• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Ko‘pincha mashhur insonlar hayoti davomida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq mashhurlik hamda muvaffaqiyatga osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Taqdir taqozosi bilan gohida musofirlikni ham boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Quyida xorijiy mamlakatlarda turli qora ishlarni qilib, tirikchilik uchun pul ishlagan mashhurlar haqida so‘z yuritiladi.

    Hamdam Sobirov

    “Qora atirgul”, “Maktabimda” va “Tentakcham” kabi qo‘shiqlari bilan omma e’tiboriga tushgan, hozirgi kunda YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinayotgan xonanda Hamdam Sobirov ijodni boshlamasidan avval Rossiyaga muhojir sifatida borgan. Chunki oilasining moddiy ahvoli u qadar yaxshi emasdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mehnatning aybi yo‘q. Men ham bir yarim yilga yaqin qurilish ishlarida ishlaganman. Muhojir bo‘lib yashash qiyin. Avvaliga maoshimni vaqtida berishgan, ikki-uch oydan keyin ‘o‘yinlar’ boshlangan. Ish beruvchilar pul berishni paysalga solgandan keyin O‘zbekistonga qaytishga qaror qilganman, — deydi Hamdam Sobirov.

    Alixan

    Foto: Instagram / @alikhan

    Foto: Instagram / @alikhan

    “Qilmagan ishim qolmagan, to‘g‘risi. Bir xil odamlarga o‘xshab villada yashayapman yoki mana bu mening villam deb, Mercedes’ning oldida rasmga tushib, pafos yasagim kelmaydi. To‘g‘risini aytsam, pol artishdan tortib idish yuvishgacha qilmagan ishim qolmagan. Birinchidan, u yerda talabaman. Ertalabdan kechgacha ishlashga haqimiz yo‘q, huquqimiz ham. Bu degani har qanday ish sizni quchoq ochib kutib olmaydi. Ham tilni bilmayman.

    Til o‘rganishga endi qadam bosganman. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, restoran yoki McDonald’s kabi fastfudlarda idish-tovoq yuvishdan boshlab, sekin-sekin gamburger tayyorlashga, undan keyin yetkazib berish xizmatiga o‘tib, shu tarzda noldan boshlaganman. Amerikaga bordingiz, til bilmaysiz va pul yo‘q. 10 yil ichida ancha ishlarda ishlab chiqdim. Green Card ham berishdi. To‘g‘risini aytsam, qilmagan ishim qolmadi. Toshkentga kelganimdan keyin uylanib, ota-ona, oila va farzandlar oldida qoldim”, – deydi aktyor.

    Farrux Fazel

    Rolex Gucci va “Bor ana” kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan Farrux Fazel Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topgan. Uning yulduzlarga boy kliplarini ko‘rganlar boyning bolasi deb o‘ylashadi. Ammo xonanda kamtarona, ishchilar oilasida tavallud topgan. “Men emas, prodyuserim boy”, deydi yosh xonanda. Uning prodyuseri shoumen Davron Kabulov hisoblanadi.

    Foto: Instagram / @fazel_farrukh

    Foto: Instagram / @fazel_farrukh

    — 2012-yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. Men yaqinlarimning qarshiligiga qaramay Rossiyaga ishlagani ketganman. Niyatim hayotimni o‘zgartirish va u yerda institutga kirish edi. Muhojirlikning ilk yili qurilishda ishlaganman. G‘isht tashigan kunim qo‘llarim yorilib ketardi. Keyinchalik ishga o‘rganib ketdim. Suvoqchilik ishlarini ham o‘zlashtirdim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o‘qishga uchun pul to‘pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman.

    Jaloliddin Ahmadaliyev

    “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil” va “Eh jo‘ralar” qo‘shig‘i bilan internet yulduziga aylangan Jaloliddin Ahmadaliyev ham ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. U maktabni bitirgan yili Rossiyaga ketib, ishlashga majbur bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktabni tamomlab, akalarim bilan Rossiyaga ishlashga ketganman. O‘shanda 18 yoshda edim. U yerda qurilish, mashina yuvish shoxobchasida ishladim. Undan keyin O‘zbekistonga qaytib, yana shu ish bilan shug‘ullandim. Keyin dadamning talabi sabab kosibga shogirdlikka tushdim. Ikki yil kosibchilik qildim. Ammo zaharli yelim sabab oshqozonim qattiq og‘riydigan bo‘lib qoldi. Avvaldan xonandalarga qo‘shiqlar yozib berganman, hozir ham iltimos qilganlarga rad javobini berolmayman. Internetdagi mashhurlik — hammasi Allohdan. Bir paytlar orzu qilgan ijodkorlarim bilan bir sahnada ekanligimga va o‘z tinglovchilarim borligiga shukr qilaman, — deydi Jaloliddin Ahmadaliyev.

    Sohib Abbosxon

    “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan aktyor va rejissor Sohib Abbosxon ham AQSHda yashaydi. U muhojirlikning ilk yili pissa tashuvchi, suvoqchi va taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ayni kunlarda esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qiladi.

    Foto: Instagram / @sohib_abbosxon

    Foto: Instagram / @sohib_abbosxon

    — Muhojirlik oson emas, ayniqsa, til bilmaslar juda qiynaladi. Til bilgan odam uchun hammasi oson kechadi, deb ham aytolmayman. Xorijda sabr bilan yashash va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik kerak. Men AQSHga birinchi kelganimda mehmonxonada suvoqchi bo‘lib ishlaganman. Bu ish bilan 45 kun shug‘ullanganman.

