• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqsiz qolgan O‘zbekiston, “udlinitel” sovg‘a qilingan o‘quvchi, yubka “kiydirilgan” Chusovitina, qorli izg‘irinda ishlayotgan elektriklar — 2022-yilning shov-shuvli suratlari

    2022-yil turli qiziq, muammoli, sinovli, shu bilan birga, yutuqlarga boy, quvonchli voqealar bilan ortda qolmoqda. “Daryo” butun yil davomida shov-shuvga aylangan, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, o‘quvchilar orasida alohida e’tibor qozongan voqea-suratlarni taqdim etadi.

    Toshkent viloyatining Piskent tumani “Oqtepa” mahallasidagi 85 yoshli Anor aya Jonsaidova o‘zbek, qozoq, turk, tojik, uyg‘ur, rus, gruzin millatlariga mansub yetti kelinga bosh bo‘lib yashamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning oktabr oyida Toshkent viloyatiga tashrifi davomida ko‘pmillatli Jonsaidovlar oilasi haqida gapirarkan, “Mana sizga bag‘rikenglik namunasi, mana sizga totuvlikning yorqin ifodasi. Men ushbu oilaning hayoti, tajribasi, bag‘rikengligini targ‘ib qilib, kino oldiraman”, deya ta’kidlagan edi. “Daryo” muxbiri ushbu xonadonda bo‘lib, Anora aya bilan suhbatlashgandi. 2022-yil 6-yanvar.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Samarqanddagi Islom Karimov haykali yaqinida suratga tushish uchun kelgan yangi kelin-kuyov. 2022-yil 10-yanvar.

    Samarqanddagi Islom Karimov haykali yaqinida suratga tushish uchun kelgan yangi kelin-kuyov. 2022-yil 10-yanvar.
    Foto: “Daryo”/ Sevara Mirzarahimova

    Xonobod shahridan Ulug‘nor tumanigacha bo‘lgan salkam 140 kilometr masofani piyoda bosib o‘tgan Xonobod shahrida yashovchi Abdurahimovlar oilasi. 2022-yil 12-yanvar.

    Xonobod shahridan Ulug‘nor tumanigacha bo‘lgan salkam 140 kilometr masofani piyoda bosib o‘tgan Xonobod shahrida yashovchi Abdurahimovlar oilasi. 2022-yil 12-yanvar.
    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Farg‘onada O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hajmi 1100 kvadrat metr bo‘lgan bayroq askarlar tomonidan shahar ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tildi. 2022-yil 13-yanvar.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    2022-yil 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta miqyosdagi uzilishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Energetika vazirligi “svet”ning ommaviy o‘chishida Qozog‘istonni aybladi va hodisaning kelib chiqishiga u yerdagi elektr tarmoqlaridagi avariya sababchi ekanini ma’lum qildi.

    2022-yil 25-yanvar kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda elektr ta’minotida katta miqyosdagi uzilishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Energetika vazirligi “svet”ning ommaviy o‘chishida Qozog‘istonni aybladi va hodisaning kelib chiqishiga u yerdagi elektr tarmoqlaridagi avariya sababchi ekanini ma’lum qildi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektrsiz qolgan mahallaga suv olib kelgan Damas. Mahalla peshtoqiga “Xotirjamlik — ulug‘ ne’mat” deb yozilgan. 2022-yil 26-yanvar.

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida elektrsiz qolgan mahallaga suv olib kelgan Damas. Mahalla peshtoqiga “Xotirjamlik — ulug‘ ne’mat” deb yozilgan. 2022-yil 26-yanvar.
    Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

    Andijon shahrining Abdulaziz Yo‘ldashev ko‘chasida joylashgan “Orzu” avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan avtomashinalar. 2022-yil 26-yanvar.

    Andijon shahrining Abdulaziz Yo‘ldashev ko‘chasida joylashgan “Orzu” avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida navbatda turgan avtomashinalar. 2022-yil 26-yanvar.
    Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

    Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq volyeriga tashlab yuborgani, Zuzu laqabli ayiq esa zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rgach, undan uzoqlashgani aks etgan video juda keng, tanqidiy muhokamalarga sabab bo‘ldi, hayvonot bog‘iga mashhur ayiqni ko‘rish uchun tashrif buyuruvchilar ko‘paydi. Onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayiqqa esa “mehribonligi” uchun ko‘p iltifot ko‘rsatildi, xavflarning oldini olish uchun yirtqichlar to‘siqlari odam bo‘yi yetmaydigan balandlikka ko‘tarildi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Kitob tumanida deyarli bir metr qalinlikda qor yog‘di. 2022-yil 29-yanvar.

