• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    Ayrim ijodkorlar fikricha, salbiy rollarni ijro etish qiyin, ammo bunday rollarning ko‘pchiligi tomoshabinlar e’tiborini tortadi. Quyidagi ijodkorlar rollarini shunchalik ishonarli ijro etishganki, oqibatda tomoshabinlar “nafrati”ga uchragan.

    “Gulchehra Ibrohimbekovani ko‘rgani ko‘zim yo‘q!”

    Foto: Instagram / @gulchehra__ibrohimbekova__

    Foto: Instagram / @gulchehra__ibrohimbekova__

    Aktrisa Ibrohim Rasulovning “Begona bahor” filmida qattiqqo‘l qaynona rolini ijro etgan. Film tomoshabinlar e’tiboriga tushgani uchun qaynonaning salbiy fe’l-atvori va keliniga qilgan zulmi keng jamoatchilik tomonidan muhokama etilgan.

    — Bu filmdagi rolim haqida yaxshi va yomon gaplarni ko‘p eshitganman. Roldan ta’sirlanib, keliniga zug‘um qilmaslikni anglab yetgan qaynonalar haqida ham ko‘p eshitganman. Yoki aksincha, qaynonam rolingizdagidek deb kelgan kelinlar ham bo‘lgan. Hatto bir necha marta yuzimga “Shu rolingizdan keyin sizni ko‘rgani ko‘zim qolmagan. Tanbal qizingizning boshini silab, kelinni siltadingiz”, degan gaplarni ham eshitganman. Film g‘oyasi hayotiy bo‘lgani uchun ham tomoshabinlarga manzur kelgan. Odatda ijobiy rolga nisbatan salbiy rolning ta’sir etish kuchi ortiqroq bo‘ladi. Agar ijroyimdagi qaynonani ko‘rib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olganlar bo‘lsa, bundan quvonaman.

    Shamsiqamar Mansurovani yaxshi qizlarga o‘xshatishmagan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aktrisa 1972-yil suratga olingan “Bahor qaytmaydi” videofilmida kichik epizod rol ijro etgan. Alimardon To‘rayevning ma’shuqasi roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    — Sochim hamisha kalta bo‘lgan, uzun va keng ko‘ylak kiyishni ham yoqtirmaganman. Shu sabab ko‘pchilik rejissorlar salbiy rollarga taklif etishardi. “Bahor qaytmaydi” videofilmida suratga tushishimga ham kalta sochim sabab bo‘lgan. Unda kichik sahnada suratga tushganman, ammo tomoshabinlarga jiddiy ta’sir etgan. Rosti, bir muddat ko‘cha-ko‘yda yurolmay qolganman. Rolimni qoralashgan, hatto qo‘llari bilan ko‘rsatgan paytlari ham bo‘lgan. Albatta, bu rolning ishonchli chiqqanidan darak beradi, ammo baribir ko‘pchilikning orasida noqulay vaziyatga tushish menga alam qilgan. Hatto, bir kuni tramvayga chiqmoqchi bo‘lganimda bir nechta ayollar men bilan ketishni istamay, haydovchiga eshikni yoping, deb baqirishgan. O‘shanda salbiy rolning yukini ko‘tarish naqadar og‘ir ekanligini anglaganman.

    Barchin G‘ofurovani bo‘g‘ib o‘ldirishmoqchi

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Foto: Instagram / @barchin_gafurova

    Aktrisa “Milliy” telekanalida namoyish etilayotgan “Baxt ovchisi” serialida erkaklarni yo‘ldan uruvchi, o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan hayo qilmaydigan Zulya rolini ijro etgan. Yengiltak ayol roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

    — “Baxt ovchisi” serialidan so‘ng Instagram profilimga tinimsiz haqoratli so‘zlar yozadigan bo‘lishdi. Hatto ba’zi ayollar ochiqdan ochiq “Sizni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchiman!” deb po‘pisa ham qilishdi. Yashirmayman, mazkur serialdagi Zulya roli ko‘pchilikni nafratlantirdi. Agar ijroyim orqali tomoshabinlarni ishontirolgan bo‘lsam, xursandman. Ko‘pchilik rolimdan nafratlanadi, ammo hayotda uchratgach “Boshqacha inson ekansiz. Nega bunaqa rol ijro etdingiz?” deyishadi. Yashirmayman, serial efirga ketishni boshlagandan buyon yaqinlarimga nisbatan ham tanqid toshlari otilmoqda. Nachora, odamlar bir kun rol shunchaki ijro ekanligini tushunib yetishlariga umid qilaman, — deydi Barchin G‘ofurova.

