• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    Yodingizda bo‘lsa, 10-15 yillar avval xususiy filmlar ommalashganda rejissorlar yoppasiga mashhur qiyofalardan foydalanishni boshlashdi. O‘shanda xonanda, raqqosa, hatto dizaynerlar ham filmlarda asosiy qahramonlar rolini ijro etishgan edi. Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deganlaridek, omadsiz ijrolar ham ko‘paygan. Quyida sizga filmda suratga tusholmasligini anglab yetgan ijodkorlarni tanishtirib o‘tamiz.

    Rayhon 

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Foto: Instagram / @rayhonganieva

    Aslida “Kechir” filmidagi Samira Rayhonning ilk roli emas. U xonandalik faoliyatidan avval 1999-yili suratga olingan “Zanjir” serialida Nargiza rolini ijro etgan. Undan keyin musiqiy filmlarda suratga tushdi. 2007-yili esa “Kechir” drama filmida Samira rolini ijro etdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u filmning ssenariy muallifi va prodyusseri ham hisoblanadi. Film kutilganidek muvaffaqiyatli chiqmagani uchunmi yoki boshog‘riqlari sababmi, Rayhon ortiq film suratga olmaslikka va rol ijro etmaslikka ahd qilgan.

    Lola Ahmedova

    Foto: Instagram / @lolaahmedova

    Foto: Instagram / @lolaahmedova

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova 2004-yil suratga olingan “Muhabbatimsan” filmida bosh rolni ijro etgan. Ammo film xonandaning ijodiy faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan.

    — Filmda suratga tushishni istamaganman. Tabiatan tortinchoq bo‘lsam, kadrda rol ijro etolmayman, deb taklifni rad etgandim. Shunda rahmatli aktyor Mirza Azizov “Men sizga yordam beraman, rolni zo‘r qilib o‘ynaysiz”, deb motivatsiya bergandi. Mana shu inson sabab rolni qabul qilganman. Ammo suratga olish maydonchasida qiyinchiliklar bo‘lgan. Shu bois ortiq filmlarda suratga tushmaslikka jiddiy ahd qilganman, — deydi xonanda Lola Ahmedova.

    Nilufar Usmonova

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Nilufar Usmonova “Muhabbat sinovlari” filmidan so‘ng Zebo Navro‘zovaning “Bo‘rilar” filmida asosiy rollardan birini ijro etgan. Ammo unday keyingi takliflarni rad etdi.

    — Men aktrisa emasman, shu bois rol uchun sarflagan energiyamni yangi qo‘shiqlar yaratishga yo‘naltirganim ma’qul, — deydi xonanda.

    Ziyoda “Ijarachilar”

    Foto: Instagram / @ziyodamusic

    Foto: Instagram / @ziyodamusic

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda ijodining ilk yillarida ko‘plab filmlarda suratga tushgan. U “Boyvachcha”, “Achchiq hayot”, “Nortoy”, “Bekorchilar makoni”, “Enagalar”, “Ijarachilar” va “Uchrashuv” filmlarida rol o‘ynagan. U Jahongir Poziljonovning komediya filmlarida navbatchi aktrisa bo‘lgan, desak xato bo‘lmaydi. Ammo xonanda keyingi paytlarda filmlarda suratga tushayotgani yo‘q. Uning vaqti tig‘iz, balki ortiqcha reklamaga ham zarurat sezmayotgandir.

    Nigora 

    Foto: Instagram / @nigoraaarogin

    Foto: Instagram / @nigoraaarogin

    Ilgari Nigora ham filmlarda faol bo‘lgan. U Jahongir Poziljonovning “Boyvachcha”, “Shomurod va Durdona” va “Oling quda, bering quda” filmlarida bosh rollarni ijro etgan.

    — Hozir uchta bola va xalq xizmatidan ortib, filmda suratga tushishga vaqtim yo‘q. Menimcha, avvalgidek filmlar ham suratga olinmayapti, — deydi xonanda Nigora.