    Kitob tumanida deyarli bir metr qalinlikda qor yog‘di. 2022-yil 29-yanvar.
    Foto: Kitob tumani hokimligi axborot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev Pekin-2022 qishki Olimpiadasi ochilish marosimida ishtirok etdi. 2022-yil 4-fevral.

    Shavkat Mirziyoyev Pekin-2022 qishki Olimpiadasi ochilish marosimida ishtirok etdi. 2022-yil 4-fevral.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilar maktablarda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalardan uzr so‘ragani haqida xabar tarqaldi. Surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Komil Allamjonov Shuhrat Abdurahmonovning shaxsan o‘zi barcha ustozlardan uzr so‘rashi kerakligini, Baxtiyor Saidov esa o‘qituvchilar sha’nini yerga urish davlat siyosatiga qarshi harakat deb baholanishini aytdi. 2022-yil 4-fevral.

    Foto: “Kun.uz”

    Guliston shahridagi 8-maktabda dzyudo sport turi bilan shug‘ullanish uchun ixtisoslashtirilgan zamonaviy sport zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov va Sirdaryo hokimi G‘ofur Mirzayev qora belbog‘li sport formasida qatnashdi. 2022-yil 19-fevral.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi

    Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari Toshkentdagi Ukraina elchixonasiga tashrif buyurishdi. Suratda: Polsha elchisi Rodaslav Gruk elchixona ostonasiga gul qo‘ymoqda. 2022-yil 28-fevral.

    Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari Toshkentdagi Ukraina elchixonasiga tashrif buyurishdi. Suratda: Polsha elchisi Rodaslav Gruk elchixona ostonasiga gul qo‘ymoqda. 2022-yil 28-fevral.
    Foto: Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

    Toshkent shahri Alisher Navoiy shohko‘chasida asfalt ostida qolgan tramvay yo‘li izi. 2022-yil 28-fevral.

    Toshkent shahri Alisher Navoiy shohko‘chasida asfalt ostida qolgan tramvay yo‘li izi. 2022-yil 28-fevral.
    Foto: Twitter / davletovuz

    Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 2022-yil 12-mart kuni soat 17:58 da sodir bo‘lgan chaqmoq hodisasi tasviri.

    Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 2022-yil 12-mart kuni soat 17:58 da sodir bo‘lgan chaqmoq hodisasi tasviri.
    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Toshkentda novvoyxonaga kelgan unni yelkasida tashiyotgan ishchi. 2022-yil 14-mart.

    Toshkentda novvoyxonaga kelgan unni yelkasida tashiyotgan ishchi. 2022-yil 14-mart.
    Foto: Otash Yashin

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jakasbi qishlog‘ida o‘ynab yurgan bolakay. 2022-yil 23-mart.

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jakasbi qishlog‘ida o‘ynab yurgan bolakay. 2022-yil 23-mart.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    AQSHning Missisipi shtati, Camp Shelby harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi-2022” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar ishtirok etdi. Suratda: O‘zbek do‘ppisidagi AQSH harbiysi. 2022-yil 26-mart.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Toshkentda Sumalak atrofidagi Ziroat Mirziyoyeva, Saida Mirziyoyeva hamda Turkiya rahbari rafiqasi Omina Erdo‘g‘on. 2022-yil 29-mart.

    Toshkentda Sumalak atrofidagi Ziroat Mirziyoyeva, Saida Mirziyoyeva hamda Turkiya rahbari rafiqasi Omina Erdo‘g‘on. 2022-yil 29-mart.
    Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati

    Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari hamda ularning rafiqalari Ichan qal'aga tashrifi davomida namoyish etilgan qo‘g‘irchoq san’ati. 2022-yil 30-mart.

    Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari hamda ularning rafiqalari Ichan qal'aga tashrifi davomida namoyish etilgan qo‘g‘irchoq san’ati. 2022-yil 30-mart.
    Foto: Getty Images

    Buxoroda o‘tkazilgan “Nasriddin afandi” festivalida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishida tayyorlangan palov. 2022-yil 1-aprel.