    Mirolim Qilichevning ustidan onasiga shikoyat qilishgan

    Foto: Instagram / @mirolim_qilichev_official

    Foto: Instagram / @mirolim_qilichev_official

    Aktyor Mirolim Qilichev 2019-yilda “Zalolat” serialida suratga tushgan. Uning qahramoni Muxtor qaynakasidan o‘ch olish uchun ayolini yo‘ldan uradi. Oxir-oqibat oila parokanda bo‘lib, Muxtorning qistovi bilan ayol eridan voz kechib, ichkilikka ruju qo‘yadi.

    — “Zalolat” seriali efirga uzatilayotgan paytda xalq orasida yurishga iymanganman. Chunki “Muxtorning afti qursin. Shunaqa ham odam bo‘ladimi? Sizga yarashmabdi”, degan gaplarni har kuni eshitardim. Bir kuni xizmatda onaxonga kelin-kuyovlarni tabriklash uchun navbat bersam, Muxtorning qilmishlarini muhokama qilib ketgandi. Ammo eng yomoni onamga borib, rolim ustidan shikoyat qilishgani bo‘lgan. Aslida bu serialda suratga tushishni istamagandim, rejissor iltimos qilgani uchun rad etolmaganman. Ammo ijro etgan rolimdan afsuslanmayman, — deydi Mirolim Qilichev.

    https://www.youtube.com/watch?v=IuBEIZHHA-k&t=679s

    “Mashhura Zulfiqorova, erim bilan yurmang”

    Foto: Instagram / @mashhurazulfiqorova

    Foto: Instagram / @mashhurazulfiqorova

    Aktrisa, asosan, salbiy rollarda suratga tushadi. Shu yili u ishtirok etgan “Daydi qizning daftari” seriali ham ko‘plab muhokama va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Uning qahramoni Xurshida qizi Taxminani o‘zi tanlagan taqdir yo‘lidan yurishini va yengil pul topishini istaydi.

    — Aslida ijobiyga nisbatan, salbiy rolni yaratish qiyin. Ammo buni hamma ham to‘g‘ri tushunmaydi. Ekrandagi qiyofangizga qarab, sizni shunday inson deb biladiganlar ham ko‘p. Yaqinda qiziq voqea bo‘ldi. Do‘konga kirsam bir ayol yonimga kelib, “Sizni juda yomon ko‘raman, hatto erim siz suratga tushgan serialni ko‘rib o‘tirgan bo‘lsa ham rashk qilaman”, deb biroz qo‘pol muomala qildi. Unga bosiqlik bilan hayotda hamma yaxshi bo‘lmaganidek, seriallarda ham yomon ayollar bor. Ularning rolini kimdir ijro etishi kerak-ku, dedim. Bu gapimdan keyin ayol biroz xijolat bo‘lib uzr so‘radi. Bu voqeadan avval esa Instagram’ga mashinada tushgan rasmimni qo‘ysam, “Erimning mashinasida nima qilyapsiz? Meni bolalarim bor” kabi g‘alati xabarlar ham kelgandi. Go‘yoki bunday mashina faqat o‘sha ayolning erida bordek. Bu juda g‘alati va kulgili holat. Aktrisa o‘z nomi bilan ijrochi. U hayotda ham shunday inson degan gap esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deydi aktrisa.

    Feruza Sobitovaning “detdom”dagi bolasi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aktrisa shu kungacha ko‘plab salbiy rollarni ijro etgan. Ammo Shohruh reperning “Bolaligim” klipidagi ishtiroki ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. U klipda yengiltabiat ayol rolini ijro etgan.