    Qizimning maktabidagilari unga dadang Amerikada mehmonxona tozalab yuribdi, deb gapirgan ekan. Bu yerda ishlagan o‘zbeklar ularga shunday deyishgan bo‘lsa kerak. O‘sha kuni o‘sha gapni eshitib yig‘laganman. Kecha obro‘-e’tiborda, kino olib yurgan edim, bugun bunday ahvoldaman deb yig‘laganman. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadlarim bu qiyinchiliklardan ustun kelgan, — deydi Sohib Abbosxon.

    U 2017-yildan buyon AQSHda yashaydi. 2020-yilda qizini turmushga berdi, ammo to‘yda o‘zi ishtirok etolmadi.

    Behzod Muhammadkarimov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov “Shaytanat”, “Amir Temur”, “O‘tkan kunlar”, “Parizod”, “Oq bino oqshomlari” va “Buyuk Turon” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. U mashhur aktyor bo‘lishiga qaramay muhojirlik azobini tortgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Men Amerikada qora ishlarni qilganimni yashirmayman. Ishni mehmonxonada choyshab va yostiqlarni tashishdan boshladim. Keyin magazinda pollarni tozalab, laklaydigan ishga kirdim. Asosan, kechqurun ishlardim. Bu ham yetmagandek kunduzi ham ish olardik, kunduzi topganimizga Amerikada yashardik, kechqurun ishlagan pulimizni Toshkentga — uyga yuborardim.Kechasi bilan ishlab, kunduzi yana peshingacha ishlardim.

    Har kuni shunday: dam olish kunlarisiz ishlardim. To‘g‘risini aytsam, faqat kechqurun ishlaganimiz uchun yillab quyoshni ko‘rmagan vaqtlarim bo‘ldi. Restoranda idish-tovoq yuvdim, ofitsiantlik qildim, pissa tashidim, qurilishda ishladim, yuk tashuvchi bo‘lib, uy ko‘chirdim. Hattoki muzqaymoq chiqaradigan sexda ishlab, muzqaymoq ham tayyorladim. Bir yigitga qirq hunar oz, degan maqolni amalda o‘zimda ko‘rdim va isbotladim, — deydi Behzod Muhammadkarimov.

    SanJay

    Xonanda SanJay ona shahri Navoiydagi zavodda oddiy ishchi bo‘lgan, ammo san’atga qiziqishi sabab dijeylik ham qilgan. Keyinchalik Moskvaga, undan so‘ng Chechenistonga borib ishlagan.

    Foto: Telegram / SanJaymusic

    Foto: Telegram / SanJaymusic

    — Moskvada tungi klubda dijeylik qilganman, maoshim zo‘r edi. Checheniston rahbariga atab qo‘shiq yozganman va uni Ramzan Qoldirovga ko‘rsatish uchun Chechenistonga borganman. U yerda musofirlik qanchalik qiyin bo‘lishini bilgandim. Bir haftalarda Moskvaga qaytaman, deb o‘ylagandim. Afsuski, Qodirov bilan uchrashishim oson kechmagan. Menga hech kim ishonmgan, desam ham bo‘ladi. Qishloqlarga qatnaydigan taksi haydovchilari bilan tanishgandim.

    Yo‘lovchilar kelgunicha mashinasiga o‘tirib, dam olardim. Juda qiynalganman, muqim yotar joyim bo‘lmagani uchun o‘tirgan yerimda ham uxlab qolaverardim. Ammo bir oy deganda Ramzan Qodirov bilan uchrashganman va Ustozlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan davlat tadbirida ishtirok etganman, — deydi xonanda SanJay.

    Zarnigor G‘aniyeva

    “Jurnalist”, “Sevgi” kabi seriallardagi obrazlari va Gulsanam Mamazoitova bilan kuylagan “Ikkinchi ayol” dueti bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Zarnigor G‘aniyeva ham bir muddat Janubiy Koreyada yashagan. Aktrisaning hozirda ham u yerda uyi bor.

    Foto: Instagram / @zara_ganieva.official

    Foto: Instagram / @zara_ganieva.official

    Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Zarnigor Janubiy Koreyaga borgan ilk yillarida qariyalarni parvarishlash xizmatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik tilni o‘rganib, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Avvaliga u yerdagi kichik turdagi mahsulotlarni O‘zbekistonga import qilgan. Tilla taqinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanganini ham yashirmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
    • AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)
    • Davron Kabulov kashf etgan iste’dod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo‘lgani va ijodidagi sokinlik sababi haqida

    03.01.2023, 15:00   Izoh (0)   25138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sevgi yosh tanlamaydi: O‘zbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq bo‘lgan mashhur juftliklar (foto)

    03.01.2023, 13:57

    “Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va o‘zbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qo‘shiqlar (video)

    03.01.2023, 12:53

    “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    03.01.2023, 11:55

    Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    03.01.2023, 10:47

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    03.01.2023, 09:53

    Instagram: Aziza Nizomovaga Tracker, Littos’ga Malibu sovg‘a qilishdi, muxlisasining orzusini amalga oshirgan Nilufar Usmonova

    02.01.2023, 22:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.