    Buxoroda o‘tkazilgan “Nasriddin afandi” festivalida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishida tayyorlangan palov. 2022-yil 1-aprel.
    Foto: Buxoro news

    Toshkentdagi Amir Temur xiyobonidan chiqib kelayotgan Sohibqiron va Iosif Stalin qiyofasidagi ikki kishi. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziq muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 9-aprel kuni O‘zbekistonda buyuk sarkarda tavalludining 686 yilligi munosabati bilan turli madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tgan edi. 2022-yil 9-aprel.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Turkiy davlatlar diniy idoralari rahbarlarining I yig‘ilishiga tashrif buyurgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Istanbuldagi “Abu Ayyub Ansoriy” masjidida Turkiy davlatlarning din peshvolariga shom namozida imomlik qildi. 2022-yil 15-aprel.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Bekobod shahrida hasharchilar bilan birga ishlayotgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev. 2022-yil 30-aprel.

    Bekobod shahrida hasharchilar bilan birga ishlayotgan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev. 2022-yil 30-aprel.
    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Surxondaryoda sel oqizib ketgan Nexia-3 avtomobili. 2022-yil 4-may.

    Surxondaryoda sel oqizib ketgan Nexia-3 avtomobili. 2022-yil 4-may.
    Foto: Telegram

    Chilonzordagi devorga chizilgan Chusovitina graffitisiga yubka “kiydirilgan edi”. Keyinroq poytaxtdagi qator murallar muallifi Hasan Maycheyev Instagram orqali murojaat bilan chiqib, Inkuzart’ning ishini o‘zi yangilaganini ma’lum qildi. Shuningdek, u graffitiga yetkazilgan shikastlar tasvirlangan suratlarni e’lon qilib, surat nima sababdan o‘zgartirilganiga oydinlik kiritdi. 2022-yil 13-may.
    Foto: Kollaj

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Mirishkor qishlog‘idagi uy oldida tandir va o‘choq uchun kesib, taxlangan o‘tinlar. 2022-yil 19-may.

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Mirishkor qishlog‘idagi uy oldida tandir va o‘choq uchun kesib, taxlangan o‘tinlar. 2022-yil 19-may.
    Foto: “Daryo” / Hilola G‘iyosova

    Instabloger Maryam Tillayevaning Kann kinofestivalidagi ishtiroki aks etgan surat hamda videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Xususan, Tillayeva taqqan taqinchoqlar narxi haqida bahs-munozaralar ham bo‘ldi. Ayilishicha, taqinchoqlar to‘plami 700 ming AQSH dollariga baholangan. 2022-yil 23-may.
    Foto: Masha LA Telegram kanali

    “Amir Temur xiyoboni” metro bekatida so‘nggi qo‘ng‘iroq munosabati bilan sinfdoshlarining dastxati tushirilgan maktab formasidagi bitiruvchi yigitlar. 2022-yil 25-may.

    “Amir Temur xiyoboni” metro bekatida so‘nggi qo‘ng‘iroq munosabati bilan sinfdoshlarining dastxati tushirilgan maktab formasidagi bitiruvchi yigitlar. 2022-yil 25-may.
    Foto: “Daryo” / Mushtariybegim Tursunova

    1-iyundan boshlab Toshkentdagi do‘konlarda “buxanka” nonlarni 2 800 so‘mdan sotish boshlandi. Bungacha uning narxi 1400—1600 so‘m edi. Bu holat esa ko‘p noroziliklar, tanqidiy muhokamalarni keltirib chiqardi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ko‘ra qolipli non narxi oshgani bo‘yicha tezkor o‘rganishlar o‘tkazildi. 2022-yil 1-iyun.
    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida Xalqaro bolalar kunida o‘ziga xos targ‘ibot bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 1-iyun.

    Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida Xalqaro bolalar kunida o‘ziga xos targ‘ibot bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 1-iyun.
    Foto: Toshkent shahar IIBB

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida IT tanlovi g‘olibiga “Pilot” (udlinitel) sovg‘a qilingani va bu kulgiga olingani haqida xabarlar tarqalib, keng muhokama hamda kulgiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik holatni o‘rganib, mas’ullardan izoh olgan “Daryo” muxbiri asosiy mukofot 600 ming so‘mlik vaucher ekanligi, pilot esa qo‘shimcha sovg‘a bo‘lgani haqida xabar berdi. Undan avvalroq esa, Alisher Sa’dullayev holatga e’tibor qaratib, tanlovning tuman bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan ikki nafar bolaga Yoshlar ishlari agentligi, Chimboy tumani hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan bittadan kompyuter sovg‘a qilinganini aytgani haqida xabar berilgandi. 2022-yil 23-iyun.
    Foto: Chimboy tumani hokimligi

