• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar Toshkent shahri aholisiga murojaat qildi

    Toshkent shahri aholisiga bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar tomonidan murojaat yo‘llandi. Unda farzandlarni ta’lim-tarbiyaga yo‘naltirish masalalari haqida so‘z boradi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Murojaatda aytilishicha, ko‘zlanayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak.

    “Qadrli poytaxt ahli, hurmatli ota-onalar!

    Hozirgi kunda jonajon O‘zbekistonimiz buyuk o‘zgarishlar jarayonini boshidan kechirmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar hayotimizning barcha soha va tarmoqlariga yangilanish va yuksalish nafasini olib kirmoqda. Eng muhimi, xalqimizning o‘z kuchiga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi tobora ortib bormoqda.

    Bugungi murakkab va shiddatli davrning o‘zi oldimizga qanday o‘tkir va dolzarb muammolarni qo‘yayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz. Ayniqsa, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi oldida mislsiz vazifalar paydo bo‘lmoqda. Chunki biz intilayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak.

    Bu vazifani amalga oshirishda sifatli ta’lim va tarbiya biz uchun suv bilan havodek zarur. Bugun ushbu masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni belgilaydigan eng mas’uliyatli va sharafli ishga aylanmoqda. Shuning uchun ham hurmatli Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yilni mamlakatimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qildi.

    Biz – o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan o‘qituvchi va murabbiylar buni ta’lim va tarbiya sohasiga berilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi sifatida qabul qilmoqdamiz. Kuni kecha poytaxtimizda ustoz va murabbiylar bilan o‘tkazilgan samimiy va ochiq muloqotda zimmamizdagi vazifalarni yanada chuqur his etdik.

    Ayniqsa, davlatimiz rahbarining muallim va murabbiylarning mavqeini ko‘tarish, o‘qituvchilik maqomini Konstitutsiyamizda mustahkamlash haqidagi fikrlari kuchimizga – kuch, g‘ayratimizga – g‘ayrat qo‘shdi. O‘zbekiston muallim va murabbiylari hech qachon bunday yuksak e’tiborga, qulay sharoitlarga ega bo‘lmagan.

    Toshkent shahrining o‘zida so‘nggi yillarda ko‘plab maktablar butunlay yangicha qiyofaga ega bo‘ldi. Pedagoglar faoliyati uchun yangi-yangi imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Kelgusi o‘quv yilidan barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish tashabbusi ham inson qadrini ulug‘lash avvalo maktabdan, ta’lim tizimidan boshlanayotganini ko‘rsatadi.

    Bunday ulkan ijobiy o‘zgarishlar butun mamlakatimizni qamrab olmoqda. Dunyoda chuqur inqiroz davom etayotgan o‘ta murakkab bir davrda ta’lim sohasi uchun bunday katta mablag‘lar ajratish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Lekin, qanchalik qiyin bo‘lmasin, Prezidentimiz xalqimiz, farzandlarimizning taqdiri va kelajagini o‘ylab, soha rivoji uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda.

    Biz – pedagog xodimlar bunday g‘amxo‘rlikka javoban bebaho boyligimiz bo‘lgan har bir bolani – bu mening bolam, deb Yangi O‘zbekiston bunyodkori etib tarbiyalashga bor bilim va salohiyatimiz, kuch-g‘ayratimizni safarbar etishga tayyormiz.

    Aziz ota-onalar!

    Barchamiz yaxshi tushunamizki, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, farzandlarimizning maktabda kamida ikkita chet tilini, kompyuter va kasb-hunar asoslarini o‘rganib chiqishini ta’minlash barchamizdan birgalikda harakat qilishni talab etadi. Ayniqsa, bolalarimiz uchun kelgusi hayot yo‘lini tanlashda 11-sinfdagi shakllanish davri muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Hech shubhasiz, bu borada ustozlar bilan birga ota-onalarning ham burchi va vazifasi muhim ekanini unutmasligimiz zarur. Muqaddas islom dinimizda ham farzandga yaxshi ta’lim va tarbiya berish ota-onaning birinchi galdagi vazifasi ekani alohida ta’kidlangani albatta bejiz emas.

    Shuning uchun ham ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz lozim. Kelgusida yangi avlod tarbiyachisi bo‘ladigan qizlarimizni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, dunyoqarashi keng insonlar etib tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lishi kerak.

    Bir so‘z bilan aytganda, inson qalbi va ongi, avvalo, farzandlarimiz hayotiga nisbatan xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda navqiron avlodimiz ta’lim-tarbiyasiga bir lahza ham loqayd qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q.

    O‘g‘il-qizlarimizni mamlakatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning qadriga yetib, bu jarayonda faol ishtirok etadigan chinakam vatanparvar insonlar sifatida voyaga yetkazish har bir ota-onaning nafaqat orzusi, balki amaliy harakatiga aylanishi lozim.

    Doimo yodda tutishimiz shart: tarbiya bu – avvalo bilimni bolaga mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik orqali singdirish demakdir. Shu asosda yosh avlodni el-yurtga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol toptirish uchun maktab–oila–mahalla hamkorligini amalda yo‘lga qo‘yishimiz kerak.

    Xalqimiz va Vatanimiz oldidagi mas’uliyatimizni chuqur anglagan holda, bu yo‘lda barchamiz hamjihat bo‘lib harakat qilsak, hech shubhasiz, milliy ta’lim-tarbiya tizimini albatta yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz, bu borada ko‘zlagan maqsadlarimizga yetamiz.

    Qadrli vatandoshlar!

    Bugun hayotning o‘zi ma’rifatparvar bobolarimiz aytgan fikrlar naqadar to‘g‘ri ekanini isbotlab bermoqda: “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – ilmda, najot – muallimda”.

    Eng muhimi, har bir ota-ona, butun xalqimiz qalbidagi orzu-intilishlarni ifoda etadigan bu so‘zlar hayotimizning ma’no-mazmuni, faoliyatimiz mezoniga aylanishi zarur.

    Prezidentimizning ta’lim-tarbiya sohasidagi strategiyasini amalga oshirish uchun bor bilim, tajriba va kuch-g‘ayratimizni safarbar etsak, shu olijanob ishga munosib hissa qo‘shsak, buyuk ajdodlarimiz va kelajak avlodlar oldidagi burchimizni sharaf bilan ado etgan bo‘lamiz”.

    Toshkent shahri o‘qituvchi va murabbiylari

    Mavzuga doir:
    • “10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?” — prezident
    • “Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz” — prezident pedagoglarning maoshlari haqida
    • “Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga erkin nafas olishlariga yo‘l qo‘yib berishimiz kerak” — prezident

    31.12.2022, 18:56   Izoh (0)   31940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda obodonlashtirish xodimlari bayram kunida ishlatildi (video)

    31.12.2022, 18:19

    Yil yo‘qotishlari: O‘zbekiston Qahramonidan hokimlargacha

    31.12.2022, 17:43

    Namanganda salkam 6 tonna bayram palovi tayyorlandi (video)

    31.12.2022, 17:33

    O‘zbekistonning 2023-yilgi davlat budjeti tasdiqlandi

    31.12.2022, 17:08

    Samarqandda 2022-yilda 14 ta obyektda restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borildi

    31.12.2022, 16:25

    O‘zbekistonda 2022-yilning eng yaxshi asarlari aniqlandi

    31.12.2022, 15:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi


    Havas Holding Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    WayChat – biznes va investitsiyalarni muhokama qilish uchun yangi platforma


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Way ll: Muborak vaqtda — munosib hadya 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    Sport | 11 may, 15:29

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.