• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zuzuni ko‘rgani kelayotganlar ko‘paydi”. Qizchaga zarar yetkazmagani ortidan mashhur bo‘lgan ayiq haqida

    Toshkent hayvonot bog‘ida 28-yanvar kuni ona 3 yoshli qizini Zuzu laqabli ayiq qafasiga tashlab yubordi. Hatto o‘z bolalarini yeb qo‘yishi yoki o‘ldirishi mumkin bo‘lgan yirtqich, changaliga tushgan qizchani g‘ajib tashlamadi, unga tegmadi. Eslasangiz, “Masha va ayiq” multfilmi qahramoni ayiq qizchaga mehribonlik ko‘rsatib, bolaning sho‘xliklarini ko‘taradi. Bugun hayotda ham biz yirtqich deya ataydigan ayiq qahramonga aylandi. U ojiz holda qolgan inson bolasiga hamla qilmadi. “Daryo” nashri mehribon Zuzu haqida reportaj tayyorladi.

    Hayvonot bog‘ining Yirtqichlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromovning aytishicha, Zuzu kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i turiga kiradi. U 2016-yilda tug‘ilgan. Toshkentga 4 yil avval Ozarbayjondagi Boku hayvonot bog‘idan olib kelingan.

    “Hayvonot bog‘imizga 2017-yilda Zuzu (erkak) va bir urg‘ochi ayiq nasl olish uchun olib kelingan. Bu ayiqlar endi voyaga yetdi. Joriy yilning yozida ikkisini birga qo‘shib yuborish niyatimiz bor.

    Zuzu laqabli ayig‘imizning oziq-ovqat ratsioniga asosan, sabzovot, meva, go‘sht, baliq va kasha mahsulotlari kiradi. Go‘sht mahsulotlaridan mol go‘shtini baliq bilan qaynatib kashasiga qo‘shib beramiz. Zuzu eng yaxshi ko‘rgan mahsulot — pishirilgan go‘sht hisoblanadi.

    O‘zbekiston yovvoyi tabiatida oq tirnoqli ayiqlar ko‘p uchraydi. Uning ilmiy nomi — Tyanshan ayig‘i. Lekin ikkisi ham qo‘ng‘ir ayiq turiga kiradi. Ayiqlar ko‘p umr ko‘radigan jonivor bo‘lib, 25-30 yilgacha yashaydi. Bunday turdagi ayiqlarning tabiatdagi umri qisqaroq, hayvonot bog‘ida boqilganda uzoqroq davom etadi. Ayiq uxlashi uchun ikkita sabab kerak: sovuq tushishi va yeydigan ozuqasi kamayib ketishi”, — dedi xodim.

    Zuzu laqabli ayiq.

    Zuzu laqabli ayiq.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ayni paytda qizcha bilan sodir bo‘lgan voqea sababli hayvonot bog‘iga keluvchilar soni oshgan. Ko‘pchilik Zuzuni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish ishtiyoqida. Nodir Bahromov bog‘ ochilganidan beri (24 yil ichida) bu kabi xavfli vaziyat yuz bermaganini aytdi. Hozirda xavfsizlik choralari kuchaytirilib, yirtqich hayvonlar to‘siqlarini inson bo‘yi yetmaydigan darajaga ko‘tarilmoqda. Zuzuning qafasi ham avvalgidan yuqoriga joylashtirildi.

     

    Zuzuning volyeri chetidagi to‘siqlar baland qilib o‘rnatilmoqda.

    Zuzuning volyeri chetidagi to‘siqlar baland qilib o‘rnatilmoqda.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Qizcha bilan sodir bo‘lgan voqea aslida juda mudhish. Lekin hayvonot bog‘imizga tashrif buyuruvchilarning ko‘p qismi Zuzu ayig‘ini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun dam olish va dushanba kunlari keldi. Bizda hayvonot bog‘i xodimlari yirtqich hayvonlari bilan aloqa (kontakt) o‘rnatmaydi va bu mumkin emas.