    Ruhshona 

    Foto: Instagram / @ruxshonaofficial

    Foto: Instagram / @ruxshonaofficial

    Xonanda Ruhshona qo‘shiqlari ommalashmasidan avval “Bekorchilar makoni”, “Enagalar” va “Xizmat doirasidan tashqari” filmlarida suratga tushgan. So‘nggi filmida xonanda Guli rolini ijro etgan.

    — Filmlarda suratga tushishini yoqtiraman. Uzoq tanaffusdan keyin Dilshod Ahmedovning “Xuligan” serialida suratga tushyapman. Suratga olish maydonchasiga borib, rol o‘ynashni sog‘inganimni his qildim, — deydi xonanda Ruhshona.

    Ulug‘bek Rahmatullayev

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    Foto: Instagram / @ulugbekrahmatullaev

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev 2005-yilda “Nahotki sen” filmida talaba yigit epizod rolida suratga tushgan. Undan so‘ng “Voy-dod sumalak” va “Ada emas, dada” filmlarida suratga tushgan. Eng so‘nggi rolini esa 2012-yilda suratga olingan “Aql va yurak” filmida ijro etgan. Mazkur filmda undan tashqari Zarina Nizomiddinova, Munisa Rizayeva, Alisher Uzoqov va Sevara Soliyeva ham suratga tushishgan.

    Munisa Rizayeva 

    Foto: Instagram / @munisarizaeva

    Foto: Instagram / @munisarizaeva

    Munisa Rizayeva ilk bor 2010-yilda rejissor Yodgor Nosirovning “Hijron” filmida rol ijro etadi. Undan so‘ng “Firibgar”, “Hay-hay qizaloq”, “Aql va yurak”, “Kichkina xo‘jayin”, “Salom, Natasha”, “Nafs” va singari kinolardagi turli xarakterdagi rollari orqali aktrisa sifatida tomoshabinlar e’tiborini qozonadi. Ammo xonanda “Kichkina xo‘jayin” va  “Salom, Natasha” filmlarida rol ijro etganidan afsuslanishini aytgandi.

    Lola 

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    Xonanda Lola Yo‘ldosheva ilk rolini 1999-yili suratga olingan “Navro‘z ayyomi” myuziklida suratga tushgan. Undan so‘ng “Sevinch”, “Kelgindi kuyov”, “Yarim baxt”, “Jodugar”, “Yondiradi-kuydiradi”, “G‘aroyib orzular” va “Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin” filmlarida suratga tushgan. Afsuski, xonanda 2014-yildan buyon birorta filmda suratga tushayotgani yo‘q.

    Shahzoda 

    Foto: Instagram / @shahzodasinger

    Foto: Instagram / @shahzodasinger

    Xonanda Shahzoda ilk rolini 2000-yili suratga olingan “Tohir va Zuhra” musiqali filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Sevinch”, “Sarvinoz”, “Fotima va Zuhra”, “Zumrad va Qimmat”, “Majruh”, “Nafs” va “O Maryam, Maryam” filmlarida suratga tushgan. So‘nggi rolini 2016-yili suratga olingan “Navro‘z muborak” myuziklida ijro etdi.

    Manzura 

    Foto: Instagram / @manzura_singer

    Foto: Instagram / @manzura_singer

    Xonanda Manzuraning filmografiyasi aktrisalarnikidan kam emas. U ilk rolini 2000-yili suratga olingan “Tohir va Zuhra yangi talqinda” myuzklida ijro etgan. Undan so‘ng “Muhabbat sinovlari”, “Nahotki sen”, “Sevginator” kabi filmlarda suratga tushgan. Ayniqsa, “Sevginator” filmidagi Malomat roli tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan.