    — Klipdan keyin ko‘pchilik yoshi ulug‘ ayollardan tanbeh eshitganman. Hatto ko‘cha-ko‘yda yonimga kelib, “Es-hushingni yig‘ib, “detdom”dagi bolangni qaytarib ol, uvoliga qolasan”, deganlar ham bo‘lgan. To‘g‘risi, bu gaplarni eshitib g‘alati ahvolga tushardim. Balki, klip suratga olingan paytda tomoshabinlar meni yaxshi tanishmagani uchun shunday hangomalar bo‘lgandir. Ammo hozir bunday voqealar bo‘lmaydi. Faqatgina salbiy rollardan keyin “Bo‘ldi, bunday rol o‘ynamang, sizga yaxshi ayollarning roli ham yarashadi”, degan gaplarni eshitaman, — deydi Feruza Sobitova.

    Gulnora Tolipova baqiroq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar nafratiga uchragan

    Foto: Instagram / @gulnoraxon_888

    Foto: Instagram / @gulnoraxon_888

    Aktrisa “Jurnalist” serialida baqiroq qaynona rolini ijro etgandan so‘ng tomoshabinlar nafratiga uchragan. Uning keliniga kun bermas, o‘g‘lini ham muammolarga ko‘mib tashlagan ona roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    — “Jurnalist” seriali efirga berilayotgan payt “Chorsu” bozoriga ro‘zg‘orlik qilish uchun bordim. Hamma xaridorlar singari kartoshkaning narxini so‘rasam, sotuvchi ayol jahl bilan “Senga kartoshka sotmayman”, degan. Gapidan hayron bo‘lib tursam “Uyatsiz birovning qizini ham shunchalik xo‘rlaysanmi? Malika indamay xizmatingni qilyapti-ku”, desa bo‘ladimi?! Men ham asli bozorchi bo‘lganim uchun bo‘sh kelmaganman. O‘rtada rosa bahslashuv bo‘lgan. U menga kartoshka otib, “Chorsu”ga ortiq qadam qo‘ymasligimni aytgandi. Undan keyin “Shukrona” serialida o‘g‘lining hayotini buzib, ikkinchi xotin olib beradigan ona rolini ijro etganman. Serial tugagach, ko‘chada bir ayol yonimga kelib “Ajab bo‘pti, keliningizning uvoli tutib jinni bo‘lib qoldingiz”, degandi, — deydi aktrisa.

    “Ma’rufxon Muhammedovga qizimni bermayman”

    Foto: Instagram / @marufxon_muxammedov

    Foto: Instagram / @marufxon_muxammedov

    Aktyor 2017-yil suratga olingan “Fitna” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U oilali ayol bilan don olishib, uning oilasi buzilishiga sababchi bo‘ladi. Serialdagi yigit va ayol munosabatlari tomoshabinlar nafratini qo‘zg‘atib, hatto Nozima rolini ijro etgan aktrisa Feruza Normatovaga nisbatan ham tanqid toshlari otilgandi.

    — Asli aktyor emas, savdogarman. “Fitna” serialidan so‘ng bozorlarga borishga uyalib qolganman. Chunki ko‘pchilik tomoshabinlar rolim haqida salbiy fikr bildirishgan. “Shunchalik ham bo‘lasizmi, ikkita bolaning uvolidan qo‘rqmadingizmi? Chiroyli bola ekansiz, o‘z tengingizni topardingiz?” kabi ko‘plab tanqidlarni eshitganman. Ammo eng yomoni onam sovchilikka borgan joylar  “O‘g‘lingizning ayollarga suyagi yo‘q-ku, rolni ishonarli o‘ynagan. Demak, hayotda ham shunday bola”, deyishgan. Rol sabab ancha xonadonlardan rad javobini olganmiz. Shukrki, taqdirim boshqa inson bilan ekan. Oila qurdim, farzandli bo‘ldim. Tomoshabinlarning ham men haqimdagi yomon fikrlari unutildi, — deydi Ma’rufxon Muhammedov.

    Jayronaning mashinasi balonini teshib ketishgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Yosh aktrisa Jayrona ko‘plab film va seriallarda salbiy rollarni ijro etgan. Ayniqsa, “Qora atirgul” serialidagi Munira rolidan keyin tomoshabinlar nafratiga uchragan, desak ham bo‘ladi.