    Ayig‘imizning qizchaga tegmagani bizning ham, uning ham baxti. Xavfsizlik choralarini ko‘rgan edik, lekin bunaqa holat bo‘lishini o‘ylamagandik. Endilikda shunday xavflarning oldini olish uchun yirtqichlar to‘siqlarini odam bo‘yi yetmaydigan balandlikka ko‘taryapmiz. Avvallari hayvonlar tashqariga chiqmasligi uchun qafaslarining to‘siqlarini qilgan bo‘lsak, endi insonlar qafasga o‘tmasligi uchun qafasdagi qiyalikni tashrif buyuruvchilar tarafga qiyshaytirdik”, — dedi hayvonot bog‘i bo‘lim mudiri.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Nodir Bahromovning ta’kidlashicha, hayvonot bog‘ida yirtqich hayvon insonga qattiq zarar yetkazsa yoki o‘ldirsa, ukol bilan uxlatilib, o‘ldiriladi.

    “Yirtqichlar inson go‘shtini yeydigan bo‘lsa, unga o‘rganib qoladi va hayvon go‘shtini yemay qo‘yadi. Keyin u odamlar yashaydigan joyga borib ularni yeyishni boshlaydi. Shuning uchun hayvonot bog‘lari va sirklarda yirtqich odam go‘shtini yegan taqdirda uxlatiladi”, — deya qo‘shimcha qildi bog‘ xodimi.

    Ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizcha voqeasi

    Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida ayol omma oldida o‘z qizchasini ayiq qafasiga tashlab yuborgani, 5 metr chuqurlikdagi zovurga yiqilgan bola boshidan jarohatlangani, ayiq uni hidlab ko‘rgani va zarar yetkazmay nari ketgani xabar qilingandi. Keyin bola hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan volyerdan olib chiqilgan hamda shifoxonaga olib borilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi qizaloq kasalxonada barcha zarur tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilganini ma’lum qilgan. “Qizcha yengil shok holatida bo‘lgan, balandlikdan yiqilish oqibatida ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi kuzatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tibbiyot xodimlari nazoratida”, — deyilgandi SSV xabarida.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent hayvonot bog‘ida ayol 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani videosi tarqaldi
    • “O‘z bolalarini o‘ldirishi mumkin bo‘lgan ayiq boshi qonab yotgan qizchaga tegmadi”. Toshkent hayvonot bog‘idagi holat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar berildi
    Mazkur holat yuzasidan aybdorga nisbatan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilishda ifodalangan va Jinoyat kodeksining 25- hamda 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    Hayvonot bog‘i vakillari holat yuzasidan qo‘shimcha izoh berib, aslida erkak ayiq hatto o‘z bolalari uchraganda yeb qo‘yib, o‘ldiradigan darajada bo‘lishi, ammo qizchani boshi qonagan holatda ham ayiq unga tegmagani chinakam mo‘jizaligini ta’kidlagan.

    Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayol turmushdagi kelishmovchiliklar sababli ruhiy tushkunlikka tushib qolgani uchun bolasini yirtqich qafasiga tashlab yuborgan.

    Ayni paytda qizchaning ahvoli yaxshi va uning davolanishi uchun tibbiy xarajatlar hayvonot bog‘i hisobidan to‘lanmoqda. Qolaversa, qizcha va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berilgan.

    04.02.2022, 14:24   Izoh (0)   44374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Ikromjon Karimov 75 yoshida vafot etdi

    04.02.2022, 14:10

    “O‘zgidromet” dam olish kuni ob-havo keskin yomonlashishini ma’lum qildi

    04.02.2022, 13:27

    Senatorlar “propiska” so‘zini qonunchilikdan butunlay chiqarishni ma’qulladi

    04.02.2022, 13:11

    Yunusobodda tagi betonlab tashlangan daraxtlar hududi kun-u tun nazoratga olinadigan bo‘ldi

    04.02.2022, 12:45

    “Futbol klub ochadigan darajaga yetib kelmadik”. Komil Allamjonov “Navbahor” klubidan o‘z logosini almashtirishni so‘radi

    04.02.2022, 12:26

    Firdavs Abduxoliqovga qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish bo‘yicha sud uning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab qoldirildi

    04.02.2022, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.