    13-iyul kuni Yer va Oy o‘rtasidagi masofa 2022-yildagi minimum darajada qisqardi. Dunyo ahli odatdagidan kattaroq to‘lin Oyni tomosha qilish, uning yuzasidagi kraterlarni yaqqolroq ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Akbar Siddiqov

    Toshkentda 25–26-iyul kunlari “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Afg‘oniston delegatsiyasining bir vakilining go‘yoki “jahldor” surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng va qiziq muhokamalarni keltirib chiqardi. Jumladan, ushbu surat turli memlar, stikerlar, kulgili izohlarga sabab bo‘ldi. 2022-yil 26-iyul.
    Foto: Facebook / Anvar Ilyasov

    Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda chempionlarni tabrikladi. “Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolanib, bir qator ishtirokchi hamda murabbiylar dunyo davlatlarining 188 ta jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani, shuningdek, respublikada sportni keng ommalashtirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun mukofotlandi. 2022-yil 9-avgust.
    Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 20-avgust kuni Toshkent hayvonot bog‘idagi yagona jirafa — Alatau laqabli 9 yoshli jirafa vafot etdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘limdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, hayvonning o‘limi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi tufayli sodir bo‘lgan. Timpaniya, o‘z navbatida, o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan.
    Foto: Toshkent hayvonot bog‘i Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning hokimlik binosi hovlisida fuqarolar uchun bo‘lib o‘tgan sayyor qabuli keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari izohlarda hokimni Amir Olimxon deb atagan bo‘lsa, aksariyati “Shaytanat” filmidagi Asadbekka qiyoslaganini ko‘rish mumkin. Yana bir foydalanuvchi esa suratga “Sulton Sulaymon taxtda”, deya ta’rif bergan. Boshqasi hokimning fuqarolarga bepisand munosabatda bo‘layotganligini feodalizmning bir turi deb atagan. 2022-yil 20-avgust.
    Foto: Andijon tumani hokimligi

    Moliya vazirligining “Tashabbusli budjet” loyihasi aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi, ovoz to‘plash jarayonlari ancha qizg‘in kechdi. Fuqarolar o‘z tashabbusi g‘olib chiqishi uchun faol harakat qilib, ovoz yig‘ish jarayonida o‘ziga xos yo‘llardan foydalandi. Ijtimoiy tarmoqlarda turli aksiyalar o‘tkazish, ovozlarni pulga sotib olish holatlari kuzatildi. 2022-yil 6-sentabr

    Foto: Kainbek Telegram kanali

    ESA astronavti Samanta Kristoforetti Minerva missiyasi uchun Xalqaro kosmik stansiyadan Orol dengizining bugungi kundagi holati aks etgan suratni oldi. Fotosurat Flickr platformasida e’lon qilindi. 2022-yil 6-sentabr. 

    Foto: Flickr

    Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov portreti ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlarga sabab bo‘ldi. Xususan, kimdir suratga “Andijon begi” deya nom bergan bo‘lsa, yana kimdir “Andijonda Boburdan keyingi eng dilbar shaxs shu bo‘lsa kerak”, deb izoh qoldirgan. 2022-yil 8-sentabr.
    Foto: Twitter / Zafarbek Solijonov

    “Gazeta.uz” nashrida e’lon qilingan “Yotoqxonadan joy berishmasa, farzandimni uyga olib ketaman” — Minglab talabalar o‘zlarini boshpanasiz his qilishmoqda” sarlavhali reportajdagi ko‘rpa-yostiq qo‘ltiqlab olgan talaba yigitning surati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarni keltirib chiqardi. Xususan, ko‘pchilikning unga rahmi keldi, yordam bermoqchilar va hatto xayriya tashabbusini bildirganlar ham bo‘ldi. Talaba yigit hamda do‘stlari esa bunday fikrlarga qarshi chiqib, u boshpanasiz qolmagani, umuman, ahvoli qoniqarsiz emasligini ta’kidladi. 2022-yil 8-sentabr.

    Foto: Gazeta.uz / Madina A’zam

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli maktabda ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati bunga izoh berdi. Ma’lum qilinishicha, mas’ullar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida 11-sinf o‘quvchisi B.M. yonida g‘ilofsiz holda kanselyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab o‘quvchilariga sovuq qurol, jumladan, o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish taqiqlangani, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g‘ilofda sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgan. 2022-yil 10-sentabr.

    Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

    Toshkent viloyatining Parkent tumanida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. 2022-yil 26-sentabr.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida joylashgan madaniyat uyi “Havas” supermarketiga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu esa jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan izoh bergan Madaniy meros agentligi ushbu bino madaniy meros obyekti sifatida qayd etilmagani, Toshkent viloyati “Bekobod sement AJ”ga qarashli bo‘lgan “Bekobod sement madaniyat uyi” Vazirlar Mahkamasi qarori bilan arxitektura yodgorligi sifatida ro‘yxatga olinmaganini bildirdi. 2022-yil 21-noyabr.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Yaponiya imperatori O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi “Chiqayotgan quyosh katta kordon ordeni” bilan mukofotladi. 2022-yil 22-noyabr.

    Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

    Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH—2022 2-turi doirasida Daniyaga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) dubl muallifiga aylandi. Ikkinchi golini urgach, gol nishonlash uchun darvoza ortidagi tribunaga yo‘l oldi. U yerga O‘zbekiston bayrog‘i ilib qo‘yilgandi. 2022-yil 28-noyabr.

    Foto: Instagram

    Sovuq va qorli havoda ishlayotgan kun qahramonlari — elektriklar suratlari tarqaldi. Fotolarda simyog‘ochlarga chiqib, uzilgan elektr energiyasi ta’minotini tiklayotgan muhandislar aks etgan. 2022-yil 5-dekabr.

    Sovuq va qorli havoda ishlayotgan kun qahramonlari — elektriklar suratlari tarqaldi. Fotolarda simyog‘ochlarga chiqib, uzilgan elektr energiyasi ta’minotini tiklayotgan muhandislar aks etgan. 2022-yil 5-dekabr.
    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bosh shifokor sovuqda shifokor va hamshiralarni jazolash uchun badantarbiya qildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan SSV matbuot xizmati izoh berdi. Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi 10-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi. “Shunday ekan, suratga berilgan “shifokor va hamshiralar sovuqda ushlab turildi” degan mazmundagi izoh mutlaqo asossiz”, — deyiladi vazirlik munosabatida. 2022-yil 9-dekabr.
    Foto: Twitter

    Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva jamoat transportida Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishga chaqiruvchi o‘zbek tilida berilgan e’lon surati tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz”, — deyilgan agentlik xabarida. 2022-yil 9-dekabr.
    Foto: Twitter / Gulruh Sa’dullayeva

    Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslari bilan ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev ayrim ma’lumotlarni ochiqladi. Jumladan, “Hududgazta’minot” AJning Toshkent viloyati bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. 2022-yil 11-dekabr.

    Foto: O‘zA

    Butun respublikada havo sovib, energiya inqirozi boshlangan paytda Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi binosi tungi bayram yoritkichlari bilan bezalgani aks etgan suratlar keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik hokimlik matbuot xizmati holatga “Elektr sarfi jihatidan mazkur dekoratsiya 250 vatt quvvat sarflaydi va bu oddiy xonadondagi bitta chiroqning sarfidan kamroq. Shu taqdirda ham bu chiroqlar soat 18:00 dan 21:00 gacha yonib turishi rejalashtirilgan bo‘lib, aholining oilaviy sayr vaqtiga mo‘ljallangan”, deya izoh berdi. 2022-yil 12-dekabr.
    Foto: Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildi. Bundan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi binolardan biriga kelgusi yil nomi yozilgan banner ilinayotgani aks etgan surat tarqaldi. Unga “2023-yil nomi Andijonda doimgidek birinchilardan ilinmoqda”, deya izoh berilgan. 2022-yil 20-dekabr.

    Foto: Twitter / Izzatbek Musayev

    31.12.2022, 20:11   Izoh (0)   19848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2023-yilda eksport qiluvchi tashkilotlarga qariyb 640 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatiladi

    31.12.2022, 19:11

    Bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar Toshkent shahri aholisiga murojaat qildi

    31.12.2022, 18:56

    Surxondaryoda obodonlashtirish xodimlari bayram kunida ishlatildi (video)

    31.12.2022, 18:19

    Yil yo‘qotishlari: O‘zbekiston Qahramonidan hokimlargacha

    31.12.2022, 17:43

    Namanganda salkam 6 tonna bayram palovi tayyorlandi (video)

    31.12.2022, 17:33

    O‘zbekistonning 2023-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi

    31.12.2022, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.