    — “Qora atirgul” serialidan keyin tanqidlar bo‘ronida qolganman. Sabinaning hayotiga achingan tomoshabinlar Munirani qarg‘ab, haqorat qilishardi. Hatto oldimga kelib “Birovni oilasini buzib charchamadingizmi?” deganlar ham bo‘lgan.  Bir marta Spark rusumli avtomobilimning balonini teshib ketishgan. Haqoratli so‘zlarni kuniga kamida 10-15 ta jo‘natishardi. Hurmatli tomoshabinlar, salbiy rolga ishondingizmi, demak, aktrisa mahoratli — yo‘qsa sizni ishontirolmagan bo‘lardi, degim keladi. Ammo buni hamma ham tushunavermaydi-da.

    https://www.youtube.com/watch?v=y8EVrbj0-2A&t=3259s

    Fotima Berdiyeva Taxmina obrazini yaratganidan afsusda

    Foto: Instagram / @fotimaberdiyevaofficial

    Foto: Instagram / @fotimaberdiyevaofficial

    “Daydi qizning daftari” filmida Taxmina rolini ijro etgan. Fohishalik yo‘liga kiradigan yosh qiz tomoshabinlar g‘azabiga uchradi, ayrimlar uni jabrdiyda, boshqalar esa ustomon qiz deb ta’riflashdi.

    — Ba’zi insonlarda aktrisaga roliga qarab munosabat bildirishadi. Bu noto‘g‘ri! Taxmina rolidan keyin ko‘plab gap-so‘zlar tarqaldi. Hatto men bilan suratga tushgan aktyorning ayoli bilan biroz tortishib qoldik. Rolim (ijroyim emas) ko‘plab tanqidlarga uchradi. Gap-so‘zlar ota-onamga ham qaratilgani uchun rolga rozilik berganimga biroz afsuslandim. Shu bois ortiq rol ijro etmaslikka qaror qildim. Balki, kun kelib bu fikrimdan qaytarman yoki yo‘q. Buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo rol bilan hayotni aralashtirib yuborishlari meni biroz ranjitdi.

    Asolat Tursunovaga tarsaki tushirishgan

    Foto: Instagram / @asolat_tursunova

    Foto: Instagram / @asolat_tursunova

    Aktrisa Asolat Tursunova “Qodirxon” serialida ayyor, ustomon kelin rolini ijro etgan. Uning roli ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    — Serial namoyish etilgandan so‘ng, ko‘chada notanish inson yuzimga tarsaki tushirgan. Kutilmagan zarbdan o‘zimni yo‘qotib, uyga yig‘lab kelganman. O‘shanda ustozimiz rahmatli Mirza Azizovning “Shu rolni o‘ynadingizmi xalq toshbo‘ron qilishiga ham chidashingiz kerak”, degan gaplarini esladim. Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin.

    Mavzuga doir:

    • Salbiy rollari bilan mashhur bo‘lsa-da, qalbi mehrga to‘la hind aktyori — Shakti Kapur haqida
    • Tomoshabinlar qalbidan ijobiy qahramonlarga qaraganda ko‘proq joy olgan salbiy obrazlar (foto)
    • Filmdagi obrazi uchun qiyofasini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • Ikkinchi darajali rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktyor va aktrisalar (foto)

    03.01.2023, 10:47   Izoh (0)   27743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    03.01.2023, 09:53

    Instagram: Aziza Nizomovaga Tracker, Littos’ga Malibu sovg‘a qilishdi, muxlisasining orzusini amalga oshirgan Nilufar Usmonova

    02.01.2023, 22:59

    Uch dahoni ulg‘aytirgan ona: 70 yoshida ham kosmetika brendi yuzi bo‘lishni uddalagan mashhur model — Mey Mask hikoyasi

    02.01.2023, 21:51

    Konsert bermaydi, qoshlarini termaydi, ro‘mol va do‘ppisiz sahnaga chiqmaydi. O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar

    02.01.2023, 19:56

    Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)

    02.01.2023, 17:43

    “Sigir sog‘a oladigan diplomat”. Xorvatiyaning hashamatdan voz kechib, milliy qahramonga aylangan sobiq prezidenti — Kolinda Grabar-Kitarovich haqida

    02.01.2023, 17:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.