassisligi bo‘yicha hamshira. Ammo qondan qo‘rqqanligi sabab bu sohada ishlay olmagan va xorij tilini o‘rganishga qaror qilgan.

    Foto: Instagram / @odinaxon__official

    Foto: Instagram / @odinaxon__official

    — Ota-onam san’atkor bo‘lishimni istashmadi. Shu bois maktabni tamomlab, hamshiralik bo‘yicha tahsil olgandim. Ammo mutaxassisligim bo‘yicha faoliyat yuritolmadim. Kollejni tamomlagach, bir muddat kasalxonada ishlaganman. Og‘ir ahvoldagi bemorlarni ko‘rib, ruhan qiynaldim. Shundan so‘ng tibbiyot sohasida ishlolmasligimni anglab yetdim. Ikki yil davomida xorij tilini o‘rgatuvchi o‘quv markazga qatnadim. Koreys tilini mukammal o‘rganib, tarjimonlik faoliyatimni boshladim. Ammo bolalikdagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqim so‘nmadi. Kastinglarda ishtirok etib turdim. Ilk rolimni Davron Umarov rejissorligidagi “Jangavor qaynona” filmida ijro etganman, undan keyin “Qadam” serialida suratga tushdim, — deydi aktrisa Odina To‘xtasinova.

    Dili.me ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan

    Foto: Instagram / @dili.me

    Foto: Instagram / @dili.me

    Dili.me nomi bilan Instagram kuzatuvchilariga yaxshi tanish bo‘lgan Dilshod Nazarov ham katta qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan. U oilaviy sharoitining og‘irligi sabab uch yerda ishlashga majbur bo‘lganini yashirmaydi.— Oilada dadamdan boshqa hech kim ishlamasdi. Oilamiz u qadar katta bo‘lmasa ham moddiy qiyinchiliklar bo‘lib turgan. Shuning uchun kollejni bitirgach, ishlashga qaror qilganman. Ertalab bolalar jamoasiga aktyorlik mahoratidan dars berardim. Tushdan to kechga qadar taksichilik yoki ovqat yetkazib berish xizmatida ishlardim. Kechqurun esa to‘ylardagi navbatchi guruhlarga disk qo‘yib berish bilan shug‘ullanardim. To‘ydan yarim kechasi qaytishimga qaramay, ertalab yana o‘z vaqtida ishga borishimga to‘g‘ri kelardi, — deydi bloger Dili.me.

    Halimaxonim dollarchilikdan avval “Farhod” bozorida ishlagan

    Komik aktrisa Halimaxonim san’atdan tashqari tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanishi va asosiy daromadi shu sohadan topishini ko‘pchilik biladi. Xo‘sh, odamlar orasidagi mish-mishlar qanchalik haqiqat?

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — 1995-yil dadam vafot etganidan keyin moddiy jihatdan qiyinchiliklar bo‘lgan. Shu bois maktabni bitirgan yilim ishlashga qaror qilganman. 1996-yili bobomning yordamlari bilan “Farhod” bozoriga buxgalter yordamchisi bo‘lib ishga joylashganman. Chunki hisob-kitob va bozor arendasini undirishga usta edim. U yerda yetti yil ishlagach, ozgina sarmoya to‘plab valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganman. Undan keyin institutda o‘qishga kirdim. Ammo tadbirkorlikni bir chekkaga surib qo‘yganim yo‘q. Aksincha, faoliyatim yanada kengaydi. Bir necha yil import mahsulotlarini sotish bilan ham shug‘ullanganman, — deydi aktrisa va qiziqchi Halimaxon Ibragimova.

    Shavkat Komilov tansoqchi va kirakash bo‘lganAktyor va rejissor Shavkat Komilov bu sohada o‘qimagan bo‘lsa-da, film yaratishga usta. Xo‘sh, u san’at olamiga kirmasdan avval nimalar bilan shug‘ullangan?

    Foto: Instagram / @shavkat_komilov

    Foto: Instagram / @shavkat_komilov

    — Erkak kishi uchun kasb-korning uyati yo‘q, muhimi halol bo‘lsa bas. San’at olamiga kirmasdan avval restoranda tansoqchilik qilganman. Kunduzi esa kirakashlik ham qilardim. Bu kunlarni eslashdan hech qachon uyalmayman. Aksincha, bugungi natijalarim zamirida ana shunday mashaqqatli kunlarim borligidan xursand bo‘laman, — deydi aktyor Shavkat Komilov.

    Darvoqe, xonanda Alisher Fayz Ozodbek Nazarbekovning suyukli shogirdlaridan biri bo‘lganini ko‘pchilik biladi. Ammo u tanilganga qadar to‘ylarda “changyutgichlik” qilgani (o‘rtadagi pullarni yig‘uvchi) va disk qo‘yishga mas’ul bo‘lganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Xuddi shu vazifani xonanda Bahrom Nazarov ham bajargan.

    Mavzuga doir:

    • Karyerasi boshidagi rad javoblarga qaramay, muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur insonlar (foto)
    • Uitni Xyuston xotirasiga bag‘ishlanadi. Afsonaviy yulduzning so‘nishi tarixi
    • Shon-shuhrat qiymati: “Zorro” yulduzi Ketrin Zeta-Jons mashhurlik uchun qanday tovon to‘lagan?
    • Maykl Jekson: Pop musiqasi qirolining bolaligi, shon-shuhrati va fojiasi (foto)

    03.01.2023, 16:02   Izoh (0)   23713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    03.01.2023, 15:00

    Sevgi yosh tanlamaydi: O‘zbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq bo‘lgan mashhur juftliklar (foto)

    03.01.2023, 13:57

    “Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va o‘zbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qo‘shiqlar (video)

    03.01.2023, 12:53

    “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    03.01.2023, 11:55

    Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    03.01.2023, 10:47

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    03.01.2023, 09:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Eron-Isroil urushida nimani yo‘qotishdan qo‘rqadi yoki nimalarga ega bo‘ladi?

    Dunyo | 18 iyun, 19:35

    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

    Reklama | 18 iyun, 19:30

    Isroil operatsiya boshlanganidan beri Erondagi 1,1 mingta obyektga hujum qildi

    Dunyo | 18 iyun, 19:27

    Omadsizlikdan qo‘rqmaydiganlar: “Oltin malina” mukofotini shaxsan qabul qilishga kelgan mashhurlar

    Kino | 18 iyun, 19:15

    Isroilning nozik nuqtasi: “Temir gumbaz” nega Eron raketalarini tutib qola olmayapti?

    Dunyo | 18 iyun, 19:05

    Xitoy Eronga sirli samolyotlar jo‘natdi

    Dunyo | 18 iyun, 18:50

    “Parkentga ham istiqlol shabadasi, islohotlar natijasi yetib kelganini ko‘rib, xursand bo‘ldim” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 18 iyun, 18:38

    “Tehron muloqotga tayyor, ammo Vashingtonga ishonchini yo‘qotgan” — Eron TIV vakili

    Dunyo | 18 iyun, 18:30

    Jastin va Xeyli Biber yashirincha ajrashdi — OAV

    Shou-biznes | 18 iyun, 18:21

    “Barselona” darvozabon sotib oldi

    Sport | 18 iyun, 18:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.