    Sharof Muqimov 

    Foto: Instagram / @sharofmukimov_official

    Foto: Instagram / @sharofmukimov_official

    Sharof Muqimov ilk rolini 2002-yilda Muhammad Ismoil ssenariysi asosida suratga olingan “Balog‘at bekati” filmida ijro etgan. Mazkur film “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvida bir necha qismlarga bo‘lib namoyish etilgan. Undan so‘ng Burhon Sharopovning “Jonim seni yoxud egizaklar”, “Niqob” filmlarida, rejissor Muzaffar Erkinovning “Armon” filmlarida suratga tushdi. 2015-yilda sobiq turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan birga “Baxt ortidagi dard” filmida suratga tushdi.

    Shohruxxon 

    Foto: Instagram / @_shohruhhon_

    Foto: Instagram / @_shohruhhon_

    Xonanda Shohruxxon ilk rolini 2006-yilda “Rameo va Juletta yoxud la’natlangan sevgi” filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Yarim baxt”, “Aprel-may”, “Bo‘rilar”, “Quvg‘in”, “Shaharlik olifta”, “Oxirgi qarz”, “Sog‘inch”, “Erka kuyov” va “Sen ketma” kabi filmlarda suratga tushgan.

    Sevinch Mo‘minova 

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    Xonanda Sevinch Mo‘minova xonandalik faoliyati boshlamasdan avval 2002-yilda kinorejissor Qamara Kamolovaning “Dilhiroj” filmida suratga tushgan. Undan so‘ng “Baxt uchun million”, “Sunami” va “Baxt ortidagi dard” filmlarida asosiy rollarni ijro etgan.

    Dilniyoz G‘afforov

    Foto: Instagram / @eldido_dilniyoz

    Foto: Instagram / @eldido_dilniyoz

    “Eldido” guruhi  vakili Dilniyoz G‘afforov asli mutaxassisligi bo‘yicha aktyor, shu bois unga filmlarda suratga tushish qiyinchilik tug‘dirmaydi. U “Sevgi farishtasi”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Kunlardan bir kun”, “Andijoncha muhabbat” filmlarida suratga tushgan. Dilnoza Kubayeva bilan suratga tushgan filmi tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan.

    Mavzuga doir:

    • Munisa Rizayeva o‘zi rol o‘ynagan filmlarni tanqid qildi
    • Zarina Nizomiddinova, Rayhon Ulasenova va o‘zbek shou-biznesidagi faoliyatini raqqosalikdan boshlagan boshqa mashhurlar (foto)
    • Kliplardagi obrazlari bilan el nazariga tushgan o‘zbek aktyor va aktrisalari (video)

    03.01.2023, 11:55   Izoh (0)   22945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    03.01.2023, 10:47

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    03.01.2023, 09:53

    Instagram: Aziza Nizomovaga Tracker, Littos’ga Malibu sovg‘a qilishdi, muxlisasining orzusini amalga oshirgan Nilufar Usmonova

    02.01.2023, 22:59

    Uch dahoni ulg‘aytirgan ona: 70 yoshida ham kosmetika brendi yuzi bo‘lishni uddalagan mashhur model — Mey Mask hikoyasi

    02.01.2023, 21:51

    Konsert bermaydi, qoshlarini termaydi, ro‘mol va do‘ppisiz sahnaga chiqmaydi. O‘zbek shou-biznesidagi an’anasiga sodiq mashhurlar

    02.01.2023, 19:56

    Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)

    02.01.2023, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Abduqodir Husanov to‘yi yulduzlarni jamladi, Milena Madmusayeva yangi mashinali bo‘ldi, Munisa Rizayevaga 10 ming dollarlik soat sovg‘a qilishdi

    Shou-biznes | 30 may, 09:48

    HAMAS rasman AQSHning o‘t ochishni to‘xtatish rejasini rad etdi

    Dunyo | 30 may, 09:37

    Aktyor bo‘lmaganda, film ham bo‘lmasdi: Gollivud yulduzlari uchun maxsus yaratilgan rollar

    Madaniyat | 30 may, 09:26

    Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 09:15

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.